Marketpleyslar konferensiyasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar bildirildi
Toshkent shahridagi Yoshlar ijodiyoti saroyida O‘zbekiston sotuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi tomonidan marketpleyslar bo‘yicha to‘rtinchi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda elektron tijorat bozori ishtirokchilari, marketpleyslar vakillari, tadbirkorlar va davlat organlari mutasaddilari ishtirok etdilar.
Konferensiyada Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i B.Sharipov so‘zga chiqib, marketpleyslarni rivojlantirishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita takliflarini bildirdi.
Xususan, marketpleyslarda haqiqiy sotuvchi va mahsulotning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni majburiy ko‘rsatish, soxta sharhlar va soxta chegirmalarga qarshi kurashish, mahsulot va pul mablag‘larini qaytarish mexanizmini soddalashtirish hamda kontrafakt mahsulotlar uchun platformalar mas’uliyatini belgilash zarurligi ta’kidlandi.








