{"id":79860,"date":"2026-06-05T12:15:31","date_gmt":"2026-06-05T07:15:31","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=79860"},"modified":"2026-06-11T12:16:01","modified_gmt":"2026-06-11T07:16:01","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli Vladimir Vladimirovich!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Shuningdek, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan xonimni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen janoblarini qutlayman.<\/p>\n<p>O\u02bbzining o\u02bbttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashish bo\u02bbyicha nufuzli va zarur muloqot maydonlaridan biriga aylangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish men uchun katta sharafdir.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston bilan tarix, ma\u02bcnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bog\u02bblangan Rossiyaning madaniy poytaxti \u2013 Sankt-Peterburg shahrida bugun yana bir bor bo\u02bblib turganimdan g\u02bboyat xursandman.<\/p>\n<p>Urushning og\u02bbir yillarida ko\u02bbplab o\u02bbzbekistonliklar Leningrad mudofaasida qatnashgan, Toshkent esa bir yarim million nafardan ortiq evakuatsiya qilingan bolalar, ayollar va keksalarga boshpana bergan edi. Bu haqdagi xotira umumiy ma\u02bcnaviy makonimizning bir qismi bo\u02bblib qolmoqda.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun aynan shu yerda, Neva bo\u02bbyida biz o\u02bbtmishni yod etib, kelajak va global iqtisodiyotning yangi arxitekturasiga oid masalalarni muhokama qilmoqdamiz.<\/p>\n<p>Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda. Transport yo\u02bbnalishlari o\u02bbzgarmoqda, yangi ishlab chiqarish zanjirlari shakllanmoqda. Zamonaviy texnologik platformalar paydo bo\u02bblib, barcha sohalarda sun\u02bciy intellekt joriy etilmoqda. Energetik, oziq-ovqat va raqamli xavfsizlik masalalari tubdan qayta ko\u02bbrib chiqilmoqda. Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uchun kurashda namoyon bo\u02bblmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning ta\u02bcsiri sezilmoqda.<\/p>\n<p>Jahon iqtisodiyotida beqarorlik hukm surayotgan sharoitda birlashtiruvchi rol o\u02bbynaydigan va o\u02bbz atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda o\u02bbzaro manfaatdorlik makonini shakllantirishga qodir bo\u02bblgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yo\u02bblining yuragi bo\u02bblib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent orqali nafaqat mahsulotlar tashilgan, balki g\u02bboya va bilimlar, madaniy va diniy an\u02bcanalar bir-birini o\u02bbzaro boyitib kelgan. Shuning uchun ham ochiqlik biz uchun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan. Hozirgi kunda u yangicha ma\u02bcno-mazmun kasb etib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston va umuman, Markaziy Osiyo mustaqil iqtisodiy o\u02bbsish markaziga aylanmoqda. Bu mintaqada kelajakning transport, texnologiya va demografiya sohalaridagi qiyofasi namoyon bo\u02bblmoqda. Ushbu makonda Shimol va Janub, G\u02bbarb va Sharq o\u02bbrtasidagi asosiy kommunikatsiyalar chorrahasi shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Kuchayib borayotgan ayni tendensiyani yanada mustahkamlash uchun bizga sifat jihatidan yangi darajadagi bog\u02bbliqlik nihoyatda zarur. Bu o\u02bbrinda nafaqat an\u02bcanaviy transport-logistika va energetika yo\u02bblaklarini birlashtirish, balki raqamli, to\u02bblov va ishlab chiqarish infratuzilmalarini integratsiya qilish haqida ham so\u02bbz bormoqda. Kuchli, birlashgan, iqtisodiy jihatdan bog\u02bblangan, ochiq va barqaror Markaziy Osiyo barcha sheriklarimizning strategik manfaatlariga javob beradi.<\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston uchun Rossiya mintaqadagi shunchaki qo\u02bbshni emas. Bu davlat bizning vaqt sinovidan o\u02bbtgan strategik sherigimiz va ittifoqchimizdir.<\/p>\n<p>Bugungi kunda o\u02bbzaro munosabatlarimiz yangi davrga qadam qo\u02bbydi. Hamkorlik ko\u02bbp darajali va ko\u02bbp qirrali tus oldi.<\/p>\n<p>Biz mahsulotlarning oddiy savdo-sotig\u02bbidan murakkab sanoat zanjirlari, texnologik alyanslar, birgalikda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qadar bo\u02bblgan yo\u02bblni bosib o\u02bbtdik. Bizning statistik ma\u02bclumotlarimizga ko\u02bbra, so\u02bbnggi 10 yilda o\u02bbzaro mahsulot aylanmasi uch barobardan ko\u02bbproq \u2013 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi.<\/p>\n<p>Ikki davlat hududlari o\u02bbrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Bu jarayonga bizning asosiy hamkorlarimiz \u2013 Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Moskva va Leningrad viloyatlari, Tatariston va Boshqirdiston, Krasnoyarsk va Perm o\u02bblkalari, shuningdek, Rossiyaning boshqa ko\u02bbplab hududlari faol jalb qilingan.<\/p>\n<p>Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda. O\u02bbzaro hamkorlik barcha muhim sohalarni, jumladan, energetika, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo\u02bbjaligi, logistika, to\u02bbqimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarni qamrab olmoqda. Loyihalar qatorida O\u02bbzbekistonning beshta hududidagi qo\u02bbshma sanoat parklari va Toshkentda tashkil etilgan qo\u02bbshma vagonsozlik klasteri alohida e\u02bctiborga loyiqdir.<\/p>\n<p>Energetika sohasidagi hamkorlikka alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtmoqchiman. Investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya ishtirokidagi loyihalar hisobidan biz elektr energiyasi ishlab chiqarishni bir yarim barobar \u2013 58 milliard kilovatt-soatdan 87 milliard kilovatt-soatga oshirdik. 2030-yilgacha generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgacha ko\u02bbpaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Uning 54 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari tashkil etadi.<\/p>\n<p>Bizning energetika sohasidagi quvvatlarimiz, shuningdek, O\u02bbzbekistonda Rossiya ishtirokida birinchi gibrid atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi hisobidan ham ortadi. Kecha biz Vladimir Vladimirovich bilan AES qurilishining birinchi poydevorini qo\u02bbyish marosimida qatnashdik. Biz uchun bu uzoq muddatli rivojlanish, yangi muhandislik maktabini tayyorlash va ilg\u02bbor texnologiyalarni o\u02bbzlashtirishga qaratilgan loyihadir.<\/p>\n<p>Atomdan tinch maqsadlarda foydalanish bo\u02bbyicha boshqa sohalar \u2013 tibbiyot, qishloq xo\u02bbjaligi, sanoat va ilm-fanda ham hamkorlikda ish olib borish niyatidamiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u02bbstlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hozirgi sharoitda O\u02bbzbekiston va Rossiyaning texnologiyalar va sanoat sohasidagi hamkorligi faqat ikki tomonlama aloqalar doirasida cheklanib qolmasligi kerak.<\/p>\n<p>Biz sanoat bo\u02bbyicha salohiyatni, resurslar, bozorlar va kompetensiyalarni birlashtirishga qodir bo\u02bblgan ulkan kooperatsiya makonini yaratishni mo\u02bbljal qilyapmiz. Aynan shuning uchun biz\u00a0<strong>\u201cYevroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari\u201d<\/strong>ni shakllantirish tashabbusi bilan chiqmoqdamiz. Bu sanoat kooperatsiyasining yagona raqamli platformasi bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik klasterlarning o\u02bbzaro bog\u02bbliq tizimidir. Bu o\u02bbrinda texnologiyalarni ishlab chiqish va kadrlar tayyorlashdan tortib, sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish va tashqi bozorlarga chiqishgacha bo\u02bblgan to\u02bbliq siklli zanjirlarni yaratish haqida so\u02bbz bormoqda.<\/p>\n<p>Ushbu tashabbusni sinovdan o\u02bbtgan, har yili Toshkentda o\u02bbtkaziladigan \u201cINNOPROM. Markaziy Osiyo\u201d innovatsion-sanoat ko\u02bbrgazmasi platformasi bazasida amalga oshirishni taklif etamiz. Bunday yondashuv biznes uchun hamkorlarni to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri topish va o\u02bbzaro manfaatli aloqalarni o\u02bbrnatish imkonini beradi.<\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Hamkorlikning istiqbolli yo\u02bbnalishi, hech shubhasiz, iqtisodiyotning yangi muloqot vositasi, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, tiliga aylangan raqamlashtirishdir.<\/p>\n<p>Agar ilgari infratuzilma deganda, yo\u02bbllar, quvurlar va elektr uzatish tarmoqlari tushunilgan bo\u02bblsa, bugungi kunda bu, avvalo, raqamli platformalar demakdir. Ular o\u02bbz atrofida yaxlit ekotizimni \u2013 ish o\u02bbrinlari, logistika, to\u02bblov xizmatlari, yangi eksport imkoniyatlarini shakllantirmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston biznesi raqamli yechimlarni faol rivojlantirmoqda va ayni paytda keng doiradagi mamlakatlar bilan texnologik hamkorlik uchun ochiqdir. Masalan, Rossiya marketpleyslari va raqamli servislari orqali mahsulotlarimiz savdosi hajmi so\u02bbnggi bir necha yilda 3,5 barobar o\u02bbsib, bir yarim milliard dollardan oshdi.<\/p>\n<p>Hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida qo\u02bbshma Raqamli ekotizimni shakllantirishga kirishishni taklif etamiz. Ilk bosqichda u raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, O\u02bbzbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, bandlik bo\u02bbyicha yagona raqamli profilni yaratish, sun\u02bciy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirishni o\u02bbzida qamrab olishi mumkin. Bu biznes uchun yangi bozorlar, fuqarolar uchun esa daromad topishda qo\u02bbshimcha imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p>Ayni paytda raqamlashtirishni keng qo\u02bbllashga intilar ekanmiz, har qanday o\u02bbzgarishlar negizida doimo inson turishini yodda tutish muhimdir.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u02bbzbekiston dunyoning eng yosh mamlakatlaridan biri bo\u02bblib, aholisining yarmidan ko\u02bbpini yoshlar tashkil etadi. Bu shunchaki oddiy statistika emas. Bu \u2013 rivojlanish uchun quvvat, energiya manbai. Bu \u2013 yangi talab. Bu \u2013 bizning kelajagimiz.<\/p>\n<p>Shu bois, bizning vazifamiz faqat yoshlarga zamonaviy bilim berishdan iborat emas. Yoshlar ilg\u02bbor kompetensiyalarni o\u02bbzlashtirishi va o\u02bbz salohiyatini ro\u02bbyobga chiqarishi uchun imkon beradigan sharoitlarni yaratish muhimdir. Bu o\u02bbrinda ta\u02bclim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik alohida o\u02bbrin tutadi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonda xorijiy oliygohlarning 32 ta, jumladan, Rossiya oliy ta\u02bclim muassasalarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog\u02bbi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kasbiy ta\u02bclim, ayniqsa, amaliyotga yo\u02bbnaltirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bizda bu borada allaqachon muvaffaqiyatli misollar bor. Olmaliq va Toshkentda birinchi qo\u02bbshma muhandislik maktablari ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Onlayn ta\u02bclim servislari mazkur sohadagi samarali hamkorlik mexanizmi bo\u02bblishi mumkin. Bunday servislarning ishga tushirilishi yoshlarga hatto eng chekka hududlarda ham zarur bilimlarni olish imkonini beradi. Bu mehnat mobilligi modelini tubdan o\u02bbzgartiradi va uni tashkil etishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan biz\u00a0<strong>Inson kapitalini rivojlantirish qo\u02bbshma onlayn-platformasini<\/strong>\u00a0yaratishni taklif etamiz. Uning vazifasi \u2013 ta\u02bclim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o\u02bbzaro bog\u02bblashdan iborat.<\/p>\n<p>Ushbu tizimda ta\u02bclim dasturlari, til o\u02bbrgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog\u02bblanish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin.<\/p>\n<p>Yoshlar uchun bu yangi iqtisodiyot sari aniq-ravshan yo\u02bbnalish bo\u02bbladi. Biznes uchun tayyor kadrlar bazasidan foydalanish imkoniyatidir. Universitetlar va kollejlar uchun bozorning real talabi bilan aloqa vositasidir. O\u02bbzbekiston va Rossiya uchun esa eng oliy qadriyat bo\u02bblgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir.<\/p>\n<p>Agar hurmatli Vladimir Vladimirovich ushbu tashabbusni qo\u02bbllab-quvvatlasa, sohaviy idoralarimizga bunday platformani imkon qadar tezroq ishga tushirish vazifasini topshiramiz.<\/p>\n<p>Hamkorligimizning gumanitar asosi sifatida turizmni alohida ko\u02bbrsatib o\u02bbtishni istar edim. Ushbu tarmoq ishonch iqtisodiyotini hammadan ko\u02bbra yaxshiroq shakllantiradi.<\/p>\n<p>Odamlar O\u02bbzbekistonga kelar ekan, nafaqat tarixiy yodgorlik va shaharlarni, balki madaniyatni, mehmondo\u02bbstlik, ishbilarmonlik muhiti va biznes uchun imkoniyatlarni ham ko\u02bbradi. 2025-yilda bizning mamlakatimizda qariyb bir million rossiyalik mehmon bo\u02bbldi, bu yil esa biz yanada ko\u02bbproq sayyohni qabul qilishga tayyormiz. Buning uchun nafaqat turistik infratuzilmani, balki kreativ iqtisodiyotni ham rivojlantiryapmiz. 2030-yilga borib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5 foizni tashkil etadi. Bu esa ushbu ijodiy sohani iqtisodiy o\u02bbsishning drayverlaridan biriga aylantiradi.