{"id":52544,"date":"2024-05-02T14:40:47","date_gmt":"2024-05-02T09:40:47","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=52544"},"modified":"2024-05-03T11:05:00","modified_gmt":"2024-05-03T06:05:00","slug":"ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg\u2018iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT Bosh kotibi o\u2018rinbosari Tatyana Molchan, OP\u0415K Xalqaro taraqqiyot jamg\u2018armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa va boshqalar qatnashdi. Umuman, forumga dunyoning 93 mamlakatidan ikki yarim ming nafardan ziyod xorijiy mehmon tashrif buyurdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan xalqaro forum o\u2018tgan uch yil davomida ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg\u2018or g\u2018oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari so\u2018zining avvalida majlis ishtirokchilarini qutlab, forum mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishga bo\u2018lgan ulkan qiziqishdan dalolat berishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Bugungi anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yo\u2018lida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga to\u2018g\u2018ri kelayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Dunyo tartibotida chuqur transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, investitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi \u2013 vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Prezidentimiz jahon iqtisodiyotining o\u2018sish sur\u2019atlari so\u2018nggi uch yil davomida pasayayotganini ko\u2018rsatib o\u2018tdi. To\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar bilan bog\u2018liq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 2023-yilda rivojlanayotgan davlatlarga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 9 foizga kamaydi.<\/p>\n<p><em>&#8211; Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz,<\/em>\u00a0&#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.\u00a0<em>&#8211; Biroq bir o\u2018zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o\u2018tkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. O\u2018zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo\u2018llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo\u2018lib qolaveradi.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo\u2018ldagi to\u2018siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun tashlangan qat\u2019iy qadamlarni sanab o\u2018tdi. Har bir sarmoyador o\u2018zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Natijada so\u2018nggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar o\u2018sdi. O\u2018tgan yil yakuni bo\u2018yicha bu o\u2018sish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko\u2018rsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda.<\/p>\n<p>Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o\u2018zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag\u2018lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilning o\u2018zida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Energetika sohasida \u201cACWA Power\u201d, \u201cMasdar\u201d, \u201cTotal Eren\u201d, \u201cVoltalia\u201d, \u201c\u04aaal\u0269k\u201d va \u201cAksa\u201d, kimyo sanoatida \u201cAir Products\u201d, \u201cIndorama\u201d va \u201cCAMCE\u201d, tog\u2018-kon va metallurgiyada \u2013 \u201cOrano\u201d va \u201cDANIELI\u201d, avtomobilsozlik va elektrotexnika yo\u2018nalishlarida \u201cBYD\u201d, \u201cKia\u201d va \u201cSamsung\u201d, qurilish sohasida \u201cKo\u04ab\u201d va \u201cKNAUF\u201d kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o\u2018rinlari yaratilgani katta mamnuniyat bilan ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bugungi forum doirasida dunyoning ilg\u2018or kompaniyalari hisoblangan \u201cLinde\u201d, \u201cOrascom\u201d, \u201cDataVolt\u201d, \u201cBonafarm\u201d, \u201cPASHA holding\u201d va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, biznes yuritish uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirish bo\u2018yicha qabul qilingan qarorlar va olib borilayotgan ishlar qayd etildi.<\/p>\n<p>Xorijiy investorlarga dividend solig\u2018idan imtiyozlar, xususiylashtirish jarayonining huquqiy asoslarini mustahkamlash va xususiylashtirish dasturini kengaytirish, tadbirkorlar barqarorligi reytingini joriy qilish, sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirish, yerlarni ajratishning shaffof tizimini joriy qilish shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni amalga oshirish shartlarini ijtimoiy va infratuzilma sohalarga tatbiq etish rejalashtirilgan. Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish doirasida milliy qonunchilikni uyg\u2018unlashtirish ishlari tobora faollashmoqda.<\/p>\n<p>Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Investorlar uchun yana bir muhim ko\u2018rsatkich. Oxirgi yetti yilda oliy ta\u2019lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o\u2018quv yurtlari soni 200 tadan ortdi. O\u2018zbekistonda 90 dan ortiq davlatlar uchun vizasiz rejim joriy etildi.<\/p>\n<p><em>&#8211;\u00a0Bizning asosiy maqsadimiz \u2013 O\u2018zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir,\u00a0<\/em>&#8211; dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p>Davlatimiz bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta\u2019minlanishini o\u2018z zimmasiga olmoqda.<\/p>\n<p>Bu tamoyillar o\u2018tgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizda qat\u2019iy muhrlab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Xususan, Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq yangi tahrirdagi \u201cInvestitsiyalar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Tez orada mamlakatimizda birinchi xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.<\/p>\n<p>Sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlarning joriy etilishi yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarga yanada qulay sharoitlar yaratadi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo\u2018yicha cheklovlar ham bekor qilinadi, xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi.<\/p>\n<p>Umuman, \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi doirasida aholi daromadlarini ikki barobar oshirish va ushbu ko\u2018rsatkich bo\u2018yicha o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan davlatlar qatoriga kirish maqsad qilib qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida xorijiy investorlar bilan o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo\u2018nalishlariga alohida to\u2018xtaldi.<\/p>\n<p>Birinchi yo\u2018nalish: \u201cyashil\u201d energetika. Energetika tarmog\u2018i samaradorligini oshirish butun mintaqamiz uchun dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28 ta loyiha ustida ishlar davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Strategik sheriklar bilan birgalikda yirik shamol va quyosh elektr stansiyalari barpo qilinmoqda, \u201cyashil vodorod\u201d ishlab chiqarish ishlari boshlandi. O\u2018tgan yilning o\u2018zida 1,4 gigavatt quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalari ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Bugungi forum doirasida qo\u2018shni Qirg\u2018iziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda qurish loyihalari taqdimoti o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Ushbu loyihalar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirilayotganiga e\u2019tibor qaratib, mamlakatimiz yetakchisi barcha davlatlar yetakchi kompaniyalarini ochiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etdi.<\/p>\n<p>Ikkinchi yo\u2018nalish: bank-moliya sohasi. So\u2018nggi yillarda islohotlar natijasida mamlakatimizda ko\u2018plab xususiy banklar ochildi. Bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o\u2018z faoliyatini amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O\u2018zbekistonning yirik banklaridan biri bo\u2018lgan \u201cAsakabank\u201dni xususiylashtirish bo\u2018yicha bitim imzolandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki bilan boshqa yirik banklarimizning transformatsiyasi va xususiylashtirish jarayonlari faol olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Uchinchi yo\u2018nalish: foydali qazilmalarni birgalikda o\u2018zlashtirish.\u00a0O\u2018zbekiston \u2013 mineral resurslar va o\u2018ta muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir. Yurtimizda oltin, mis, volfram, kumush, uran, 30 dan ortiq kamyob metallarning ulkan zaxiralari mavjud.<\/p>\n<p>O\u2018tgan oyda Yevropa Ittifoqi bilan o\u2018ta muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o\u2018rnatilganini qayd etib, Prezidentimiz Amerika Qo\u2018shma Shtatlari va Buyuk Britaniya bilan ham shunday bitim ustida ish olib borilayotganini e\u2019lon qildi hamda strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo\u2018shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O\u2018zbekistonga taklif etdi.<\/p>\n<p>Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi \u201cYer osti boyliklari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning qabul qilinishi ham hamkorlik rivojiga yangi sur\u2019at bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchi yo\u2018nalish: mamlakatning raqamli transformatsiyasi. Bir yil ichida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti ikki barobar oshdi. Kelajakda bu ko\u2018rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari xorijiy investorlar iqtisodiyot uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish, sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, \u201cyashil\u201d ma\u2019lumotlar markazlarini tashkil etish kabi istiqbolli IT loyihalarida ishtirok etishi mumkinligini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Temir yo\u2018l sohasida tub islohotlar olib borilmoqda, avtomobil va tezyurar temir yo\u2018llarni qurishga xususiy investorlarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Mavjud xalqaro aeroportlarni rivojlantirish va yangilarini qurish bo\u2018yicha loyihalar tayyorlanmoqda.<\/p>\n<p>Xorijiy sheriklar bilan birgalikda Xitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston va O\u2018zbekiston \u2013 Afg\u2018oniston \u2013 Pokiston temir yo\u2018llarini qurish bo\u2018yicha dastlabki ishlar boshlangani ta\u2019kidlandi. Ushbu strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o\u2018zgartirib, Markaziy Osiyoni Shimol va Janub, Sharq va G\u2018arb bilan bog\u2018laydigan global tranzit markaziga aylantiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston investorlarni va xalqaro tashkilotlarni bu yirik mintaqaviy loyihalarda qatnashishga taklif etadi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Investitsiyalar \u2013 bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir,<\/em>\u00a0&#8211; dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari so\u2018zining yakunida bugungi Xalqaro investitsiya forumi va sermahsul muzokaralar amaliy hamkorligimizni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p>Sessiyada so\u2018zga chiqqanlar O\u2018zbekiston erishayotgan muvaffaqiyatlarni yuksak baholadilar, hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari bilan bo\u2018lishdilar.<\/p>\n<p>Yalpi majlis doirasida Prezident ishtirokida umumiy qiymati 8,7 milliard dollarlik 15 ta yangi investitsiya loyihasiga start berildi hamda jami 2,8 milliard dollar qiymatga ega 5 ta sanoat obyekti ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Toshkent xalqaro investitsiya forumi\u00a03-may kuni o\u2018z ishini yakunlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg\u2018iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52514,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg\u2018iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-02T09:40:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-03T06:05:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/662add2b-228a-a738-5a80-2bf1e540f49f_lists_slider_7195.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-05-02T09:40:47+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-03T06:05:00+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg\u2018iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-05-02T09:40:47+00:00","article_modified_time":"2024-05-03T06:05:00+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/662add2b-228a-a738-5a80-2bf1e540f49f_lists_slider_7195.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"8 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/","name":"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-05-02T09:40:47+00:00","dateModified":"2024-05-03T06:05:00+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-mamlakatimiz-investitsiya-siyosati-va-xorijiy-sheriklar-bilan-hamkorlikning-ustuvor-yonalishlarini-belgilab-berdi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/662add2b-228a-a738-5a80-2bf1e540f49f_lists_slider_7195.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52544"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=52544"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52544\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52545,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52544\/revisions\/52545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/52514"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=52544"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=52544"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=52544"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}