{"id":59471,"date":"2024-08-09T14:30:07","date_gmt":"2024-08-09T09:30:07","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=59471"},"modified":"2024-08-20T11:29:12","modified_gmt":"2024-08-20T06:29:12","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an\u2019anaviy do\u2018stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<p>Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo\u2018lidagi faol sa\u2019y-harakatlaringizni alohida ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>Sizning tashrifimiz arafasida e\u2019lon qilingan \u201cMarkaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari\u201d dasturiy maqolangizda birgalikda olib borayotgan ishlarimiz va yangi bosqichda mintaqaviy kooperatsiya istiqbollarini chuqur tahlil qilib bergansiz.<\/p>\n<p>Olti yil oldin aynan shu yerda, Ostonada biz birinchi Maslahat uchrashuvini o\u2018tkazgan edik.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davr mobaynida barcha mamlakatlarimizda, hech mubolag\u2018asiz, tarixiy uchrashuvlar \u2013 sammitlar bo\u2018lib o\u2018tdi. Ko\u2018p asrlik do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik solnomasida yangi sahifa ochdik.<\/p>\n<p>Ochiq va samarali muloqotlarimiz, ilgari surilgan muhim tashabbuslar, ishga tushirilgan ko\u2018p tomonlama loyihalar va dasturlar, amalga oshirilgan ko\u2018plab qo\u2018shma tadbirlar va shu kabi boshqa harakatlarimiz mintaqa qiyofasini va imijini tubdan o\u2018zgartirdi.<\/p>\n<p>Biz samarali hamkorlik qilib, muhim masalalarni hal qila boshladik. O\u2018zaro savdo, investitsiya, yuk tashish, fuqarolarning tashriflari hajmi bir necha barobar ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Tashqi sheriklarimiz tomonidan amaliy qiziqish sezilarli darajada ortdi. Yuqorida aytilganidek, \u201cMarkaziy Osiyo plyus\u201d formatidagi turli uchrashuvlar shundan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Bugun biz umummintaqaviy o\u2018ziga xoslikni shakllantirish jarayoni boshlangani haqida ishonch bilan aytishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimga birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, mamlakatlarimiz tashqi siyosatining ustuvor yo\u2018nalishi sifatida mintaqadagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo\u2018lidagi umumiy sa\u2019y-harakatlarni qo\u2018llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Men bugun mintaqaviy o\u2018zaro hamkorlik mexanizmlari va institutlarini ishga tushirish, jumladan, milliy koordinatorlar, tarmoq vazirliklari va idoralari vakillari uchrashuvlari bo\u2018yicha bildirilgan takliflarni qo\u2018llab-quvvatlayman.<\/p>\n<p>Hozirgi bosqichda biz qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish va qo\u2018shma loyihalarni ilgari surish uchun samarali vositalar kerak, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Umuman olganda, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish va uzoq muddatli sheriklik kun tartibini boyitish uchun Maslahat uchrashuvi formatini yanada takomillashtirish masalalarini birgalikda ko\u2018rib chiqish vaqti keldi, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Shu maqsadda biz mintaqa mamlakatlari yetakchi tahlil markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining Markaziy Osiyo ekspert forumining navbatdagi yig\u2018ilishini O\u2018zbekistonda o\u2018tkazishni taklif qilamiz. Ularning konseptual tavsiyalari va takliflarini keyingi sammitimiz davomida birgalikda ko\u2018rib chiqishimiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Markaziy Osiyo o\u2018zining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini to\u2018liq boshdan kechirmoqda.<\/p>\n<p>Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo\u2018layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. An\u2019anaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to\u2018siqlar paydo bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Mintaqamiz barqarorligining muhim omili hisoblangan qo\u2018shni Afg\u2018onistondagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog\u2018liq masalalar xalqaro kun tartibida ikkinchi darajaga tushib qoldi.<\/p>\n<p>Shuni ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi ko\u2018p jihatdan umumiy sa\u2019y-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qat\u2019iy choralar ko\u2018rish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Tashqi siyosat idoralarimiz tomonidan strategik hujjat \u2013 Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Amaliy mintaqaviy hamkorlikning, bizning nuqtayi nazardan, ustuvor hisoblangan yo\u2018nalishlariga qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p><strong>Birinchi.<\/strong>\u00a0Bizga yangi drayverlar, uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishning yangi modeli kerak.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimiz tabiiy savdo sheriklari bo\u2018lib, milliy iqtisodiyotlarimiz bir-birini to\u2018ldiradi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, tahlillar shuni ko\u2018rsatmoqdaki, bugungi kunda mamlakatlarimiz umumiy tovar aylanmasida ichki mintaqaviy savdoning ulushi sezilarli darajada emas. Markaziy Osiyoda to\u2018laqonli erkin savdo hududini shakllantirish yo\u2018lida hamon to\u2018siqlar saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Biz xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tahlil o\u2018tkazdik va kelgusi besh yilda o\u2018zaro savdo hajmini ikki barobar oshirishni ta\u2019minlaydigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni belgilab oldik. Bu besh yuzdan ortiq pozitsiyadagi tovarlardir.<\/p>\n<p>Bu o\u2018rinda avvalo tarif va notarif to\u2018siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlarini o\u2018zaro tan olish va reglamentlarni unifikatsiya qilish, bojxona operatsiyalari va fitosanitariya tartib-taomillarini raqamlashtirish, davlat xaridlari jarayonida o\u2018zaro ishtirok etish imkoniyatlarini ko\u2018rib chiqish kabi chora-tadbirlar haqida gap bormoqda.<\/p>\n<p>Yagona mintaqaviy bozorni shakllantirish bizning uzoq muddatli istiqbolga mo\u2018ljallangan strategik maqsadimiz bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Ushbu masalalarning barchasini ko\u2018rib chiqish uchun mamlakatlarimiz Bosh vazirlari o\u2018rinbosarlari darajasida Iqtisodiy kengash \u2013 muntazam ravishda uchrashuvlarni yo\u2018lga qo\u2018yishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Biz shunday birinchi uchrashuvni kelgusi yili Toshkent shahrida tashkil qilishga va uning doirasida Hududlar forumi va tarmoq konferensiyalari, sanoat salohiyati ko\u2018rgazma-yarmarkasi, eksport imkoniyatlari taqdimotlarini tashkil etgan holda Markaziy Osiyo biznes hamkorligi haftaligini o\u2018tkazishga tayyormiz.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi.\u00a0<\/strong>Sanoat kooperatsiyasini o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlash va rag\u2018batlantirish.<\/p>\n<p>Biz mintaqadagi har bir mamlakat bilan allaqachon bunday hamkorlik bo\u2018yicha muvaffaqiyatli namunalarga egamiz. Chegaraoldi hamkorlikka doir maxsus hududlar, zamonaviy avtomobillar, maishiy elektronika, farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish, qishloq xo\u2018jaligi va to\u2018qimachilik klasterlari, logistika markazlari va infratuzilma loyihalari shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>Biz kuchlarimizni birlashtirib, qisqa qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini yaratish, yetakchi xalqaro kompaniyalardan investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish, kooperatsiyaning yangi shakllarini joriy etish orqali mintaqani sanoatlashtirishning yagona xaritasini shakllantirishga erisha olamiz, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Ushbu ustuvor yo\u2018nalish bo\u2018yicha vazirlar darajasida Kengash faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish va dasturiy hujjat tayyorlash muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Shuningdek, Markaziy Osiyo investitsiya kengashini ta\u2019sis etish, mintaqa mamlakatlari Innovatsion rivojlanish bankini tashkil etish, qo\u2018shma investitsiya forumlarini muntazam o\u2018tkazib borish ham istiqbolli masalalar hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlab aytaman, barcha Markaziy Osiyo davlatlarining investitsiyaviy jozibadorligi ushbu yo\u2018nalishdagi ishlarning muvofiqlashtirilgan holda olib borilishiga bog\u2018liq.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi.<\/strong>\u00a0Jahon banki xulosasiga ko\u2018ra, mamlakatlarimiz hali ham dunyodagi iqtisodiyoti eng kam \u201cbirlashgan\u201d mamlakatlar qatorida qolmoqda.<\/p>\n<p>Gap ichki mintaqaviy transport-kommunikatsiya tarmog\u2018i haqida bormoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mintaqa geografiyasining o\u2018ziga xosligi tufayli tashqi savdo yuklarini tashish xarajatlari ulushi tovar yakuniy qiymatining 50 foiziga yetmoqda. Bu jahondagi o\u2018rtacha ko\u2018rsatkichdan 4-5 barobar yuqori.<\/p>\n<p>Men samarali transport yo\u2018laklarini rivojlantirish bo\u2018yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni qo\u2018llab-quvvatlaganliklari uchun hamkasblarimdan minnatdorman.<\/p>\n<p>Bugun kun tartibida Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishni ta\u2019minlovchi ko\u2018plab loyihalar mavjud.<\/p>\n<p>Kelishilgan tarif siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, milliy tashuvchilarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha imtiyoz va preferensiyalarni qo\u2018llash, transport tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish, chegara punktlarining o\u2018tkazish qobiliyatini oshirish, transport sektorini raqamlashtirish masalalari tizimli yondashuvni talab qiladi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Transport va tranzit to\u2018g\u2018risidagi bitimni qabul qilish bo\u2018yicha taklifimizni qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Uning qoidalarini amalga oshirish maqsadida transport vazirliklari, tashuvchilar va ekspeditorlar, logistika kompaniyalari va mutaxassislar ishtirokida Ekspertlik konferensiyasini o\u2018tkazishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchi.\u00a0<\/strong>Oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash sohasida ishlarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish lozim.<\/p>\n<p>BMT Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkilotining milliy ekspertlari va mutaxassislari ta\u2019kidlashicha, biz nafaqat asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo\u2018yicha ichki mintaqaviy ehtiyojlarni ta\u2019minlashimiz, balki xalqaro bozorda mustahkam o\u2018rinlarni egallashimiz mumkin.<\/p>\n<p>Agrar ishlab chiqarishning innovatsion usullari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish, chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, seleksiya sohasida ilmiy ishlarni kuchaytirish, klasterlar va \u201caqlli fermalar\u201dni yaratish muhimdir.<\/p>\n<p>Toshkent shahrida sentyabr oyida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda dengizga chiqish imkoniyati bo\u2018lmagan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha xalqaro forum tashkil etish niyatidamiz. Forum doirasida Mintaqaviy strategiya ishlab chiqish uchun qishloq xo\u2018jaligi vazirlarining alohida uchrashuvini o\u2018tkazishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Beshinchi.<\/strong>\u00a0Global iqlim o\u2018zgarishi oqibatlari mamlakatlarimizning har birida sezilmoqda. Harorat ko\u2018tarilishi, muzliklar erishi, toshqinlar, qurg\u2018oqchiliklar, chang bo\u2018ronlari va boshqa ko\u2018plab tabiat hodisalari jiddiy talafotlar yetkazishda davom etmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilning noyabr oyida Ozarbayjonda bo\u2018lib o\u2018tadigan Iqlim sammiti davomida mamlakatlarimiz yagona pozitsiya bilan chiqishlari mumkin.<\/p>\n<p>Bu o\u2018rinda so\u2018z xalqaro jamoatchilik, fondlar va donorlik tashkilotlari e\u2019tiborini ushbu o\u2018tkir muammolar, jumladan, Orol fojiasiga yechim topishga qaratish maqsadida mintaqadagi ekologik vaziyat haqida qo\u2018shma taqdimot o\u2018tkazish haqida ketmoqda.<\/p>\n<p>Bizning yangi takliflarimiz qatorida Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish kompleks dasturi, Transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish masalalari ham bor.<\/p>\n<p><strong>Oltinchi.<\/strong>\u00a0Energetika sektoridagi hamkorlik ayniqsa dolzarbdir.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mintaqaviy ko\u2018lamda elektr energiyasi generatsiyasini oshirish va uni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish bo\u2018yicha qator strategik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, atom energetikasini rivojlantirish, uglevodorodlarni yetkazishni oshirish bo\u2018yicha rejalar mavjud.