<\/p>\n<p>Hamkorligimizning madaniy-gumanitar yo\u02bbnalishini mustahkamlash maqsadida\u00a0<strong>\u201cSamarqanddan Peterburggacha\u201d kreativ-turistik yo\u02bblagi loyihasini<\/strong>\u00a0ishga tushirishni taklif etamiz. Ushbu tashabbus san\u02bcat va kino festivallari, muzey ko\u02bbrgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Kecha Mariinskiy teatri va \u201cErmitaj\u201d davlat muzeyida O\u02bbzbekiston madaniyati va san\u02bcatiga doir loyihalar boshlandi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>2026-yil mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Biz tizimli islohotlarning muhim marrasiga yaqinlashmoqdamiz. Bundan o\u02bbn yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda, Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishni boshlagan edik. O\u02bbtgan davrda uzoq muddatli o\u02bbsish uchun mustahkam asos \u2013 qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga oshdi, joriy yil esa 8 foizdan yuqori o\u02bbsishni prognoz qilmoqdamiz. Islohotlar boshlanganidan buyon mamlakatimizga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Tovar va xizmatlar eksporti qariyb 3 barobar oshdi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o\u02bbsish dinamikasini namoyish etmoqda. Iqtisodiyotimiz yanada ko\u02bbp qirrali bo\u02bblib bormoqda, ichki bozor kengaymoqda, zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma va sifatli ish o\u02bbrinlariga talab ortmoqda.<\/p>\n<p>Yosh, faol va tez o\u02bbsib borayotgan aholi O\u02bbzbekistonning muhim ustunliklaridan biridir. Bu tadbirkorlik, texnologiyalar, servislar va sanoatni rivojlantirishning uzoq muddatli bazasidir.<\/p>\n<p>Ammo demografik o\u02bbsish o\u02bbz-o\u02bbzidan muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Bu salohiyatni kuchli intellektual resurs \u2013 kompetensiyalarga, unumdorlikka, yuqori qo\u02bbshimcha qiymatli mahsulotlar va texnologiyalar yaratish qobiliyatiga aylantirishimiz kerak.<\/p>\n<p>Biz islohotlarimizning ilk davridanoq bozor samaradorligi va ijtimoiy mas\u02bculiyatni uyg\u02bbunlashtirishga harakat qilib kelyapmiz. O\u02bbzbekiston iqtisodiy rivojlanish modelining o\u02bbziga xosligi aynan shu jihat bilan belgilanadi. O\u02bbsish nafaqat tez sur\u02bcatlarda, balki barqaror, inklyuziv va odamlarning hayot sifatini oshirishga yo\u02bbnaltirilgan bo\u02bblishi lozim.<\/p>\n<p>Faqat so\u02bbnggi 5 yilda aholining umumiy daromadlari 2,5 barobar oshdi. Biz uchun asosiy mezon bu yuqori hayot sifati, inson qadr-qimmati va har bir odamning salohiyatini ro\u02bbyobga chiqarishdir.<\/p>\n<p>\u201cO\u02bbzbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi aynan shu maqsadga erishishga xizmat qiladi. Ushbu davrga qadar biz aholi daromadlarini o\u02bbrtachadan yuqori darajaga ko\u02bbtarish, barcha sohalarni texnologik va innovatsion o\u02bbsish modeliga o\u02bbtkazish, iqtisodiyot hajmini yana bir yarim barobar \u2013 240 milliard dollardan ko\u02bbproqqa oshirish niyatidamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonda global investitsiyalar uchun barcha shart-sharoitlar izchil shakllantirilmoqda. Qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda, bozor institutlari takomillashtirilmoqda, raqobat darajasi va ishlab chiqarish salohiyati ortmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu forumda ishtirok etayotgan investorlarni yuqori qo\u02bbshimcha qiymatli yangi sanoat zanjirlarini yaratishga taklif etamiz.<\/p>\n<p>Kompetensiyalarni, ishlab chiqarish va ishlanmalarni chuqur mahalliylashtirish, shuningdek, zamonaviy injiniring va yangi eksport yo\u02bbnalishlarini rivojlantirish bizning ustuvor vazifamizdir. Bu bugungi kunda sanoat usulida qayta ishlash, agrotexnologiyalar, biokimyo, robototexnika, raqamli yechimlar va sun\u02bciy intellekt kabi yangi iqtisodiyot shakllanayotgan sohalarda ayniqsa muhimdir.<\/p>\n<p>Energetika, aviatsiya, ta\u02bclim, geologiya va boshqa ko\u02bbplab sohalarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili shaklida amalga oshirilayotgan loyihalarda biz hamkorlik uchun katta salohiyatni ko\u02bbrmoqdamiz.