{"id":52524,"date":"2024-05-02T12:27:05","date_gmt":"2024-05-02T07:27:05","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=52524"},"modified":"2024-05-03T10:08:25","modified_gmt":"2024-05-03T05:08:25","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p>Shuni mamnuniyat bilan ta\u2019kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an\u2019anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit\u2019alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg\u2018or g\u2018oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Bugungi tadbirimizga 93\u00a0ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Bu o\u2018z navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishga bo\u2018lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi anjumanimiz global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yo\u2018lida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga to\u2018g\u2018ri kelmoqda.<\/p>\n<p>Dunyo tartibotida chuqur transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, investitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi \u2013 vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Jahon iqtisodiyotining o\u2018sish sur\u2019atlari so\u2018nggi uch yil davomida pasaymoqda. To\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar bilan bog\u2018liq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 2023-yilda rivojlanayotgan davlatlarga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 9 foizga kamaydi.<\/p>\n<p>Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir o\u2018zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o\u2018tkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. O\u2018zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo\u2018llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo\u2018lib qolaveradi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo\u2018ldagi to\u2018siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qat\u2019iy qadamlar tashladik. Aynan shu bois har bir sarmoyador o\u2018zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng ko\u2018lamli islohotlarni amalga oshirayapmiz.<\/p>\n<p>Sizlar yaxshi bilasiz, bundan yetti yil muqaddam biz uchun oson bo\u2018lmagan, lekin katta marralarni ko\u2018zlagan tizimli islohotlarni boshlagan edik. Biz iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirishni asosiy maqsadimiz etib belgiladik.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar o\u2018sdi. O\u2018tgan yil yakuni bo\u2018yicha bu o\u2018sish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko\u2018rsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda.<\/p>\n<p>Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o\u2018zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag\u2018lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilning o\u2018zida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko\u2018paydi. Shu o\u2018rinda energetika sohasida \u201cACWA Power\u201d, \u201cMasdar\u201d, \u201cTotal Eren\u201d, \u201cVoltalia\u201d, \u201c\u04aaal\u0269k\u201d va \u201cAksa\u201d; kimyo sanoatida \u201cAir Products\u201d, \u201cIndorama\u201d va \u201cKamse\u201d, tog\u2018-kon va metallurgiyada \u2013 \u201cOrano\u201d va \u201cDANIELI\u201d, avtomobilsozlik va elektrotexnika yo\u2018nalishlarida \u201cBYD\u201d, \u201cKia\u201d va \u201cSamsung\u201d, qurilish sohasida \u201cKo\u04ab\u201d va \u201cKNAUF\u201d kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300\u00a0dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o\u2018rinlari yaratilganini katta mamnuniyat bilan ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Bugungi forum doirasida dunyoning ilg\u2018or kompaniyalari hisoblangan \u201cLinde\u201d, \u201cOrascom\u201d, \u201cDataVolt\u201d, \u201cBonafarm\u201d, \u201cPASHA holding\u201d va boshqa sheriklarimiz ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beramiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, bu ishga o\u2018zining munosib hissasini qo\u2018shayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarimizga o\u2018zimning chuqur va samimiy minnatdorligimni izhor etaman.<\/p>\n<p>Biz tadbirkorlik va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida boshqa ustuvor yo\u2018nalishlarda qator aniq choralarni ishlab chiqqanmiz.<\/p>\n<p>Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo\u2018yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.<\/p>\n<p>Yaqinda Xususiylashtirish to\u2018g\u2018risidagi qonunni qabul qildik. 250\u00a0ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko\u2018chmas mulk obyektlarini sotish, 12\u00a0ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari o\u2018tkazilmaydi.<\/p>\n<p>Energetika yo\u2018nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etishni rejalashtirganmiz. Xususan, Xitoyning \u201cSitik\u201d va \u201cKamse\u201d kompaniyalari bilan irrigatsiya va avtomobil yo\u2018llari, Fransiyaning \u201cSuez\u201d va \u201cVeolia\u201d kompaniyalari bilan ichimlik suvi ta\u2019minoti, \u201cInter Health\u201d va \u201cPure Health\u201d arab kompaniyalari bilan zamonaviy tibbiyot muassasalarini qurish loyihalari ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Sanoat zonalari infratuzilmasini budjet mablag\u2018lari hisobidan rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratmoqdamiz. Tadbirkorlarga yer ajratishning zamonaviy shaffof tamoyillari \u2013 ya\u2019ni, auksion savdo tizimi yo\u2018lga qo\u2018yildi. Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish doirasida qonunchilikni uyg\u2018unlashtirishga qaratilgan 60\u00a0dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda. O\u2018tgan yili Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha xalqaro tadbirlarni o\u2018tkazdik.<\/p>\n<p>Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo\u2018shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90\u00a0dan ortiq nufuzli hakamlar o\u2018rin olgan.