SAVOL:
Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va ularni to‘xtatish;
jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash;
tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish;
tovar va moliya bozorlarining ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;
raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun, 6-modda.