Hurmatli yurtdoshlar!
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaydi.
Vatanimizning mustahkam qalqoni bo‘lib xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizdan chuqur minnatdormiz. Sizning mardlik va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va zafarlar tilaymiz! Yurtga sadoqatingiz doimo yuksak bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi