O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda “Kelajak o‘yinlari” xalqaro multisport musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.