Delegatsiya vakillari raqobat siyosatini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritishdi va monopoliyaga qarshi boshqaruvdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Nutqlarda MDH davlatlarining raqobatni himoya qilish va adolatli bozor muhitini yaratish yo‘lida birgalikda amalga oshirilayotgan harakatlari mintaqada iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash uchun muhim ekani qayd etildi.