FUQARODAN SAVOL:
– Operator foydalanuvchilarga qanday ma’lumotlarni bepul taqdim etishi kerak?
JAVOB:
Operator, provayder, diler va eshittiruvchilari tomonidan ma’lumot xizmatlari tashkil qilinishi kerak, bunda foydalanuvchilarga quyidagilar to‘g‘risida bepul ma’lumot beriladi:
a) telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalana olish tartibi;
b) telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalana olishni taqdim etish narxi;
v) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish;
g) operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularning narxi;
d) mobil aloqa xizmatlariga tariflar va ularni almashtirish imkoniyatlari (mobil aloqa xizmatlari uchun);
e) bepul ko‘rsatiladigan axborot-ma’lumot xizmatlari;
j) telekommunikatsiya operatori (uning filiallari), provayderi, dileri joylashgan joyi va ish rejimi;
z) abonent shaxsiy hisob raqamining holati (hisobdagi pul mablag‘larining qoldig‘i, imtiyozli daqiqalar qoldig‘i, hisobot davridagi ma’lumotlar, to‘lash uchun hisobni taqdim etish);
i) operatorning mobil aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish zonasi to‘g‘risida axborot (mobil aloqa xizmatlari uchun);
k) telekommunikatsiyalar sohasida foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga mas’ul organning ishonch telefon raqamlari;
l) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yo‘qolganligi (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish;
m) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati (mobil aloqa xizmatlari uchun);
n) mobil aloqa tarmoqlarining operatorlari to‘g‘risida — rouming xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha sheriklar (mobil aloqa xizmatlari uchun);
o) qonun hujjatlariga asosan boshqa zarur ma’lumotlar.
Bepul axborot-ma’lumot xizmatlarining ro‘yxati operator, provayder, diler va eshittiruvchilar tomonidan mustaqil ravishda kengaytirilishi mumkin.
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, 15-modda