<\/p>\n<p>Investorlar uchun yana bir muhim ko\u2018rsatkich. Oxirgi yetti yilda oliy ta\u2019lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o\u2018quv yurtlari soni 200 tadan ortdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda 90\u00a0dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bizning asosiy maqsadimiz \u2013 O\u2018zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir.<\/p>\n<p>Davlatimiz bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta\u2019minlanishini o\u2018z zimmasiga olmoqda.<\/p>\n<p>Biz bu tamoyillarni o\u2018tgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizda qat\u2019iy muhrlab qo\u2018ydik.<\/p>\n<p>Sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida bugun sizlarga qator aniq takliflarni bildirmoqchiman.<\/p>\n<p><em>Birinchidan,\u00a0<\/em>yangi tahrirdagi \u201cInvestitsiyalar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunni qabul qilamiz. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga bu boradagi yaqin hamkorligi uchun alohida minnatdorlik izhor etmoqchiman.<\/p>\n<p><em>Ikkinchidan,\u00a0<\/em>tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O\u2018zbekiston sud-huquq tizimida alohida o\u2018ringa ega bo\u2018ladi. Buning uchun yaqin muddatlarda maxsus qonunni qabul qilamiz. Protsessual kodekslarga ushbu xalqaro tijorat sudi qarorlari to\u2018laqonli ijro etilishiga oid me\u2019yorlarni ham kiritamiz.<\/p>\n<p><em>Uchinchidan,\u00a0<\/em>yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlarni joriy etamiz.<\/p>\n<p>Yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Sanoat zonalarini boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo\u2018yicha cheklovlar ham bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya\u2019ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to\u2018liq saqlab qolinadi.<\/p>\n<p>Bu masalalarning barchasini ertaga Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig\u2018ilishida batafsil muhokama qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Tizimli islohotlarni davom ettirish, kuchli va farovon davlat qurish maqsadida \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasini qabul qildik. Bu muhim hujjatda barqaror iqtisodiy o\u2018sishga erishish, ijtimoiy himoya, sog\u2018liqni saqlash va ta\u2019lim tizimlarini isloh qilish, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha 100\u00a0ta aniq vazifa o\u2018z aksini topgan.<\/p>\n<p>2030-yilga borib, aholi daromadlarini ikki barobar oshirish va ushbu ko\u2018rsatkich bo\u2018yicha o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo\u2018yganmiz.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlarini, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo\u2018shilgan qiymatni yaratishni izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda o\u2018zaro manfaatli hamkorligimizni kengaytirish bo\u2018yicha ustuvor yo\u2018nalishlarga alohida to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p><em><strong>Birinchi yo\u2018nalish: \u201cyashil\u201d energetika.\u00a0<\/strong><\/em>Energetika tarmog\u2018i samaradorligini oshirish butun mintaqamiz uchun dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28\u00a0ta loyiha ustida ishlar davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Biz 2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilning o\u2018zida 1,4 gigavatt quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini strategik sheriklarimiz bo\u2018lgan \u201cMasdar\u201d, \u201cGezhouba\u201d, \u201cChina Energy\u201d kompaniyalari bilan ishga tushirdik. Shuningdek, \u201cACWA Power\u201d bilan \u201cyashil vodorod\u201d ishlab chiqarish loyihasini ham boshlab yubordik.<\/p>\n<p>Eng e\u2019tiborli jihati \u2013 ushbu muhim loyihalar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Bugun forum doirasida siz, investorlarimiz uchun qo\u2018shni Qirg\u2018iziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda qurish loyihalari taqdimotini o\u2018tkazamiz. Ushbu yo\u2018nalishda barcha davlatlar yetakchi kompaniyalarini ochiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etamiz.<\/p>\n<p><em><strong>Ikkinchi yo\u2018nalish: bank-moliya sohasi.<\/strong><\/em>\u00a0So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda ko\u2018plab xususiy banklar ochildi. Bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o\u2018z faoliyatini amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O\u2018zbekistonning yirik banklaridan biri bo\u2018lgan \u201cAsakabank\u201dni xususiylashtirish bo\u2018yicha bitim imzolandi. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki bilan boshqa yirik banklarimizning transformatsiyasi va xususiylashtirish jarayonlari faol olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo\u2018yicha yondashuvlar qayta ko\u2018rib chiqilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda. Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi yetakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz.<\/p>\n<p><strong><em>Uchinchi yo\u2018nalish: foydali qazilmalar.<\/em><\/strong>\u00a0O\u2018zbekiston \u2013 mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir. Yurtimizda oltin, mis, volfram, kumush, uranning ulkan zaxiralari mavjud. Nodir va noyob minerallar qatorida litiy, magniy, molibden, germaniy, vanadiy va indiy kabi 30\u00a0dan ortiq metallarning zaxiralariga alohida e\u2019tibor qaratishni istardim.<\/p>\n<p>O\u2018tgan oyda Yevropa Ittifoqi bilan o\u2018ta muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o\u2018rnatildi. Amerika Qo\u2018shma Shtatlari va Buyuk Britaniya bilan ham shunday bitim ustida ish olib borayapmiz.<\/p>\n<p>Bu borada zamonaviy xalqaro tajriba asosida yangi tahrirdagi \u201cYer osti boyliklari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilinadi. Shu o\u2018rinda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga bu ishdagi salmoqli hissasi uchun alohida rahmat aytmoqchiman.