{"id":48752,"date":"2024-03-07T19:31:17","date_gmt":"2024-03-07T14:31:17","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=48752"},"modified":"2024-03-12T09:20:07","modified_gmt":"2024-03-12T04:20:07","slug":"yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/","title":{"rendered":"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo\u2018lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!<\/p>\n<p>Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.<\/p>\n<p>Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p>O\u2018zlaringiz kabi go\u2018zal bayramingiz muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo\u2018tabar ayol zotiga ta\u2019zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug\u2018lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug\u2018lashdan boshlanadi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning,\u00a0<strong>jannat bog\u2018idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin,\u00a0<\/strong>degan so\u2018zlarini biz eng ezgu da\u2019vat sifatida qabul qilamiz.<\/p>\n<p>Biz hayotimizning ma\u2019no-mazmuni, butun borlig\u2018imizni siz, qadrli opa-singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go\u2018zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo\u2018lib kelgansiz va doimo shunday bo\u2018lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g\u2018ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag\u2018ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli opa-singillar!<\/strong><\/p>\n<p>Yurtimizda mehnatkash, olijanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish \u2013 davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan,\u00a0<strong>\u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi<\/strong>\u00a0doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig\u2018ini birgina misol, ya\u2019ni, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo\u2018lishi zarurligi\u00a0\u00a0mustahkamlab qo\u2018yilganida yaqqol ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Bugun ushbu muhtasham zalda hurmatli deputat va senator ayollarimizni ko\u2018rib turganimdan xursandman. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta\u2019sirchan bo\u2018lishida ularning ham albatta hissasi katta. Buning uchun xalq vakillari bo\u2018lgan bu ayollarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiramiz.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 27 foizdan 35 foizga yetgani ayniqsa e\u2019tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko\u2018rsatayotgani barchamizni quvontiradi.<\/p>\n<p>Bu borada Gender tenglik va oila masalalari bo\u2018yicha respublika komissiyasi samarali ish olib borayotganini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ular o\u2018rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi 5 yil ichida O\u2018zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o\u2018z biznesini yo\u2018lga qo\u2018ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205\u00a0mingdan oshdi. Birgina 2023 yilda 279 mingdan ziyod tadbirkorlik loyihalariga 13 trillion so\u2018mdan ortiq kredit, qariyb 57 ming nafar xotin-qizga salkam 300 milliard so\u2018m subsidiya ajratildi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o\u2018qitildi. Eng asosiysi \u2013 400 mingdan ortiq opa-singillarimiz ish bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, xotin-qizlarga ajratilgan 6 trillion so\u2018mlik ipoteka kreditlari hisobidan 25 mingdan ziyod oilalar o\u2018z uyiga ega bo\u2018ldi. Bu borada 6 ming 200 nafar ayolga uy-joy sharoitini yaxshilash va kreditning boshlang\u2018ich badalini to\u2018lash uchun 200 milliard so\u2018m subsidiya ajratilganini qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, joylarda xotin-qizlar muammolarini o\u2018rganish va hal etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko\u2018tarilmoqda. O\u2018tgan yilning o\u2018zida \u201cAyollar daftari\u201d bo\u2018yicha 1 trillion 234 milliard so\u2018m hisobidan qariyb 994 ming nafar xotin-qizning muammosi hal etilgani bu fikrni tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Bu vazifalarni bajarishda Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishtiroki kuchayib borayotgani ayniqsa muhimdir. Ular tomonidan \u201cxonadonbay\u201d o\u2018rganishlar natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj 690 mingdan ziyod oilaga manzilli yordam ko\u2018rsatilgani, 116 mingta notinch oilada muhit sog\u2018lomlashtirilganini bugun alohida e\u2019tirof etamiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimizda bo\u2018lg\u2018usi onalar, kelajak tarbiyachilari bo\u2018lmish qizlarimiz kamolotiga, ularning oliy ta\u2019lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda oliygohlarda ta\u2019lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko\u2018pi \u2013 e\u2019tibor bering, yarmidan ko\u2018pi, ya\u2019ni, 653 ming nafardan ziyodini qizlar tashkil etmoqda. Magistraturada o\u2018qiyotgan yoshlarimiz orasida qizlarning ulushi yanada ko\u2018p, ya\u2019ni, salkam 14 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu \u2013 jami magistrantlarning qariyb 60 foizi degani.<\/p>\n<p>Joriy o\u2018quv yilida ehtiyojmand oilalarga mansub 1 ming 914 nafar xotin-qiz oliygohlarga qo\u2018shimcha davlat granti bo\u2018yicha o\u2018qishga qabul qilindi. 181 ming 500 nafardan ortiq qizlarimiz uchun imtiyozli ta\u2019lim kreditlari ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning vakillari, yetim qolgan yoki ota-ona qaramog\u2018idan mahrum bo\u2018lgan 2 mingdan ziyod talaba uchun 14 milliard 500 million so\u2018m kontrakt puli mahalliy budjetlar hisobidan qoplab berildi. So\u2018nggi yillarda davlat oliygohlarining magistratura bo\u2018limida o\u2018qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari budjetdan to\u2018lanmoqda.