Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 22-aprel kuni Namangan viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq davra suhbatida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i F. Soloxitdinov va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Mazkur ochiq muloqot davomida jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan birja savdolari, reklama va davlat xaridlari hamda iste’molchilar huquqlarini sud tartibida himoya qilish yo‘nalishlarida mas’ul vakillar tomonidan huquqiy jihatdan batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.
Mazkur ochiq muloqot davomida, “SAMINA MEDIA STAR” MCHJ rahbari O.Kazakovning Namangan shahar hududida zamonaviy led ekranli monitor o‘rnatilishi uchun belgilangan tartiblarda joy olish borasidagi, “CONCORD FOOD SALES” MCHJ direktori O.Karimov rahbari tanlov savdolaridan asossiz ravishda chetlashtirib yuborilganligidan norozi bo‘lib tender savdolarini qonuniyligini o‘rganib chiqish bo‘yicha hamda fuqaro Q.Mirzayevning UZTELECOM internet provayderi tomonidan o‘rnatilgan WiFi router ishlamasligi, hamda internet tezligi sifatsiz darajada ekanligidan norozi bo‘lib ushbu sifatsiz xizmatlarni bartaraf etishda amaliy yordam berilishini so‘ragan murojaatlari qabul qilinib tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Namangan viloyatidagi OAV vakillari va blogerlar, xususan bloger Sh.Kenjayev (namanganlive24) «Reklama» to’g’risidagi qonunchilik talablarining tartiblari mavzusida Raqobat qo‘mitasining vakillari, AOKA va blogerlar bilan birgalikda seminar tashkil etish bo’yicha takliflari tinglandi.
Ma’lumot o‘rnida. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yil yil yakunlari bo‘yicha jami 1500 ga yaqin va 2024-yil I-choragi davomida 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
O‘rganish ishlari natijasida, 2023-yil davomida 11 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2024-yil I-choragida esa 2 mlrd so‘mlik pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.