{"id":51509,"date":"2024-04-18T17:59:09","date_gmt":"2024-04-18T12:59:09","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=51509"},"modified":"2024-04-18T17:59:09","modified_gmt":"2024-04-18T12:59:09","slug":"prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/","title":{"rendered":"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so\u2018ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Tomonlar do\u2018stlik va ishonch muhitida o\u2018tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadilar.<\/p>\n<p><em>\u00a0&#8211; Yana bir bor ta\u2019kidlayman, Tojikiston O\u2018zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar o\u2018zbek va tojik xalqlari ko\u2018p asrlik do\u2018stlik rishtalari bilan chambarchas bog\u2018langan. Bizni umumiy tarix, madaniy va ma\u2019naviy qadriyatlar, an\u2019ana va urf-odatlar birlashtirib turadi,<\/em>\u00a0&#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Qardosh xalqlarimizning tub manfaatlariga to\u2018liq mos bo\u2018lgan Ittifoqchilik munosabatlari to\u2018g\u2018risidagi shartnomaning imzolanishi ushbu tashrifning chinakam tarixiy natijasi bo\u2018lgani qayd etildi:<\/p>\n<p><em>&#8211;\u00a0Bu qadam bilan O\u2018zbekiston va Tojikiston o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo\u2018yicha ortga qaytmas yo\u2018ldan yurishga qat\u2019iy intilishimizni tasdiqladik. Ushbu muhim hujjat, hech mubolag\u2018asiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi.<\/em><\/p>\n<p>Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishi etib belgilandi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda bir necha o\u2018n karra ko\u2018paygan tovar ayirboshlash barqaror o\u2018sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat hukumatlari\u00a0\u00a0oldiga tovar ayirboshlashni, shu jumladan uchinchi mamlakatlardan importning o\u2018rini faol to\u2018ldirish orqali 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Kuni kecha o\u2018tgan biznes forumida salmoqli shartnomalar va bitimlar to\u2018plami imzolangani ushbu maqsadga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cOybek-Fotexobod\u201d chegaraoldi erkin savdo zonasi va \u201cAndarxon\u201d savdo-logistika markazini tashkil etish ishlarini jadallashtirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Oliy darajadagi uchrashuvlar chog\u2018ida sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat bir-birini to\u2018ldirib turgan an\u2019anaviy tarmoqlarda yangi o\u2018sish nuqtalari belgilanib olindi.<\/p>\n<p>Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib chiqarish, to\u2018qimachilik, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qo\u2018shma loyihalar shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Bunday muhim loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun O\u2018zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasining salohiyatidan samarali foydalaniladi.<\/p>\n<p>Suv-energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e\u2019tibor qaratildi. Transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish sohasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Hamkorlikning yana bir strategik yo\u2018nalishi \u2013 ikki mamlakat transport-tranzit salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.<\/p>\n<p>Yo\u2018lovchi va yuklar tashish hajmini oshirish, zamonaviy chegaraoldi va bojxona infratuzilmasini yaratish bo\u2018yicha qo\u2018shma choralar ko\u2018riladi.<\/p>\n<p>Hududlararo hamkorlik salohiyatini faol ishga solish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ko\u2018rgazmalar, teatrlarning ijodiy safarlari, yoshlar va ta\u2019lim forumlarini muntazam o\u2018tkazish, sport dasturlarini amalga oshirish, turizm xizmatlarini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirish masalalari muzokaralardan muhim o\u2018rin egalladi.<\/p>\n<p>Tomonlar ushbu tarixiy tashrif, uning samarali natijalari va imzolangan muhim hujjatlar ikki mamlakatning jadal taraqqiyotiga xizmat qilishi, birodar O\u2018zbekiston va Tojikiston xalqlarining umumiy farovonligini ta\u2019minlashiga ishonch bildirdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so\u2018ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. O\u2018zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Tomonlar do\u2018stlik va ishonch muhitida o\u2018tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadilar. \u00a0&#8211; Yana bir bor ta\u2019kidlayman, Tojikiston&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51504,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so\u2018ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. O\u2018zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Tomonlar do\u2018stlik va ishonch muhitida o\u2018tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadilar. \u00a0&#8211; Yana bir bor ta\u2019kidlayman, Tojikiston&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-18T12:59:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/964ac336-ba5c-2bd5-5831-47f725483148_lists_slider_7179.jpeg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/\",\"name\":\"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-04-18T12:59:09+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-18T12:59:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so\u2018ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. O\u2018zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Tomonlar do\u2018stlik va ishonch muhitida o\u2018tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadilar. \u00a0&#8211; Yana bir bor ta\u2019kidlayman, Tojikiston&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-04-18T12:59:09+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/964ac336-ba5c-2bd5-5831-47f725483148_lists_slider_7179.jpeg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"3 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/","name":"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-04-18T12:59:09+00:00","dateModified":"2024-04-18T12:59:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/prezidentlar-muzokaralarning-samarali-natijalaridan-mamnunligini-bildirdilar\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/964ac336-ba5c-2bd5-5831-47f725483148_lists_slider_7179.jpeg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/51509"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=51509"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/51509\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51510,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/51509\/revisions\/51510"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/51504"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=51509"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=51509"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=51509"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}