Joriy yilning 3-7-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ binosida “Normativ-huquqiy vositalarni kuchaytirish: Elektr energiya sohasini litsenziyalash, hisobot berish tartiblari va jarimalar” mavzusiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib o‘tmoqda.
Mazkur besh kunlik oʻquv-seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida Energetika vazirligi hamda AQSHning “Tetra Tech ES Inc.” tashkiloti tomonidan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
O‘z navbatida, ushbu o‘quv-seminarda Energetika vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun: USAIDning “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi Markaziy Osiyoning beshta davlati, xususan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga milliy energetika sohasidagi ustuvor maqsadlarga erishish, transchegaraviy energiya savdosidan iqtisodiy foyda olish hamda kengroq mintaqaviy ulanish orqali energiya xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan.