O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Fond 2014-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investitsiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar ko‘rib chiqildi.