{"id":55198,"date":"2024-06-03T08:37:29","date_gmt":"2024-06-03T03:37:29","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=55198"},"modified":"2024-06-04T08:39:24","modified_gmt":"2024-06-04T03:39:24","slug":"turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/","title":{"rendered":"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko\u2018paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko\u2018proq ish o\u2018rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko\u2018paytiradigan sohalarni qo\u2018llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo\u2018naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir yangi ish o\u2018rni boshqa tarmoqlarda yana 2 ta ish joyi hosil qiladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda tarixiy, madaniy va xushmanzara go\u2018shalar ko\u2018p. Ularning negizida turizm maskanlari, mehmonxonalar barpo etildi. Tartib-taomillar soddalashtirilib, sayyohlik biznesiga qulaylik yaratildi. Sayyohlar xavfsizligini ta\u2019minlash maqsadida turizm politsiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil oktyabrda Samarqandda bo\u2018lgan Butunjahon turizm tashkiloti forumi doirasida 2 milliard 300 million dollarlik investitsiyaviy kelishuvlarga erishilgan edi. Ular orasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi maskanlar barpo etishga qaratilgan loyihalar ko\u2018p.<\/p>\n<p>Jumladan, xorijiy investorlar tomonidan Shahrisabz tumani G\u2018elon va Sarchashma qishloqlari orasida 3 ming gektarli tog\u2018-chang\u2018i majmuasi tashkil qilish boshlandi. Miraki qishlog\u2018i bo\u2018yicha ham master reja ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Bu tumanning tarixi ham, tabiati ham diqqatga sazovor. Qolaversa, Shahrisabz shahri Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining \u201c2024 yildagi turizm poytaxti\u201d, deb e\u2019lon qilingan.<\/p>\n<p>Shu bois u yerda turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Birinchi galda Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida turizm klasteri tashkil qilinadi. 33 kilometrli Hisorak \u2013 G\u2018elon va Hisorak \u2013 Sarchashma yo\u2018li kengaytirib, ta\u2019mirlanadi. \u201cChiroqchi-Sho\u2018rquduq\u201d avtomobil yo\u2018li yaxshilanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi.<\/p>\n<p>G\u2018elondan o\u2018tuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta gidro elektr stansiya ishga tushiriladi. Natijada turizm klasterida elektrdan muammo bo\u2018lmaydi. Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Bunday ishlarni Ohangaron, Urgut, Nurota, Yangiqo\u2018rg\u2018on, Pop, Chortoq, Boysun, Sariosiyo, Baxmal, Farg\u2018ona kabi turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanda ham qilish mumkinligi ta\u2019kidlandi. Mutasaddilarga xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda bu borada master reja ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, yaqinda \u201cBoysun bahori\u201d xalqaro etno-festivali bo\u2018lib o\u2018tdi. Bibishirin mahallasida 6 million dollarlik 4 yulduzli mehmonxona, amfiteatr va o\u2018tovlar qurildi. Ko\u2018ngilochar shoular o\u2018tkazildi. Natijada Surxondaryoga sayyohlar kelishi 4 karra ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Umuman, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayapti. Bu yo\u2018nalishni rivojlantirish bo\u2018yicha dastur qabul qilish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oshishi tabiiy. Sohaga ajratilgan mablag\u2018lar doirasida mehmonxonalarda basseynlar qurilmoqda. Lekin hududlarda turistlarni o\u2018ziga tortadigan zamonaviy akvaparklar yo\u2018q.<\/p>\n<p>Tabiiy ko\u2018llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti. Masalan, Mirishkor tumanidagi Sechanko\u2018l va Achinko\u2018l bo\u2018yida birorta dam olish maskani yo\u2018q. Aydar-Arnasoy ko\u2018llar tizimi ovchilik va ekoturizm uchun juda qulay.<\/p>\n<p>Shulardan kelib chiqib, akvaparklar qurish hamda ko\u2018llar bo\u2018yida loyihalar qilish uchun yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Pandemiyadan keyin tibbiyot va sog\u2018lomlashtirish turizmiga talab kuchaygan. Yurtimizdagi sanatoriy va tibbiy muassasalarda o\u2018tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolangan. Oxirgi besh yilda xususiy klinikalar ko\u2018paygani bilan atigi ikkitasi xalqaro akkreditatsiyaga ega. Albatta, bular juda kam.<\/p>\n<p>Chunki bizda tibbiyot va sog\u2018lomlashtirish turizmini uyg\u2018unlikda rivojlantirish bo\u2018yicha yaxlit yondashuv yo\u2018q. Aslida, tibbiy turizmning o\u2018zidan yiliga 300 million dollar eksport qilish mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois Janubiy Koreya, Turkiya va Hindiston tajribasi asosida \u201cTibbiy xizmatlar mehmondo\u2018stligi\u201d dasturi boshlanishi e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>Endi xususiy klinikalarning xalqaro akkreditatsiyadan o\u2018tish, xorijiy ko\u2018rgazmada qatnashish xarajati budjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i qaytarib beriladi. Xorijga borib, targ\u2018ibot-diagnostika xizmatini ko\u2018rsatgan shifokorlarning transport va yashash xarajatlari to\u2018lab beriladi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda shifoxona va sanatoriylarni xalqaro sertifikatlash, malakali menejerlarni jalb etish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>An\u2019anaviy festivallarning doimiy aniq sanalarini belgilash, chegaradan o\u2018tishni yanada soddalashtirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Turizm rivojiga xalal berayotgan yana bir muammo transport bilan bog\u2018liq. Chet ellarda turoperatorlar chiptalarni kamida olti oy oldin sotib oladi, shuning uchun \u201csayohat to\u2018plami\u201d arzon.