O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlansin:
Fizika-matematika fanlari bo‘yicha
Axmedov Babomurot Jurayevich – Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri
Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich – Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi
Rozikov Utkir Abdulloyevich – Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari
Kimyo fanlari bo‘yicha
Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri
Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich – Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori
Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori
Reymov Axmed Mambetkarimovich – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori
Biologiya fanlari bo‘yicha
Davranov Kaxramon – Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori
Texnika fanlari bo‘yicha
Sadikov Ilxam Ismailovich – Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha
Namazov Shadman Ergashovich – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari
Tarix fanlari bo‘yicha
Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li – Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
Tuxliyev Nurislam – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
Filologiya fanlari bo‘yicha
Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori
Pedagogika fanlari bo‘yicha
Ibraimov Xolboy – T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Tibbiyot fanlari bo‘yicha
Musabayev Erkin Isakovich – Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqikot instituti direktori
Psixologiya fanlari bo‘yicha
Shaumarov Gayrat Baxramovich – “Profi universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti rektori
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
“Yo‘l xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari tomonidan, jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;
joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
o‘z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;
xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O‘zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;
ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ‘ib qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib borsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev