Xabaringiz bor Respublikamizning barcha hududlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu boradagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
18-noyabr kuni Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh hududiga 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib »Qo‘mita bog‘i» yaratildi.
Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari tomonidan shu kungacha 100 ming tupga yaqin ko‘chat o‘tqazildi.