Joriy yilning 10-may kuni go’sht va sut mahsulotlarining narhlariga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning tizimli muammolarin o‘rganish maqsadida Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik fermer xo‘jaliklarida o‘rganish ishlari olib bordi.
Ishchi guruh Sayxunobod tumanida joylashgan “INTER MILK” MChJ, “NAVRO‘ZBOY” hamda “RAXMATILLA-CHORVADOR” fermer xo‘jaliklariga, shuningdek Sirdaryo tumanida joylashgan “SULTON” fermer xo‘jaligiga borib, go‘sht va sut mahsulotlari narxlariga ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan bir qatorda fermer xo‘jaliklari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, mazkur muammolarning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar eshitildi.