<\/p>\n<p>Bu energetika vazirlarining doimiy uchrashuvlari doirasida muvofiqlashtirilgan ishlarni olib borish uchun muhim yo\u2018nalishlardan biri, deb hisoblayman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz mamlakatlarimiz parlamentlari o\u2018rtasida o\u2018zaro samarali almashuvlarni rivojlantirishni yuqori baholaymiz va har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Kelgusi oyda ko\u2018hna Xiva shahrida mintaqa mamlakatlarining navbatdagi Parlamentlararo forumini o\u2018tkazishni rejalashtirganmiz.<\/p>\n<p>Madaniy-tarixiy merosning umumiyligini hisobga olgan holda, xalqlarimizning mintaqa kelajagi uchun daxldorligi, birdamligi, umumiy mas\u2019uliyatni anglashini kuchaytirishga katta e\u2019tibor berishimiz lozim.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymanki, \u201cMarkaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona o\u2018tmish va umumiy kelajak\u201d xalqaro media platformasining tezroq ishga tushirilishi ushbu yo\u2018nalishda muhim amaliy qadam bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Mintaqa xalqlarining o\u2018zaro bir-birini tushunishi va birdamligini yanada mustahkamlash maqsadida mintaqaviy o\u2018ziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlariga bag\u2018ishlangan ilmiy forum o\u2018tkazishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>\u201cMarkaziy Osiyo yoshlar kun tartibi \u2013 2030\u201dni ilgari surish va yosh avlodni hamkorlik dasturlariga jalb qilish uchun doimiy ravishda Innovatsion g\u2018oyalar va loyihalar mintaqaviy yoshlar tanlovini o\u2018tkazishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo ta\u2019lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish va mamlakatlarimizdagi yetakchi oliy o\u2018quv yurtlarining diplomlarini o\u2018zaro tan olish to\u2018g\u2018risidagi bitimni ishlab chiqishni muhim deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, mintaqa davlatlarining iqtidorli talabalari o\u2018qishi uchun o\u2018zaro kelishuvlar asosida stipendiyalar ajratishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Ushbu loyihalarni batafsil muhokama qilish uchun Toshkent shahrida oktyabr oyida Markaziy Osiyo birinchi ta\u2019lim forumini o\u2018tkazish niyatidamiz.<\/p>\n<p>Mamlakatlaringiz milliy delegatsiyalari tarkibiga ta\u2019lim vazirlari, yetakchi universitetlari rektorlari, olimlar va ekspertlari qo\u2018shilsa, biz bundan mamnun bo\u2018lar edik.<\/p>\n<p>Turizm sektori mintaqaviy hamkorlikning yangi drayveriga aylanib bormoqda. Mamlakatlarimizdagi ichki mintaqaviy turistik oqim ulushi so\u2018nggi yillarda sezilarli darajada oshdi.<\/p>\n<p>Turistik almashuvni kengaytirish maqsadida \u201cBitta tur \u2013 butun mintaqa\u201d\u00a0 tamoyili bo\u2018yicha milliy ay-di kartalarni o\u2018zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini o\u2018rganib chiqishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun biz muhim hujjatlarni, shu jumladan, Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni 2040-yilgacha mo\u2018ljallangan konsepsiyasini imzolayapmiz.<\/p>\n<p>Munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash va uni yanada rivojlantirish uchun Markaziy Osiyoda strategik sheriklik va hamkorlik to\u2018g\u2018risida ko\u2018p tomonlama bitimni imzolashga tayyorlashni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, bugungi uchrashuvning sermahsul natijalari mintaqada do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik yanada mustahkamlanishiga, xalqlarimizning farovonligi yo\u2018lida o\u2018zaro amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Sizlarning barchangizni kelgusi yil avgust oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi sammitida ishtirok etish uchun O\u2018zbekistonga taklif qilaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni samimiy qutlayman.<\/p>\n<p>Ozarbayjonning ishtiroki mintaqamizning ulkan salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.<\/p>\n<p>Bu o\u2018rinda gap eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xo\u2018jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qo\u2018shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar va sayyohlik almashuvlarini rivojlantirish haqida bormoqda.<\/p>\n<p>Biz muvaffaqiyatli ko\u2018p tomonlama hamkorligimiz borasida bir qator misollarni keltirishimiz mumkin. Jumladan, Yevropaga \u201cyashil\u201d energiya yetkazib berishni tashkil etish masalasi ekspertlar darajasida ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, xalqaro bozorlarga chiqadigan samarali transport yo\u2018laklarini shakllantirish masalalari muhokama qilinmoqda.