{"id":78782,"date":"2026-05-04T16:26:16","date_gmt":"2026-05-04T11:26:16","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=78782"},"modified":"2026-05-05T16:28:10","modified_gmt":"2026-05-05T11:28:10","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi<\/p>\n<p><strong>Hurmatli Masato Kanda Janoblari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli bank boshqaruvchilari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig\u2018ilishida ko\u2018rib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o\u2018tkazilayotgani bizga albatta g\u2018urur va iftixor bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yo\u2018lining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va G\u2018arbni, Shimol va Janubni bog\u2018lovchi markaz bo\u2018lib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yo\u2018llari tutashgan.<\/p>\n<p>Buyuk tarix va yorqin kelajakni o\u2018zida mujassam etgan Yangi O\u2018zbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda. Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilg\u2018or fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonga xush kelibsiz!<\/p>\n<p><strong>Aziz mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Biz 2016-yildan buyon iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar uchun jozibador muhit yaratish, global qo\u2018shilgan qiymat zanjirida faol qatnashish, hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini tubdan yangilash, aholi turmush sharoitini yaxshilash bo\u2018yicha katta islohotlarni olib boryapmiz.<\/p>\n<p>Tarixan qisqa vaqt ichida mehnatkash va bunyodkor xalqimiz bilan murakkab taraqqiyot yo\u2018lini bosib o\u2018tdik. So\u2018nggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Birgina energetika sohasida 35 milliard dollarlik investitsiya loyihalari hisobiga elektr ishlab chiqarishni 1,5\u00a0barobar oshirib, 87 milliard kilovatt-soatga yetkazdik. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra o\u2018sdi, iqtisodiyotimiz hajmi esa 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Bunday ijobiy natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e\u2019tirof etilmoqda. 2020-yildan buyon O\u2018zbekiston suveren kredit reytinglarida \u00a0o\u2018z o\u2018rnini barqaror oshirib bormoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida bu yil yurtimiz 14\u00a0pog\u2018ona yuqorilab, ilk bor \u201ciqtisodiyoti mo\u2018tadil erkin\u201d davlatlar qatoridan joy oldi. Global beqarorlik sharoitida ham iqtisodiyotimiz birinchi chorak yakuni bo\u2018yicha 8,7 foizli o\u2018sishga erishdi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxshilashga asosiy e\u2019tiborni qaratdik. Biz o\u2018tgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oshirib, kambag\u2018allik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tushirishga erishdik. O\u2018zbekiston oxirgi o\u2018n yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o\u2018zgarish qilgan beshta davlatdan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Biz 2030-yilga qadar O\u2018zbekistonda barcha sohalarni texnologik va innovatsion o\u2018sish modeliga o\u2018tkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish niyatidamiz. Natijada daromadi o\u2018rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni hamda kambag\u2018allikka to\u2018liq barham berishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p>Yaqin kunlarda 13\u00a0ta strategik yirik korxonalar aktivlarini o\u2018z ichiga olgan Milliy investitsiya jamg\u2018armasining 30\u00a0foiz ulushini xalqaro fond bozoriga chiqaramiz. Aminmanki, bunday muhim qadam hamkorlarimizning yurtimiz investitsiya muhitiga bo\u2018lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining o\u2018rnini alohida e\u2019tirof etamiz. Ishonchli strategik sherigimizga aylangan Bank bilan hozirgi kunga qadar qariyb 16\u00a0milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Ayniqsa, Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizdagi qayta tiklanuvchi energetika, qishloqlarda uy-joy qurilishi va Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yo\u2018nalishlarida ilk kunlardan yelkadosh bo\u2018lganini yuksak qadrlaymiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, bizni doimo qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgani uchun Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda janoblariga hamda Bank Boshqaruvchilariga shaxsan o\u2018zim va butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yaqin hamkorlik uchun Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari rahbariyatiga, shuningdek, barcha xorijiy sheriklarimizga alohida tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz Osiyo taraqqiyot banki bilan kambag\u2018allikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma barpo etish kabi muhim yo\u2018nalishlarda yaqin hamkorlikni yanada kengaytirish bo\u2018yicha aniq rejalarni belgilab oldik. Kuni kecha Bank bilan 12\u00a0milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini imzoladik.