Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 18 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarlar:
🔘 “FAYKON” MChJ
🔘 “MARKAZIY GAZ OIL” MChJ
🔘 “AZIZBEK BARCHINOY” MChJ
🔘 “SANJAR” MChJ
🔘 “QALQON INVEST STAR” MChJ
🔘 “BARAKA 2000” MChJ
🔘 “ZIYO AGRO KIMYO MINERAL” MChJ
🔘 “ABDUSATTOR SIFAT OIL” MChJ
🔘 “MADINA BARAKA XAMKOR” MChJ
🔘 “ANDIJON NEFT BAZASI” MChJ
🔘 “FAYZ BARAKA HAMKORI” MChJ
🔘 “ECO PETROL MAX” MChJ
🔘 “MUSTAQILLIK 2001” MChJ
🔘 “ELIT TRANZIT OIL” MChJ
🔘 “BOBURSHOX PLYUS OIL” MChJ
🔘 “BRAVA OIL KO” MChJ
🔘 “MOXINUR OIL” XK
🔘 “MAKS PETROL AGRO” MChJlar
tomonidan iste’molchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 128 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AYOQShlarga nisbatan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qo‘zg‘atilib, asossiz olingan daromadni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.