RAQOBAT QO‘MITASIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TANLOVI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida «Umummilliy diktant» tanlovi o‘tkazildi.
Unda Qo‘mita hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etib, «Til – millat ko‘zgusi» mavzusida diktant yozdilar.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.








