“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;
2️⃣-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
🏆 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda 🏆
✍️ Ehtimoliy test savollarini Qo‘mitaning @RaqobatGovUz Telegram kanalida kuzatib boring.
Batafsil ma’lumot:
📞 (71) 207-47-00 (321)