<\/p>\n<p>Barchangiz yaxshi xabardorsiz, bugungi tahlikali zamonda jahon iqtisodiyotida murakkab o\u2018zgarishlar ro\u2018y bermoqda, yangi texnologiyalar jadal kirib kelyapti. Barqaror taraqqiyotni ta\u2019minlash uchun Bank bilan hamkorlikda yangi mexanizm va ta\u2019sirchan yondashuvlarni joriy etishni davrning o\u2018zi bizdan talab etmoqda.<\/p>\n<p><em>Birinchidan,<\/em>\u00a0bugun raqamli texnologiya va sun\u2019iy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda.<\/p>\n<p>Jahon savdo tashkiloti prognozlariga ko\u2018ra, 2040-yilga borib, sun\u2019iy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qo\u2018shimcha 40\u00a0foizga oshadi.<\/p>\n<p>Biz axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishganmiz. O\u2018zbekistonda innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sun\u2019iy intellekt xabini tashkil qilishni boshladik. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200\u00a0dan ortiq sun\u2019iy intellekt loyihalari ustida ishlayapmiz. Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sun\u2019iy intellekt laboratoriyalarini ko\u2018paytirish, \u201cBesh million sun\u2019iy intellekt yetakchilari\u201dni tayyorlash bo\u2018yicha dasturlarni amalga oshiryapmiz.<\/p>\n<p>Bu yo\u2018nalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSH, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>Albatta, ta\u2019lim, tibbiyot, suv xo\u2018jaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur bo\u2018lgan yo\u2018nalishlarda ham ochiq sun\u2019iy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.<\/p>\n<p>Buning uchun Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sun\u2019iy intellekt ko\u2018lamini oshirish bo\u2018yicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, Bankning \u201cOsiyo uchun raqamli magistral\u201d tashabbusiga qo\u2018shilishimizni ma\u2019lum qilamiz hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari suramiz.<\/p>\n<p><em>Ikkinchidan,<\/em>\u00a0raqamli texnologiya va sun\u2019iy intellektning rivojlanishi, o\u2018z navbatida, energiya resurslariga bo\u2018lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda.<\/p>\n<p>Xalqaro energetika agentligi tahlillariga ko\u2018ra, 2030 yilga borib, data markazlarning elektr energiyasiga bo\u2018lgan talabi hozirgidan 2-3\u00a0karra oshadi. Bunday sharoitda investorlarga arzon, ishonchli va \u201cyashil\u201d energiya taklif qilgan davlatlargina global bozorda raqobatbardosh bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p>Biz bu borada dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5 ming 600\u00a0megavattli yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada \u201cyashil\u201d energiya ulushini 30\u00a0foizga yetkazdik. 2030 yilga borib bu ko\u2018rsatkichni 54\u00a0foizga olib chiqishni reja qilganmiz.<\/p>\n<p>Umuman olganda, mintaqamizning qayta tiklanadigan energiya generatsiyasi bo\u2018yicha juda katta salohiyati bor. Toza energiya eksportini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo \u2013 Yevropa \u201cyashil\u201d energetika koridorini yaratishda Osiyo taraqqiyot banki ko\u2018rsatayotgan yordamni minnatdorlik bilan ta\u2019kidlaymiz. Mintaqa davlatlari Bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda ushbu \u201cenergetik arteriya\u201d loyihasini boshlashiga ishonamiz.<\/p>\n<p><em>Uchinchidan,\u00a0<\/em>o\u2018zaro bog\u2018liq transport tizimi va logistika yo\u2018laklari barqarorligini ta\u2019minlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Jahondagi ziddiyatlar oqibatida logistika koridorlari o\u2018zgarishi hozirning o\u2018zida Markaziy Osiyo davlatlari uchun yuk tashish xarajatining 30 foizgacha oshishiga, yetkazib berish muddatlari esa bir necha hafta kechikishiga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, Sharq va G\u2018arbni bog\u2018laydigan \u201cXitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston\u201d temir yo\u2018li loyihasi bo\u2018yicha qurilish ishlari boshlangan. Ushbu yangi transport yo\u2018lagi hisobiga butun mintaqaning tranzit salohiyati sezilarli darajada oshadi. Mahsulotlarni yetkazib berish muddati 10\u00a0kungacha qisqaradi, yiliga 15\u00a0million tonnagacha yuk tashish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p>Bu borada Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida \u201cRaqamli bojxona va logistika alyansi\u201dni tashkil etishni taklif etamiz. Buning natijasida bojxona tartiblarini uyg\u2018unlashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish, chegara orqali yuk tashishlarni yengillashtirish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p><em>To\u2018rtinchidan,\u00a0<\/em>Bank ishtirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishdan manfaatdormiz.