<\/p>\n<p>Manfaatdor sheriklarimizga nafaqat o\u02bbsib borayotgan ichki bozorimiz, balki qo\u02bbshni mamlakatlar va mintaqalarga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri chiqish imkoniyatini ham taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u02bbstlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston global ishbilarmonlar hamjamiyati uchun ishonchli va barqaror mamlakatdir. Iqtisodiyotimizning yuqori darajada ochiqlik sari harakat qilayotgani yetakchi reyting agentliklari tomonidan xolis tasdiqlanmoqda. Faqat shu yilning o\u02bbzida mamlakatimiz Iqtisodiy erkinlik indeksida yana 14 pog\u02bbona yuqori ko\u02bbtarildi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda biz xalqaro bozorlarga 16 milliard dollarlik suveren va korporativ obligatsiyalarni joylashtirdik. O\u02bbtgan oyda London fond birjasida eng yirik davlat kompaniyalarining aktivlarini birlashtirgan O\u02bbzbekiston Milliy investitsiya fondining aksiyalari birinchi marotaba ommaviy savdoga chiqarildi.<\/p>\n<p>Kapital bozorini yanada rivojlantirish, barqaror moliyaviy va investitsiyaviy platformani shakllantirish maqsadida eng yaxshi standartlar asosida ishlaydigan\u00a0<strong>Toshkent xalqaro moliya markazini<\/strong>\u00a0tashkil etishga kirishdik. Markazning maxsus huquqiy maqomga va soliq imtiyozlariga ega ekani investorlarga biznes yuritish uchun qulay vosita va ishonchli kafolatlarni taqdim etadi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, barchangizni 16-18-iyun kunlari bo\u02bblib o\u02bbtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etaman. Ushbu anjuman doirasida Yangi O\u02bbzbekistonning yangi imkoniyatlari va istiqbollari bilan bevosita tanishish mumkin bo\u02bbladi.<\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Albatta, bugungi forumning \u201cPragmatik muloqot \u2013 barqaror kelajak sari yo\u02bbl\u201d degan shiori ramziy ma\u02bcnoga ega. Chindan ham aynan ochiq va o\u02bbzaro hurmatga asoslangan muloqot hozirgi kunda barqaror rivojlanishning asosiy shartiga aylanmoqda. Ishonch, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yechim izlashga intilish bor joyda yangi imkoniyatlar paydo bo\u02bbladi. O\u02bbzbekiston va Rossiya sherikligi bunday hamkorlikning yorqin namunasidir.<\/p>\n<p>Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu keng ko\u02bblamli xalqaro forumga taklif etgani hamda Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining ustuvor yo\u02bbnalishlarini taqdim etish imkoniyatini yaratgani uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>So\u02bbzimning yakunida barcha ishtirokchilarga samarali faoliyat yuritishlari va qiziqarli fikr almashishlarini tilayman.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan xonimni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen janoblarini qutlayman. O\u02bbzining o\u02bbttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":79855,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan xonimni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen janoblarini qutlayman. O\u02bbzining o\u02bbttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-06-05T07:15:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-06-11T07:16:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/46f0575c-77a9-a6e5-6b6a-20739a83b4d6_lists_9284.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1266\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2026-06-05T07:15:31+00:00\",\"dateModified\":\"2026-06-11T07:16:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan xonimni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen janoblarini qutlayman. O\u02bbzining o\u02bbttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2026-06-05T07:15:31+00:00","article_modified_time":"2026-06-11T07:16:01+00:00","og_image":[{"width":1900,"height":1266,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/46f0575c-77a9-a6e5-6b6a-20739a83b4d6_lists_9284.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"11 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2026-06-05T07:15:31+00:00","dateModified":"2026-06-11T07:16:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-peterburg-xalqaro-iqtisodiy-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/46f0575c-77a9-a6e5-6b6a-20739a83b4d6_lists_9284.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79860"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=79860"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79860\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":79861,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79860\/revisions\/79861"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/79855"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=79860"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=79860"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=79860"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}