\u00a0\u00a0Bizda esa samolyot va poyezdga chipta olish qiyin, bir-ikki oy qolganda topilmaydi ham.<\/p>\n<p>Shu bois Transport vazirligiga xalqaro reyslarni ko\u2018paytirish, barcha qatnovlar haqida ma\u2019lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Prezident mamlakatimiz turizm salohiyatini to\u2018liq ko\u2018rsatuvchi global targ\u2018ibot kampaniyasini yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligini ta\u2019kidlab, qator tashabbuslarni bayon qildi.<\/p>\n<p>\u201cMilliy turizm brendi\u201dga kontent yaratish uchun tanlov o\u2018tkaziladi. Bu yil Toshkentda, kelgusi yilda Xivada xalqaro gastronomik festivallar tashkil etilib, 300 dan ziyod milliy taomlarimiz targ\u2018ib qilinadi. \u201cElektron-viza\u201d tizimi yanada takomillashtirilib, mobil ilovasi ham ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Targ\u2018ibotda televideniye bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan ham keng foydalaniladi. Auditoriyasi katta chet ellik blogerlar uchun info-turlar tashkil qilinadi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda davlatimiz rahbari sohadagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning muammolari va takliflaridan kelib chiqib, turizm xizmatlarini eksportoldi moliyalashtirishni yo\u2018lga qo\u2018yish, turoperatorlarga qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ini subsidiya sifatida qaytarish muddatini uzaytirish, turizm geografiyasini kengaytirish, milliy mehmonxona brendlarini yaratish, o\u2018rta bo\u2018g\u2018in mutaxassislarini tayyorlash va xorijda malakasini oshirish kabi ko\u2018plab takliflar bo\u2018yicha tegishli ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi. Soha vakillari va tadbirkorlar buni mamnuniyat bilan qo\u2018llab-quvvatladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilar bu yil 11 million xorijiy sayyohni jalb etish hamda turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoni borligini aytib, rejalari yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko\u2018paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko\u2018proq ish o\u2018rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko\u2018paytiradigan sohalarni qo\u2018llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo\u2018naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55199,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko\u2018paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko\u2018proq ish o\u2018rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko\u2018paytiradigan sohalarni qo\u2018llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo\u2018naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-03T03:37:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-06-04T03:39:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/aa8b69d1-40fa-d638-cab5-20ef8d1fc58d_lists_slider_7282.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"852\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/\",\"name\":\"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-06-03T03:37:29+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-04T03:39:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko\u2018paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko\u2018proq ish o\u2018rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko\u2018paytiradigan sohalarni qo\u2018llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo\u2018naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-06-03T03:37:29+00:00","article_modified_time":"2024-06-04T03:39:24+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":852,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/aa8b69d1-40fa-d638-cab5-20ef8d1fc58d_lists_slider_7282.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/","name":"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-06-03T03:37:29+00:00","dateModified":"2024-06-04T03:39:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/turizm-infratuzilmasini-yaxshilash-boyicha-vazifalar-belgilandi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/aa8b69d1-40fa-d638-cab5-20ef8d1fc58d_lists_slider_7282.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55198"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55198"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55198\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55203,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55198\/revisions\/55203"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55199"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55198"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55198"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55198"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}