Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar sifatli tovar va xizmatlarni ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning birida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.