{"id":53241,"date":"2024-05-10T18:01:09","date_gmt":"2024-05-10T13:01:09","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=53241"},"modified":"2024-05-10T18:01:09","modified_gmt":"2024-05-10T13:01:09","slug":"charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/","title":{"rendered":"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda ko\u2018plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o\u2018rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o\u2018rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda bu yo\u2018nalishlarda tadbirkorlik uchun keng sharoit yaratildi. Masalan, charmga ixtisoslashgan 16 ta kichik sanoat zonasi tashkil qilindi. Yangi loyihalar uchun 40 million dollar arzon resurs berildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 3 trillion so\u2018mga yetgan. Lekin shuning yarmi Andijon va Farg\u2018ona viloyatlariga to\u2018g\u2018ri kelgan. Teri xomashyosi ko\u2018p bo\u2018lgan Qoraqalpog\u2018iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bu ko\u2018rsatkich past.<\/p>\n<p>Tarmoq eksportida birlamchi mahsulot o\u2018rni yuqori, tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz atrofida. Terini qayta ishlash darajasi ham yetarli emas. Bunda chorvachilik klasterlaridan to\u2018la foydalanilmayapti.<\/p>\n<p>Shu bois endi \u201cCharmsanoat\u201d uyushmasi faoliyati o\u2018zgartirilib, bu tarmoqqa Xalq banki biriktiriladi. Viloyat hokimlari bilan birgalikda, charmga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida 100 million dollarlik loyihalar shakllantiriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm klasterlari tashkil qilinadi. Ularda suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo\u2018naltiriladi. Loyihalarga tabiiy va sun\u2019iy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar jalb etiladi. Buning uchun sorsing kompaniyalariga sarflangan korxona xarajatining 30 ming dollargacha qismini qoplab berish yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Chorvachilik klasterlariga ozuqabop ekin uchun yer hamda zotli qoramol uchun kam foizli kreditlar ajratiladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ipakchilik tarmog\u2018i ham atroflicha tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Oxirgi yillarda bu yo\u2018nalishda ham klaster tizimi joriy etildi. Jumladan, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug\u2018chilik korxonasi tashkil qilindi. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaydi. Bularning natijasida pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar oshib, 26 ming tonnaga yetdi, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Lekin ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi yetarlicha rivojlanmagan. Oqibatda pilla olishda yo\u2018qotish nisbatan ko\u2018p.<\/p>\n<p>Asosiy eksport haligacha xomashyo bo\u2018lib qolayapti. Shu bois pillani chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot hajmini, mato va uy tekstili quvvatlarini ko\u2018paytirish zarurligi ta\u2019kidlandi. Bu orqali dunyoda ipak mahsulotlari importining 45 foizi to\u2018g\u2018ri kelayotgan Yevropa bozoridan o\u2018rin olish kerak.<\/p>\n<p>Pillachilikda eng dolzarb masala \u2013 ozuqa. Buning uchun yangi navli hosildor tut ekishni kengaytirish zarur. Shuningdek, paxta maydonlari chetiga bir-ikki qatordan tut ekilsa, qo\u2018shimcha ozuqa manbai yaratiladi.<\/p>\n<p>Hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilish uchun 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo\u2018linib, auksion orqali aholiga beriladi, auksionda yerning boshlang\u2018ich narxi 10 foiz etib belgilanadi. Band bo\u2018lmagan aholi, jumladan ayollar monomarkazlar va pillachilik klasterlarida qisqa kurslarda o\u2018qitiladi.<\/p>\n<p>Shu paytgacha pillaning xarid narxi pastligi uchun odamlarda manfaatdorlik past edi. Prezidentimizning kuni kecha imzolangan ipakchilikni rivojlantirishga oid farmoniga ko\u2018ra, pillaning xarid narxi 25 foizga oshirildi. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig\u2018ining 10 foizi to\u2018lanadigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Tarmoqda samaradorlikni oshirishning yana bir yo\u2018li \u2013 muqobil usullarni qo\u2018llash. Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Bu yangi yo\u2018nalishni o\u2018zimizning iqlim sharoitimizga moslab, tatbiq qilish mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o\u2018simligi hamda qurti urug\u2018larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinovdan o\u2018tkazish topshirildi.