Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli markaziy konsultativ diagnostik poliklinikasi tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Qo‘mita xodimlari ambulator tibbiy kartalari asosida navbatdagi ko‘rikda terapevt, nevropatolog, oftalmolog, kardiolog, dermatovenerolog, otolaringolog, psixiatr, akusher-ginekolog va jarroh hamda ultratovush diagnostikasi hamda elektrokardiogramma tekshiruvlaridan o‘tishdi.
Ko‘rik shifokorlari tomonidan qo‘mita xodimlariga sog‘lom turmush tarzi, sog‘liqni muhofaza qilish bo‘yicha profilaktika tadbirlari haqida tavsiyalar berildi.
Qo‘mitaning xotin-qizlari uchun alohida suhbatlar tashkil etildi, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tibbiyot xodimlaridan tegishli javoblar olishdi.
Xususun, mazkur tibbiy ko‘riklar muntazam ravishda, belgilangan vaqtda, ish davomida o‘tkazilayotgani xodimlar uchun qulay va foydali bo‘ldi.