{"id":76501,"date":"2026-02-24T10:23:10","date_gmt":"2026-02-24T05:23:10","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=76501"},"modified":"2026-02-26T10:23:55","modified_gmt":"2026-02-26T05:23:55","slug":"yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/","title":{"rendered":"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p>Ko\u02bbksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari yig\u02bbilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta\u02bckidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga o\u02bbrgatish, sportga jalb etish, g\u02bboya, loyiha hamda startaplariga ko\u02bbmak berish, ularni ishli va daromadli qilish bo\u02bbyicha yanada faol ishlashi, birorta yigit-qizni e\u02bctiborsiz qoldirmasligi zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Yillar davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo\u02bblga kiritdi. Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikdagi oliygohlarda o\u02bbqiyotgan yigit-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi. Yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga kirib borgan. Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush, 854 ta bronza medalining sohibi bo\u02bbldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Shu ma\u02bcnoda, O\u02bbzbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur\u02bcatlarda rivojlanayotgan davlat deb e\u02bctirof etilgani bejiz emas. Joriy yilda Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahrida Yoshlar parlamenti a\u02bczolarining 12-global konferensiyasi, \u201cTake Off\u201d xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o\u02bbtkazilishi bu maqomni yanada mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030-yilga borib, bu ko\u02bbrsatkich 1 millionga yetishini qayd etib, yoshlarga o\u02bbz imkoniyati va qiziqishiga mos ish topishi uchun sharoit yaratish eng muhim masala ekanini ko\u02bbrsatib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Yoshlar o\u02bbrtasidagi so\u02bbrovnoma natijasiga ko\u02bbra, ularning uchdan biri tadbirkor bo\u02bblish istagini bildirgan.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili yoshlar bandligini ta\u02bcminlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar yo\u02bbnaltirilgani, \u201cYoshlar biznesi\u201d va \u201cKelajakka qadam\u201d dasturlari hisobidan 15 ming nafar yosh o\u02bbz tadbirkorligini yo\u02bblga qo\u02bbyib, 50 ming kishini ish bilan ta\u02bcminlagani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bu ishlarning davomi sifatida yoshlar tadbirkorligini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun qo\u02bbshimcha 200 million dollar ajratilishi e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>Bunda moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytiriladi: o\u02bbzini o\u02bbzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 million so\u02bbmdan 300 million so\u02bbmgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlarning loyihalari uchun 10 milliard so\u02bbmgacha kredit ajratish mumkin bo\u02bbladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi. Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o\u02bbrni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqqan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Joriy yildan \u201cKelajak tadbirkori\u201d dasturi ishga tushirilib, yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Xususan, o\u02bbzini o\u02bbzi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so\u02bbmgacha, tadbirkorlik ko\u02bbnikmasiga ega bo\u02bblib biznes boshlayotganlarga 300 million so\u02bbmgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo\u02bblganlarga 2 milliard so\u02bbmgacha, kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so\u02bbmgacha kredit berilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko\u02bbnikmasi yetishmasligi sabab qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi. Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o\u02bbqitish, g\u02bboyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bo\u02bbyicha kompleks xizmat ko\u02bbrsatadigan \u201cYoshlar biznes inkubatori\u201d tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Nufuzli xorijiy oliygohlar ilg\u02bbor tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o\u02bbqitishda hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etilib, kamida 40 ming yoshni biznesga o\u02bbrgatadigan \u201cYangi avlod tadbirkorlari\u201d dasturini boshlash belgilandi. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so\u02bbmgacha 7 foizli ssuda beriladi.<\/p>\n<p>Har yili \u201cYosh tadbirkorlar\u201d tanlovi o\u02bbtkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun \u201cYoshlar venchurs\u201d jamg\u02bbarmasidan 1 milliard so\u02bbmgacha mablag\u02bb ajratiladi.<\/p>\n<p>1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog\u02bbliq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg\u02bbarmasi hisobidan qoplab beriladi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy tashabbuslar bo\u02bbyicha \u201cFikringni ber (Voice Up)\u201d inklyuziv oromgohi tajribasi kengaytirilib, uni har bir hududda o\u02bbtkazish va 1 ming nafar yoshni qamrab olish, eng yaxshi tashabbuslar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil etish vazifasi belgilandi.<\/p>\n<p>\u201cO\u02bbsish va rivojlanish (Upshift)\u201d loyihasi doirasida bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo\u02bbnalishlarida ham tanlov o\u02bbtkaziladi. Eng yaxshi 40 ta startapni moliyalashtirish uchun 2 milliard so\u02bbm ajratiladi.<\/p>\n<p>Texnikumlarda ta\u02bclim dasturlarini ish beruvchilar talabi asosida yangilash, dual ta\u02bclimning qamrovini kengaytirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash bo\u02bbyicha vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p>Texnikumlarga ham oliygohlar kabi \u201cspin-off\u201d ochishga ruxsat berilib, o\u02bbquvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so\u02bbmgacha ajratiladi. Joriy yildan texnikum o\u02bbquvchilari uchun ham \u201cIshla va sayohat qil (Work and travel)\u201d dasturi asosida 6 oy xorijda ishlab, qo\u02bbshimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi, ishtirokchilarga yo\u02bblkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.<\/p>\n<p>Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlarni qo\u02bbllab-quvvatlash mexanizmi samara bergani ta\u02bckidlanib, sertifikat olgan yoshlar 600 mingdan oshgani, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 ming instruktor shakllangani aytildi. Xususiy o\u02bbquv markazlarining soni 3 karra ko\u02bbpayib, 38 mingdan oshgan.<\/p>\n<p>Xususiy o\u02bbquv markazlari uyushmasini tashkil etish tashabbusi qo\u02bbllab-quvvatlanib, uyushma a\u02bczosi bo\u02bblgan markazlarga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig\u02bbini to\u02bblashdan ozod etiladi. Bunday markazlar o\u02bbqituvchilarini ilg\u02bbor ta\u02bclim markazlariga stajirovkaga yuborish amaliyoti yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>\u201cKo\u02bbmak\u201d dasturi doirasida olis va chekka hududlarda xorijiy til o\u02bbquv markazlarining faoliyatini kengaytirish uchun 300 million so\u02bbmgacha foizsiz ssuda beriladi. Olis hududlardagi o\u02bbquv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz, o\u02bbqituvchilar uchun daromad solig\u02bbini 7,5 foiz miqdorida to\u02bblaydi (hozir 12 foiz).<\/p>\n<p>Joylarda ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o\u02bbqitadigan o\u02bbquv markazlariga qo\u02bbshimcha imtiyozlar berilishi belgilandi: yer va mol-mulk solig\u02bbidan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi qoplab beriladi, o\u02bbqituvchilarga to\u02bblangan daromad solig\u02bbi va ijtimoiy soliq \u201ckeshbek\u201d tariqasida qaytariladi.<\/p>\n<p>Volontyorlik faoliyatiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Yurtimizda huquqiy asoslar yaratilgani hisobiga volontyor yoshlar 5 karra ko\u02bbpayib, ekologiya, tibbiy xizmat, ta\u02bclim, favqulodda vaziyatlarda ko\u02bbmaklashish yo\u02bbnalishlaridagi volontyorlar soni 100 mingdan oshgani aytildi.<\/p>\n<p>Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo\u02bbyicha Vasiylik kengashini tuzish, Yoshlar ishlari agentligida \u201cVolontyorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash\u201d jamg\u02bbarmasini tashkil etish rejalashtirildi. Jamg\u02bbarmaga har yili budjetdan 20 milliard so\u02bbm, qo\u02bbshimcha ravishda mahalliy budjetlardan 3 milliard so\u02bbmdan ajratiladi. Shuning hisobidan volontyorlik loyihalariga 100 million so\u02bbmgacha grant beriladi, \u201cijtimoiy faollik kartasi\u201d orqali ball tizimi joriy etiladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda yosh oilalarni qo\u02bbllab-quvvatlash, kitobxonlikni ommalashtirish masalalari ham ko\u02bbtarildi.<\/p>\n<p>Yosh oilalar uchun uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab berilishi aytildi.<\/p>\n<p>\u201cKitobxonlik madaniyatini rivojlantirish\u201d jamg\u02bbarmasi orqali eng iste\u02bcdodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma berib, bir yil davomida oyiga 20 million so\u02bbmdan haq to\u02bblash, eng sara xorijiy adabiyotlarni o\u02bbzbek tiliga hamda milliy adabiyotni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmini qoplash belgilandi.<\/p>\n<p>Yangi o\u02bbquv yiliga qadar eng yaxshi 100 ta asardan iborat to\u02bbplamni tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish, eng faol kitobxon o\u02bbquvchilarni 10 million so\u02bbmdan mukofotlash vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Kutubxona, \u201cbook cafe\u201d va kitob do\u02bbkoni ochib, oyiga 10 ming donadan ortiq kitob sotuvini yo\u02bblga qo\u02bbygan tadbirkorlarga 3 yilga 1 milliard so\u02bbmgacha 7 foizli ssuda berish mexanizmi nazarda tutildi.<\/p>\n<p>Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarning jamiyatga tez moslashishi uchun \u201cIkkinchi imkon\u201d loyihasi boshlanishi ma\u02bclum qilindi. Unda 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o\u02bbqitish orqali daromadli ishga ega bo\u02bblishiga shart-sharoit yaratiladi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning turli sohalarga oid taklif va tashabbuslarini tingladi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida mutasaddilarning hisobotlari ham eshitildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u02bbksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo\u02bblib o\u02bbtdi. Uchrashuvda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yig\u02bbilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta\u02bckidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga o\u02bbrgatish, sportga jalb&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":76499,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104,3],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ko\u02bbksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo\u02bblib o\u02bbtdi. Uchrashuvda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yig\u02bbilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta\u02bckidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga o\u02bbrgatish, sportga jalb&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-24T05:23:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-26T05:23:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/f5f73653-6abe-3651-18ef-2bd60f3035fe_lists_slider_.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/\",\"name\":\"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2026-02-24T05:23:10+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-26T05:23:55+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Ko\u02bbksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo\u02bblib o\u02bbtdi. Uchrashuvda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yig\u02bbilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta\u02bckidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga o\u02bbrgatish, sportga jalb&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2026-02-24T05:23:10+00:00","article_modified_time":"2026-02-26T05:23:55+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/f5f73653-6abe-3651-18ef-2bd60f3035fe_lists_slider_.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"6 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/","name":"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2026-02-24T05:23:10+00:00","dateModified":"2026-02-26T05:23:55+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yoshlarning-tashabbuslarini-qollab-quvvatlashga-doir-qoshimcha-imkoniyatlar-belgilandi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Yoshlarning tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qo\u02bbshimcha imkoniyatlar belgilandi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/f5f73653-6abe-3651-18ef-2bd60f3035fe_lists_slider_.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76501"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=76501"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76501\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":76502,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76501\/revisions\/76502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/76499"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=76501"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=76501"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=76501"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}