Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Qoʻmita xodimlari farzandlari oʻrtasida shaxmat, shashka, badminton va stol tennis kabi sport turlari bo’yicha turli musobaqalar tashkil etildi.
Qoʻmita raisi Sh.Sharaxmetov tomonidan barcha bolalarga esdalik sovgʻalari hamda musobaqalarda faol ishtirok etganlari uchun bolajonlar diplomlar bilan taqdirlandilar.
Qadrli bolajonlar, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi Sizlarni qutlug’ ayyom bilan tabriklaydi va mamlakatimizni yuksak pog’onalarga olib chiqishingizga ishonch bildiradi!