<\/p>\n<p>Rejalashtirilayotgan biznes-forumlar, sanoat ko\u2018rgazmalari va boshqa ishbilarmonlik tadbirlarida ozarbayjonlik sheriklarimizning faol ishtirok etishi tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Uchrashuvimizning birinchi qismida shu yil noyabrda Ozarbayjonda bo\u2018lib o\u2018tadigan Iqlim sammitida ekologik xatarlarning oldini olish bo\u2018yicha muvofiqlashtirilgan sa\u2019y-harakatlarimiz doirasida qo\u2018shma tadbirlarni o\u2018tkazish muhim ekani haqida gapirib o\u2018tdim.<\/p>\n<p>Yana bir bor hurmatli Ilhom Haydarovichga Global sammitni muvaffaqiyatli o\u2018tkazishini tilayman.<\/p>\n<p>Bu shubhasiz, bizning umumiy yutug\u2018imizdir.<\/p>\n<p>Uchrashuvimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze janoblarini ko\u2018rib turganimdan xursandman.<\/p>\n<p>Siz rahbarlik qilayotgan markaz chindan ham mintaqaviy muloqotni rivojlantirishga ulkan hissa qo\u2018shayotganini ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Yaqinda Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari mintaqamiz mamlakatlariga tashrif buyurib, Markaziy Osiyoda jadal yaqinlashuv va integratsiya jarayonlariga yuksak baho bergani va qat\u2019iy qo\u2018llab-quvvatlagani so\u2018zimning tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p>U kishiga bizning eng ezgu tilaklarimizni yetkazishingizni so\u2018rayman.<\/p>\n<p>Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevichga sammitimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etaman.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an\u2019anaviy do\u2018stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo\u2018lidagi faol sa\u2019y-harakatlaringizni alohida ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchiman. Sizning tashrifimiz arafasida e\u2019lon qilingan \u201cMarkaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari\u201d dasturiy&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":59468,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[3],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an\u2019anaviy do\u2018stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo\u2018lidagi faol sa\u2019y-harakatlaringizni alohida ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchiman. Sizning tashrifimiz arafasida e\u2019lon qilingan \u201cMarkaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari\u201d dasturiy&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-08-09T09:30:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-08-20T06:29:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/56003160-cdf1-c2e2-20f1-fb2ef539b5e1_news_lang_.webp\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/webp\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-08-09T09:30:07+00:00\",\"dateModified\":\"2024-08-20T06:29:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an\u2019anaviy do\u2018stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo\u2018lidagi faol sa\u2019y-harakatlaringizni alohida ta\u2019kidlab o\u2018tmoqchiman. Sizning tashrifimiz arafasida e\u2019lon qilingan \u201cMarkaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari\u201d dasturiy&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-08-09T09:30:07+00:00","article_modified_time":"2024-08-20T06:29:12+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/56003160-cdf1-c2e2-20f1-fb2ef539b5e1_news_lang_.webp","type":"image\/webp"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-08-09T09:30:07+00:00","dateModified":"2024-08-20T06:29:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/56003160-cdf1-c2e2-20f1-fb2ef539b5e1_news_lang_.webp","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/59471"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=59471"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/59471\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":59472,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/59471\/revisions\/59472"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/59468"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=59471"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=59471"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=59471"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}