<\/p>\n<p>Ayniqsa, hozirgi texnologiyalar asrida kritik minerallar uchun raqobat kun sayin avj olayotganini barchamiz ko\u2018rib turibmiz. Xalqaro ekspertlarning xulosalariga ko\u2018ra, 2040-yilga borib, sanoat uchun muhim minerallarga talab 6 barobar oshadi. Bu \u2013 yangi imkoniyat. O\u2018zbekiston mis, volfram, molibden, magniy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasiga ega. Biz bu salohiyatni ishga solish maqsadida koreyalik hamkorlarimiz bilan R&amp;D markazi faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018ydik. Toshkent va Samarqand viloyatlarida \u201cKelajak metallari texnoparki\u201dni bunyod etmoqdamiz. AQSH, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati 1,6\u00a0milliard dollarlik 70\u00a0dan ziyod loyihani boshlaganmiz.<\/p>\n<p>Biz nafaqat foydali minerallarni qazib olish, balki ularni chuqur qayta ishlash orqali iqtisodiyot rivojiga yangi turtki berishni maqsad qilganmiz. Osiyo taraqqiyot bankining \u201cKritik mineraldan \u2013 ishlab chiqarishga\u201d dasturiga qo\u2018shilish va uning doirasida yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega bo\u2018lgan loyihalarni amalga oshirishni taklif etamiz. Bunda geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy qilish, qazib olish va qayta ishlash jarayonlariga ekologik standartlarni tatbiq etish, kritik minerallarni yetkazib berishning barqaror zanjirlarini yaratish muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><em>Beshinchidan,\u00a0<\/em>iqlim o\u2018zgarishi va cho\u2018llanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti uchun jiddiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Ekologik muammolar oqibatini yumshatish maqsadida besh yildan buyon \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida har yili 200\u00a0million tup ko\u2018chat ekib kelyapmiz. Orol dengizining qurigan tubida 2\u00a0million gektar yashil qoplamali himoya o\u2018rmonzorlarini yaratdik. O\u2018zbekistonda 2030-yilgacha yashillik darajasini 30\u00a0foizga yetkazish bo\u2018yicha katta marra olganmiz.<\/p>\n<p>Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oshirib kelmoqda. Bank ajratayotgan yillik mablag\u2018larning 50 foizdan kam bo\u2018lmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalashtirishga yo\u2018naltirmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymanki, bunday ezgu sa\u2019y-harakatlarni Bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda ro\u2018yobga chiqarsak, natijasi yanada yuqori bo\u2018ladi. Shu bois, \u201cMarkaziy Osiyo yashil belbog\u2018i\u201d mintaqaviy loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Oltinchidan, dunyodagi notinchlik tufayli millionlab turistlar xavfsiz yo\u2018nalishlarni qidirmoqda.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo ziyorat, madaniy, gastronomik, etno, ekstremal, tibbiyot kabi turizm yo\u2018nalishlarida katta salohiyatga ega. Bu sohaga alohida e\u2019tibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini ta\u2019minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdik. Buning hisobiga o\u2018n yil ichida O\u2018zbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6\u00a0karra oshib, 12\u00a0million nafarga yetdi.<\/p>\n<p>Yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va ma\u2019naviy xazinasi sifatida e\u2019tirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yurtimizning yangi durdonalariga aylandi. Bunday majmualar qo\u2018shni mamlakatlarda ham bunyod etilmoqda. Shu bois mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon \u2013 \u201cMarkaziy Osiyo turizm halqasi\u201dni yaratish tashabbusini ilgari suramiz. Qo\u2018shni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa hamkorlarimizni turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha loyihalar portfelini shakllantirib, birgalikda moliyalashtirishga chaqiramiz.