<\/p>\n<p>Hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etish bo\u2018yicha qator topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Aholi bandligi va mahalliy sanoatda gilam ishlab chiqarishning ham o\u2018rni bor. O\u2018tgan yili bunday korxonalarga markazlashgan holda polipropilen olib kelish yo\u2018lga qo\u2018yilgani o\u2018z samarasini berdi. Bu tajriba davom ettirilib, mablag\u2018 ikki karra ko\u2018paytirilishi, valyuta tushumigacha bo\u2018lgan vaqt inobatga olinib, tadbirkorlarga polipropilen 1 yilgacha muddatga berilishi aytildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda davlatimiz rahbari ushbu sanoat tarmoqlaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning muammolari va takliflari asosida mutasaddilarga Yevropa sertifikatini olishda tadbirkorlarga ko\u2018maklashish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, chet ellardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, malakali o\u2018rta bo\u2018g\u2018in xodimlarini tayyorlash va boshqa masalalar bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Kun tartibidagi ikkinchi masala \u2013 Sayxunobod tajribasining joylardagi ijrosiga qaratildi.<\/p>\n<p>Bu boradagi ishlar natijasida aprel oyining o\u2018zida 365 ming aholi bandligi ta\u2019minlangan va tadbirkorlikka jalb qilingan. Banklar o\u2018z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming kishining ishli bo\u2018lishiga sharoit yaratgan. Mahallalarda 70 mingta mikroloyiha amalga oshirilgan. 465 ming gektar tomorqaga ekin ekilgan.<\/p>\n<p>Lekin ayrim hududlarda sustkashliklar ham bor. Masalan, o\u2018rganish o\u2018tkazilgan 7 ta tumanda o\u2018nlab tomorqalarda mahsulot ekilmagan.<\/p>\n<p>Sustkashlikka yo\u2018l qo\u2018ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas\u2019ullar ishdan olingani ma\u2019lum qilindi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bandlik va aholi daromadi masalasi birlamchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta\u2019kidlab, barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.<\/p>\n<p>Sayxunobod tajribasi bo\u2018yicha ishlarni tuman va mahalla kesimida sifatli tashkil etish, aholiga doimiy ish o\u2018rni va daromad manbai yaratish bo\u2018yicha vazifalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Mahallalardagi yana bir muhim masala \u2013 tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi.<\/p>\n<p>Joriy yilning to\u2018rt oyida 115 ming nafar xorijda ishlayotgan fuqarolar yurtimizga qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi kutilmoqda. Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko\u2018maklashish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga migratsiya bo\u2018yicha yagona axborot platformasini yaratib, \u201cmahalla yettiligi\u201d tizimi bilan integratsiya qilish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti eshitildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Mamlakatimizda ko\u2018plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o\u2018rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o\u2018rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53242,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Mamlakatimizda ko\u2018plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o\u2018rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o\u2018rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-10T13:01:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/9edc7e1b-07e3-6887-392a-1292198a4cc0_lists_slider_7225.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/\",\"name\":\"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-05-10T13:01:09+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-10T13:01:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Mamlakatimizda ko\u2018plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o\u2018rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o\u2018rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-05-10T13:01:09+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/9edc7e1b-07e3-6887-392a-1292198a4cc0_lists_slider_7225.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/","name":"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-05-10T13:01:09+00:00","dateModified":"2024-05-10T13:01:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/charm-va-ipak-sanoatini-rivojlantirish-masalalari-korib-chiqildi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko\u2018rib chiqildi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/9edc7e1b-07e3-6887-392a-1292198a4cc0_lists_slider_7225.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53241"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=53241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53246,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/53241\/revisions\/53246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/53242"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=53241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=53241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=53241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}