<\/p>\n<p>Eng muhimi, qizlarimiz o\u2018rtasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Masalan, \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi doirasida ta\u2019lim olgan yoshlarning 47 foizi, ya\u2019ni qariyb yarmini qizlar tashkil etgan.<\/p>\n<p>Keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va ta\u2019lim, xususan, oliy ta\u2019lim sohasi isloh etilib, jahon standartlariga moslashtirilayotgani sababli xotin-qizlar bu yo\u2018nalishda ham katta natijalarga erishmoqdalar. Buning amaliy ifodasini so\u2018nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollarimiz fan doktori (DSc) va o\u2018z sohalari bo\u2018yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgani misolida ko\u2018rish mumkin. Birgina 2023 yilning o\u2018zida 147 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 ming 238 nafari esa falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgani barchamizni mamnun etadi.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda ilm-fan sohasida jami 5 mingga yaqin olima ayollarimiz faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Oliygohlarda esa 14 mingdan ziyod opa-singillarimiz pedagogika va ilmiy tadqiqot yo\u2018nalishida ish olib bormoqda.<\/p>\n<p>Bu raqamlar nimadan dalolat beradi?<\/p>\n<p>Bu avvalo qizlarimiz, opa-singillarimizning intellektual salohiyati naqadar balandligidan, agar tegishli sharoit va imkoniyat yaratib bersak, ular har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirligidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Albatta, oila yumushlari, farzand tarbiyasi bilan birga, turli soha va tarmoqlarda fidokorona xizmat qilayotgan opa-singillarimizning mehnatini munosib qadrlash doimo davlatimiz e\u2019tiborida bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n<p>Mustaqillik yillarida 17 nafar hurmatli ayollarimiz \u201cO\u2018zbekiston Qahramoni\u201d degan oliy unvonga sazovor bo\u2018lgan bo\u2018lsa, ularning 7 nafari fan, ta\u2019lim va san\u2019at sohasi vakillari ekanini alohida ta\u2019kidlash lozim. 11 nafar ayol fan sohasidagi eng yuksak darajaga, ya\u2019ni akademik unvoniga sazovor bo\u2018lgani, minglab xotin-qizlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlanib kelayotgani el-yurtimizning ularga nisbatan yuksak ehtiromi ifodasidir.<\/p>\n<p><strong>Aziz vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hammamizga ma\u2019lumki, bugun dunyoda murakkab va og\u2018ir vaziyat, iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda. Tabiiyki, bu holat mamlakatimizga ham o\u2018z salbiy ta\u2019sirini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Bunday sharoitda ijtimoiy sohalar uchun budjetdan mablag\u2018 ajratish albatta oson bo\u2018layotgani yo\u2018q. Lekin, qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, biz qo\u2018shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o\u2018z salohiyatini ro\u2018yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan,\u00a0<strong>qiz bolaning o\u2018qib, oliy ma\u2019lumotli bo\u2018lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Opa-singillarimiz salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xalqimiz genofondini mustahkamlash inson qadrini ulug\u2018lashning o\u2018zak masalasidir. Shu maqsadda 2023 yili 6 million 500 ming nafardan ziyod ayollar tibbiy tekshiruvdan o\u2018tkazilib, ularga zarur maslahat va amaliy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Bu kabi ezgu ishlarimizning davomi sifatida Yoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili davlat dasturi doirasida xotin-qizlarning sog\u2018lig\u2018ini mustahkamlash, ularning bandligini ta\u2019minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish vazifalari alohida belgilab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Bu borada, mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko\u2018tarish, ularning bandligiga ko\u2018maklashish maqsadida, Senat Raisi T.Norboyeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya kelgusi yil 8\u00a0martga qadar har bir hududda \u201cfavqulodda holat\u201d rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasb-hunarga o\u2018qitish, bandligini ta\u2019minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo\u2018yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qiladi.<\/p>\n<p>Mazkur komissiyada \u201cXalq banki\u201d raisining o\u2018rinbosari G.Rashidova xotin-qizlarning biznes g\u2018oyalarini moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash uchun mas\u2019ul bo\u2018ladi. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, \u201cBiznesni rivojlantirish banki\u201d va \u201cMikrokreditbank\u201dda ham ayollar tadbirkorligiga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha alohida rais o\u2018rinbosarlari ish boshlaydi. Ana shu rahbarlar har bir viloyat, har bir tuman, har bir mahallada yangi biznes g\u2018oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini ro\u2018yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama ko\u2018mak beradilar.<\/p>\n<p>Viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari hamda faol ayollar komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 ming 442\u00a0ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta\u2019minlash uchun mas\u2019ul etib belgilanadi.