<\/p>\n<p>Yuqorida aytib o\u2018tilgan barcha taklif va tashabbuslarni biz Osiyo taraqqiyot banki bilan faqat suveren kreditlar doirasida emas, balki davlat-xususiy sheriklik, kafolat instrumentlari, aralash moliyalashtirish va xususiy kapitalni jalb etish orqali faol hamkorlikda amalga oshirishga tayyormiz. Shu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><em>Hurmatli Bank boshqaruvchilari!<\/em><\/p>\n<p>Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro\u2018y berayotgan keskin o\u2018zgarishlar Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta\u2019minlashdagi muhim o\u2018rnini yanada oshirmoqda. Bu borada biz Bank Prezidenti, xalqaro moliya va iqtisodiy munosabatlar sohasida katta bilim va tajribaga ega bo\u2018lgan Masato Kanda janoblarining olib borayotgan samarali islohotlarini to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p><em>Qadrli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/em><\/p>\n<p>Bugungi anjumanda dunyoning 100\u00a0dan ortiq davlati, xalqaro moliya tashkilotlari, yetakchi banklar va kompaniyalarning nufuzli ekspertlaridan iborat 4 mingdan ziyod vakillar qatnashmoqda.<\/p>\n<p>Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va tashabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelishuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, barchangizni Yangi O\u2018zbekistonning go\u2018zal tabiati, tarixiy obidalari, yurtimizning zamonaviy arxitektura qiyofasi bilan yaqindan tanishishga taklif qilaman.<\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida, sizlarga mustahkam sog\u2018liq, mas\u2019uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi Hurmatli Masato Kanda Janoblari! Hurmatli bank boshqaruvchilari! Xonimlar va janoblar! Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig\u2018ilishida ko\u2018rib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o\u2018tkazilayotgani bizga albatta g\u2018urur va iftixor bag\u2018ishlaydi. Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yo\u2018lining&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":78780,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi Hurmatli Masato Kanda Janoblari! Hurmatli bank boshqaruvchilari! Xonimlar va janoblar! Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig\u2018ilishida ko\u2018rib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o\u2018tkazilayotgani bizga albatta g\u2018urur va iftixor bag\u2018ishlaydi. Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yo\u2018lining&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-05-04T11:26:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-05-05T11:28:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/c1d37149-8664-8c17-ac04-2fe0f97b41ef_lists_9173.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1266\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2026-05-04T11:26:16+00:00\",\"dateModified\":\"2026-05-05T11:28:10+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi Hurmatli Masato Kanda Janoblari! Hurmatli bank boshqaruvchilari! Xonimlar va janoblar! Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig\u2018ilishida ko\u2018rib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o\u2018tkazilayotgani bizga albatta g\u2018urur va iftixor bag\u2018ishlaydi. Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yo\u2018lining&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2026-05-04T11:26:16+00:00","article_modified_time":"2026-05-05T11:28:10+00:00","og_image":[{"width":1900,"height":1266,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/c1d37149-8664-8c17-ac04-2fe0f97b41ef_lists_9173.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"9 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2026-05-04T11:26:16+00:00","dateModified":"2026-05-05T11:28:10+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashining-yillik-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig\u2018ilishidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/c1d37149-8664-8c17-ac04-2fe0f97b41ef_lists_9173.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/78782"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=78782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/78782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":78783,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/78782\/revisions\/78783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/78780"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=78782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=78782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=78782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}