Raqobatni rivojlantirish qo’mitasi binosida quvvati 40 kvt/s bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Mazkur quyosh elektr stansiyasi yiliga 65 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda Qo’mita binosini kunduz kuni elektr energiya bilan qisman taʼminlaydi.
Ushbu maqsadlarda 73 ta quyosh elektr panellari hamda 2 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Ushbu stansiya 2022-yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.