<\/p>\n<p>Bu borada mahallalarda oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40\u00a0foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo\u2018naltiriladi. Shu maqsadda har bir hududda xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik \u00a0markazlari va klasterlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarda 205 ming nafar opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo\u2018lgan kasblarga tayyorlanadi hamda tadbirkorlik asoslariga o\u2018rgatiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cYoshlar daftari\u201dga kiritilgan 8\u00a0ming\u00a0nafar xotin-qizga o\u2018z biznesini boshlashi va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun subsidiya, 10 ming\u00a0nafariga esa imtiyozli kreditlar ajratiladi. 50\u00a0ming nafar yosh ayollar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida \u201cBiznes marafon\u201d loyihasi tashkil etiladi. Ushbu loyiha doirasida yuzlab qobiliyatli qizlarimizga o\u2018z biznesini yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha amaliy yordam beriladi.<\/p>\n<p>Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo\u2018yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15\u00a0trillion so\u2018m, jumladan, oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 6 trillion so\u2018m ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadagi elchilarimiz ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100\u00a0million dollarlik grantlarni jalb qiladi.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash sohasida ham bir qator muhim tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, murakkab jarrohlik operatsiyasi o\u2018tkazishga muhtoj 2 ming nafar xotin-qiz davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablag\u2018lari hisobidan davolanadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, 1 million nafar homilador ayol hamda 1 million 500 ming nafar emizikli ona yod preparati, qariyb 6 million nafar reproduktiv yoshdagi ayollar temir va foliy kislotasi bilan bepul ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Og\u2018ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 4 ming nafar xotin-qizlarga uy-joy ajratiladi. Shu toifadagi 3 ming nafar ayol uchun murakkab tibbiy operatsiyalar bepul o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Yurtimizda \u201cQizlar akademiyasi\u201d platformasi yaratilib, 100\u00a0ming nafar opa-singillarimizga moliyaviy, huquqiy, psixologik, reproduktiv bilim berish yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Bunday amaliy ishlarimiz ro\u2018yxatini yana davom ettirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Qadrli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Yaqinda O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bu esa aholining, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz muammolarini hal etish bo\u2018yicha yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, \u201cMahalla yettiligi\u201d tarkibidagi xotin-qizlar faollaridan biz katta natijalarni kutib qolamiz. Opa-singillarimizning og\u2018irini yengil qilish, muammolariga yechim topish, kerak bo\u2018lsa, oilaviy masalalarda ayollarimizning yaqin sirdoshiga aylanish ular uchun birinchi darajali vazifa bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Dunyoda o\u2018xshashi bo\u2018lmagan bunday tizimni joriy etishdan maqsad ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini quyi bo\u2018g\u2018indan boshlab samarali himoya qilish ekanini siz, azizlar albatta yaxshi tushunasiz. Bu, o\u2018z navbatida, O\u2018zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish yo\u2018lida tashlangan yangi bir amaliy qadam, desak, to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, el-yurt uchun munosib farzandlar tarbiyalash \u2013 bu dunyodagi eng ulug\u2018 va sharafli ishdir. Mehribon va oqila, jonkuyar ayollarimiz bu borada hamisha fidoyilik ko\u2018rsatib kelmoqdalar.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, har yili aholimiz soni qariyb 900 ming nafarga ko\u2018paymoqda. Joriy o\u2018quv yilida 733 ming nafar farzandlarimiz birinchi sinfga qadam qo\u2018ydi. Ertaga hayotimizga qudratli to\u2018lqin bo\u2018lib kirib keladigan ana shunday navqiron avlodimiz timsolida biz Yangi O\u2018zbekiston bunyodkorlarini ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Shu bois, o\u2018g\u2018il-qizlarimizni jismoniy va ma\u2019naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni milliy g\u2018urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylanishi zarur.<\/p>\n<p>Bugungi tahlikali zamonda jahon miqyosida kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik, hayotga yengil-yelpi, iste\u2019molchilik kayfiyati bilan qarash kabi xatarlardan yoshlarimizni himoya qilish o\u2018ta dolzarb masalaga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha ayollarga murojaat qilmoqchiman.<\/p>\n<p><strong>Aziz opa-singillar, oilada farzand tarbiyasiga e\u2019tiborni kuchaytiraylik, bog\u2018cha, maktab va oliygohlarga kirib boraylik.<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018qituvchi va murabbiylar bilan ko\u2018proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o\u2018qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqaylik.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Bolalarimizni bilimli va aqlli, oqni qoradan ajrata oladigan, el-yurtimizga sodiq, hayoli va iboli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalash uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik.<\/strong><\/p>\n<p>Biz ma\u2019naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak.<strong>\u00a0\u201cEzgulik \u2013 shiorimiz, ma\u2019rifat \u2013 qurolimiz\u201d<\/strong>\u00a0degan g\u2018oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim.<\/p>\n<p>Zotan, hadisi sharifda aytilganidek,\u00a0<strong>\u201cOta-ona o\u2018z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi\u201d.<\/strong><\/p>\n<p>Muhtarama opa-singillarimiz, duogo\u2018y onaxonlarimizning mas\u2019uliyati \u2013 aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Chindan ham, jondan aziz bolalarimiz hamma havas qiladigan ta\u2019lim va tarbiya olsa, bilasizlarmi, jamiyatimiz, hayotimiz qanday o\u2018zgaradi?