<\/p>\n<p>Strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo\u2018shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O\u2018zbekistonga taklif etamiz.<\/p>\n<p><em><strong>To\u2018rtinchi yo\u2018nalish: mamlakatning IT transformatsiyasi.<\/strong><\/em>\u00a0Bir yil ichida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti ikki barobar oshdi. Kelajakda bu ko\u2018rsatkichni 5\u00a0milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.<\/p>\n<p>IT-park rezidentlari soni o\u2018n barobar ko\u2018payadi, kelgusida 100 ming yangi ishchi o\u2018rni yaratiladi. Bundan tashqari, uning bazasida xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada Saudiya Arabistonining \u201cData Volt\u201d kompaniyasi bilan \u201cyashil\u201d energiya asosida ishlaydigan \u201cMa\u2019lumotlar markazi\u201dni barpo etayapmiz. Bu mamlakatimizni raqamli iqtisodiyotga o\u2018tkazish va sun\u2019iy intellekt asosida texnologiyalarni joriy etishga ulkan turtki bag\u2018ishlaydi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><em><strong>Beshinchi yo\u2018nalish: transport infratuzilmasini rivojlantirish.<\/strong><\/em>\u00a0Qulay va zamonaviy transport tizimlarini yaratish vazifasiga ustuvor e\u2019tibor qaratayapmiz.<\/p>\n<p>Temir yo\u2018l sohasida tub islohotlar olib borilmoqda, tarmoqqa xususiy investorlarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Pullik avtomobil va tezyurar temir yo\u2018llarni qurish bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalar ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Toshkent, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarini rivojlantirish va yangilarini qurish bo\u2018yicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan hamkorlik loyihalari tayyorlanmoqda.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, biz xorijiy sheriklarimiz bilan birgalikda Xitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston va O\u2018zbekiston \u2013 Afg\u2018oniston \u2013 Pokiston temir yo\u2018llarini qurish bo\u2018yicha dastlabki ishlarni boshladik.<\/p>\n<p>Ushbu strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o\u2018zgartirib, Markaziy Osiyoni Shimol va Janub, Sharq va G\u2018arb bilan bog\u2018laydigan global tranzit markaziga aylantiradi.<\/p>\n<p>Biz investorlarni va xalqaro tashkilotlarni bu yirik mintaqaviy loyihalarda qatnashishga, Buyuk Ipak yo\u2018lini zamonaviy asosda qayta tiklashga taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekiston \u2013 beqiyos imkoniyatlarga ega, adolatli va jadal rivojlanayotgan dunyoviy mamlakatdir.<\/p>\n<p>Biz har kuni hayotga tatbiq etayotgan ulkan g\u2018oya va buyuk orzularimizning asosiy ilhom manbai \u2013 bu, eng avvalo, mehnatkash va olijanob xalqimizdir.<\/p>\n<p>Shuni alohida ta\u2019kidlashni istar edimki, bugun bu yerda yig\u2018ilgan investorlar o\u2018zlarining eng ilg\u2018or texnologiya va tajribalari, yangi taklif va yondashuvlari bilan bizni faqat olg\u2018a yurishga undaydi.<\/p>\n<p>Sizlarga muhim bir fikrni yetkazmoqchiman: har bir tashabbus, har bir loyihangiz bo\u2018yicha davlatimiz, hukumatimiz a\u2019zolari sizlarga yelkadosh bo\u2018lib, yoningizda turib, ularni to\u2018liq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.<\/p>\n<p>Shunday qilsak, sizlarga ma\u2019qul bo\u2018ladi, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p><strong>Investitsiyalar \u2013 bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir.<\/strong><\/p>\n<p>Hech shubhasiz, bugungi Xalqaro investitsiya forumi va sermahsul muzokaralar amaliy hamkorligimizni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Barchangizga anjumanimizda ishtirok etayotganingiz uchun yana bir bor tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun katta rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta\u2019kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an\u2019anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit\u2019alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo\u2018lmoqda. O\u2018tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52504,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta\u2019kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an\u2019anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit\u2019alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo\u2018lmoqda. O\u2018tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-02T07:27:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-03T05:08:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/ac403019-aa86-19cd-8166-5a2ef4ab7a44_lists_7194-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-05-02T07:27:05+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-03T05:08:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta\u2019kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an\u2019anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit\u2019alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo\u2018lmoqda. O\u2018tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-05-02T07:27:05+00:00","article_modified_time":"2024-05-03T05:08:25+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/ac403019-aa86-19cd-8166-5a2ef4ab7a44_lists_7194-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-05-02T07:27:05+00:00","dateModified":"2024-05-03T05:08:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-uchinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/ac403019-aa86-19cd-8166-5a2ef4ab7a44_lists_7194-1.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52524"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=52524"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52526,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/52524\/revisions\/52526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/52504"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=52524"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=52524"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=52524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}