{"id":53397,"date":"2024-05-13T23:03:06","date_gmt":"2024-05-13T18:03:06","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=53397"},"modified":"2024-05-14T14:51:05","modified_gmt":"2024-05-14T09:51:05","slug":"osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/","title":{"rendered":"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli Forum qatnashchilari!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalambor, siz azizlarni \u2013 dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p>Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg\u2018in qutlash hamda o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo\u2018llashdan g\u2018oyat baxtiyorman.<\/p>\n<p>Ushbu tashabbusimizni faol qo\u2018llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibi janob Antoniu Guterrishga, anjumanni birgalikda tashkil etib, unda bevosita ishtirok etayotgan BMT Bosh kotibi o\u2018rinbosari, \u201cBMT-ayollar\u201d tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus xonim, BMTning Jenevadagi bo\u2018linmasi rahbari Tatyana Valovaya va Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong janoblariga o\u2018zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.<\/p>\n<p>Bugungi forumda xalqaro tashkilotlar va Osiyo mamlakatlari parlamentlari rahbarlari, senator va deputatlar, hukumatlar a\u2019zolari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, ko\u2018plab ishbilarmon va olima ayollar qatnashayotganini katta mamnuniyat bilan ta\u2019kidlashni istardim.<\/p>\n<p>Sizlarning sa\u2019y-harakatingiz bilan yurtimizda ilk bor o\u2018tkazilayotgan xalqaro anjuman xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi faolligini yanada oshirish, o\u2018zaro tajriba almashish va do\u2018stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo\u2018shadi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi kunda dunyoda jadal rivojlanib borayotgan Osiyo qit\u2019asining barcha mamlakatlari va xalqlari asrlar davomida yagona keng makonda uyg\u2018un va hamjihatlikda rivojlanib, turli sohalarda yaqin hamkorlik aloqalarini olib borganlar.<\/p>\n<p>Buyuk Ipak yo\u2018lining savdo chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi ming yillar mobaynida turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar taraqqiyoti uchun qudratli kuch bag\u2018ishlagan, yuksak umumbashariy qadriyatlarning ulkan ma\u2019naviy beshigi bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekiston Osiyo qit\u2019asining ham barcha mamlakatlari bilan uzoq muddatli, keng qamrovli va o\u2018zaro manfaatli aloqalarni izchil chuqurlashtirib borishga ustuvor ahamiyat qaratayotgani bejiz emas, albatta.<\/p>\n<p>Sayyoramiz aholisining yarmidan ko\u2018pi istiqomat qilayotgan Osiyo mamlakatlari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to\u2018liq erishish, gender tenglikni ta\u2019minlash, xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi roli va ta\u2019sirini keskin oshirish borasida salmoqli yutuqlarni qo\u2018lga kiritmoqda.<\/p>\n<p>Bizning mamlakatimizda ham ayollar jamiyatimizning ajralmas bo\u2018g\u2018ini bo\u2018lib, ularning huquq va manfaatlarini to\u2018liq ta\u2019minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari yangi qabul qilingan Konstitutsiyamiz, \u201cTaraqqiyot strategiyasi \u2013 2030\u201d va O\u2018zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish Strategiyasi kabi konseptual hujjatlarda o\u2018zining to\u2018liq ifodasini topgan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yetti yilda O\u2018zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko\u2018tarildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a\u2019zolarining 25 foizi ayollardan iborat. Bugun har bir mahallamizda ham ularning o\u2018z vakillari bor.<\/p>\n<p>Ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o\u2018z biznesini yo\u2018lga qo\u2018ygan ayollar soni 205\u00a0mingdan oshdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o\u2018qitildi. Salkam yarim million nafar singillarimiz ish bilan ta\u2019minlandi. Hozirgi kunda oliygohlarda ta\u2019lim olayotgan talabalarning yarmidan ziyodini qizlar tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada olib borayotgan tizimli chora-tadbirlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib e\u2019tirof etilmoqda. Xususan, Jahon banki indeksida O\u2018zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgani, ochiq gender ma\u2019lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy olgani bizga alohida mamnuniyat bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz Yangi O\u2018zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, rahbarlik qobiliyatini va tadbirkorlik salohiyatini to\u2018liq ro\u2018yobga chiqirish, ularga zamonaviy bilim berish, kasb-hunarga o\u2018rgatish va bandligini ta\u2019minlash, ehtiyojmand va ko\u2018makka muhtoj ayollarning muammolarini tizimli hal qilish bo\u2018yicha boshlagan katta ishlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Zero, bugungi tarixiy o\u2018zgarishlarning faol ishtirokchisi bo\u2018layotgan muhtarama ayollarimiz \u2013 ortga qaytmas tus olgan demokratik islohotlarimiz va jadal taraqqiyotimizni amalga oshirishda bunyodkor kuch, biz qurayotgan adolatli va tinchliksevar, ko\u2018pmillatli va farovon mamlakatning mustahkam asosidir.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymanki, sizlar ushbu forumni har ikki yilda o\u2018tkaziladigan an\u2019anaviy muloqot maydoniga aylantirish bo\u2018yicha taklifimizni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlaysiz.<\/p>\n<p>Bugungi anjuman natijasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi asosida kelgusida Birlashgan\u00a0\u00a0Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining \u201cOsiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oshirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi rezolyutsiyasining qabul qilinishi barchamizning bu boradagi ezgu intilishlarimizning yorqin amaliy ifodasi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, barchangizga yana bir bor sihat-salomatlik, baxt va omad, forum ishiga ulkan muvaffaqiyat tilab qolaman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Forum qatnashchilari!\u00a0 Xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz azizlarni \u2013 dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg\u2018in qutlash hamda o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo\u2018llashdan g\u2018oyat baxtiyorman. Ushbu tashabbusimizni faol qo\u2018llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53398,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli Forum qatnashchilari!\u00a0 Xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz azizlarni \u2013 dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg\u2018in qutlash hamda o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo\u2018llashdan g\u2018oyat baxtiyorman. Ushbu tashabbusimizni faol qo\u2018llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-13T18:03:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-14T09:51:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/a14e3d08-fce6-f812-5c65-fa8c18b10fdf_lists_27135.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1200\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"680\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/\",\"name\":\"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-05-13T18:03:06+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-14T09:51:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli Forum qatnashchilari!\u00a0 Xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz azizlarni \u2013 dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg\u2018in qutlash hamda o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo\u2018llashdan g\u2018oyat baxtiyorman. Ushbu tashabbusimizni faol qo\u2018llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-05-13T18:03:06+00:00","article_modified_time":"2024-05-14T09:51:05+00:00","og_image":[{"width":1200,"height":680,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/a14e3d08-fce6-f812-5c65-fa8c18b10fdf_lists_27135.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"4 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/","name":"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-05-13T18:03:06+00:00","dateModified":"2024-05-14T09:51:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/osiyo-xotin-qizlari-forumi-ishtirokchilariga\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/a14e3d08-fce6-f812-5c65-fa8c18b10fdf_lists_27135.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53397"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=53397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53402,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53397\/revisions\/53402"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/53398"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=53397"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=53397"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=53397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}