<\/p>\n<p>Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu vazifani ado etishda biz avvalo siz, azizlarga ishonamiz va tayanamiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha to\u2018plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e\u2019tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e\u2019lon qilingan indeksida O\u2018zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi\u00a0<strong>eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida<\/strong>\u00a0qayd etildi.<\/p>\n<p>\u201cAyollar, biznes va qonun\u201d deb nomlangan ushbu yillik hisobotda dunyoning 190 ta davlatidagi holat 10 ta ko\u2018rsatkich bo\u2018yicha baholab boriladi. Yangi indeksda mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo\u2018ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. O\u2018zbekiston bu borada yaxshi natijaga erishgani e\u2019tirof etilgan.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili Toshkent va Samarqand shaharlarida o\u2018tkazilgan nufuzli xalqaro xotin-qizlar forumlarida ham mustaqil tahlilchi va ekspertlar tomonidan ayni shu jihatlarga alohida e\u2019tibor qaratilgani bejiz emas.<\/p>\n<p>Bularning barchasi albatta biz birgalikda qo\u2018lga kiritgan katta yutuq bo\u2018lib, bu ishlarimizni yangi bosqichga ko\u2018tarishimiz lozim.<\/p>\n<p>Joriy yilda mamlakatimiz yana bir yirik anjuman \u2013\u00a0<strong>Osiyo xotin-qizlar forumiga<\/strong>\u00a0mezbonlik qiladi. Mazkur anjuman \u201cBirlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 Xotin-qizlar\u201d tuzilmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Bu forum gender siyosati, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish bo\u2018yicha samarali muloqot maydoni bo\u2018ladi, deb ishonamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutlaymiz. Ularning mamlakatlari va xalqlariga chin dildan tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Xabaringiz bor, har yili 8-mart ayyomida turli sohalardagi dastlabki yutuqlari uchun buyuk o\u2018zbek shoirasi \u2013 Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgan iste\u2019dodli qizlarimizni muborakbod etamiz.<\/p>\n<p>Bugungi bayram tadbirimiz ana shu qizlarimiz, ularning ota-onalari, ustozlari uchun, o\u2018ylaymanki, unutilmas tarixiy voqea bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Siz, aziz farzandlarimni yuksak mukofot bilan o\u2018z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tabriklayman. Bunday ulkan e\u2019tirofni kelajakda katta-katta yutuqlar bilan albatta oqlaysizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda bugungi bayram arafasida mehnat va jamoatchilik faoliyatida muhim natijalarga erishgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p>Barchamiz ularni chin qalbdan qutlab, kelgusi ishlariga yangi muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz.<\/p>\n<p><strong>Muhtarama opa-singillar!<\/strong><\/p>\n<p>Siz, azizlarni bugungi bahor va nafosat bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Har biringizga hamisha oilangiz, farzandu nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog\u2018ida bo\u2018lish nasib etsin!<\/p>\n<p>Katta rahmat sizlarga!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo\u2018lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir. Barcha-barchangizga&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48748,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo\u2018lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir. Barcha-barchangizga&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-03-07T14:31:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-12T04:20:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/1b60d9af-9179-3112-8432-082bc1a12d34_lists_7076.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/\",\"name\":\"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-03-07T14:31:17+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-12T04:20:07+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo\u2018lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir. Barcha-barchangizga&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-03-07T14:31:17+00:00","article_modified_time":"2024-03-12T04:20:07+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/1b60d9af-9179-3112-8432-082bc1a12d34_lists_7076.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"13 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/","name":"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-03-07T14:31:17+00:00","dateModified":"2024-03-12T04:20:07+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangi-ozbekistonda-butun-xalqimiz-qatori-xotin-qizlarimiz-uchun-ham-munosib-sharoitlarni-yaratib-berish-eng-muhim-vazifamiz-bolib-qoladi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Yangi O\u2018zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish \u2013 eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/1b60d9af-9179-3112-8432-082bc1a12d34_lists_7076.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/48752"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=48752"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/48752\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48753,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/48752\/revisions\/48753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/48748"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=48752"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=48752"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=48752"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}