{"id":46345,"date":"2024-02-05T09:19:36","date_gmt":"2024-02-05T04:19:36","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=46345"},"modified":"2024-02-06T09:20:15","modified_gmt":"2024-02-06T04:20:15","slug":"ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/","title":{"rendered":"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo\u2018yicha barcha choralar ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta\u2019limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib, qo\u2018shimcha 700 mingta o\u2018quvchi o\u2018rni yaratildi. Prezident maktablari tashkil etildi, ixtisoslashtirilgan maktablar ko\u2018paydi. Oliy o\u2018quv yurtlari soni 200 tadan oshib, qamrovi 42 foizga yetdi. Ta\u2019lim va tibbiyotda xususiy sektorga keng yo\u2018l ochilib, sifatga intilish paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, bu sohalarda aholi bilan ishlash, standartlarni yangilash va raqamlashtirish borasida kamchiliklar bor. Yig\u2018ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, joriy yilgi vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p>Barcha maktabgacha ta\u2019lim muassasalarini milliy qadriyatlarimizga mos o\u2018quv-metodik materiallar bilan ta\u2019minlash, ovqat ta\u2019minoti, davomat, badal puli kabi jarayonlarni to\u2018liq raqamlashtirish zarurligi ta\u2019kidlandi. Bog\u2018cha mudiraligiga nomzodlarni saralash va lavozimga tayinlash, tarbiyachilar malakasini oshirish masalalariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Ta\u2019lim sohasida vazifalar juda ko\u2018p. Shu bois o\u2018tgan haftada Loyiha ofisi tashkil qilindi va unga katta ilmiy-amaliy tajribasi bor mutaxassislar jamlandi. Endi mazkur ofis Ta\u2019limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi bilan birgalikda maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo\u2018yicha o\u2018quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilaydi. O\u2018quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.<\/p>\n<p>Prezident maktablari ta\u2019lim dasturi yana 1 mingta maktabda qo\u2018llanadi. Ularning moddiy-texnik bazasi shunga muvofiq yaxshilanadi. Maktablarga \u201ctil egalari\u201dni olib kelish amaliyoti kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Yoshlar maktab davridayoq, hech bo\u2018lmasa, bitta hunarni egallab, katta hayotga qadam qo\u2018ysa, o\u2018z yo\u2018lini topadi. Shu maqsadda 50 ta kasb-hunar ro\u2018yxati tuzilib, ular bo\u2018yicha o\u2018quv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Maktablarda ustaxonalar, tadbirkorlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda to\u2018garaklar tashkil etiladi, \u201cKasbiy ta\u2019lim ustasi\u201d lavozimi ochiladi. Maktabdagi bo\u2018sh joylar tadbirkorlarga o\u2018quvchilarni kasb-hunarga o\u2018qitish uchun tekin foydalanishga beriladi. O\u2018quv kursini tamomlab, imtihondan o\u2018tgan o\u2018g\u2018il-qizlarga malaka sertifikati beriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari maktablardagi tarbiya va ma\u2019naviyat masalasiga alohida to\u2018xtaldi. O\u2018quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda \u201chuquqbuzarlikka qarshi immunitet\u201d hosil qilish zarurligi ta\u2019kidlandi. Maktablardagi 2 mingta inspektor-psixolog shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o\u2018tkazilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Darslardagi davomatga, tarbiyasi og\u2018ir o\u2018quvchilarga alohida e\u2019tibor qaratiladi. Ota-onalar va mahalla raislarining bu boradagi mas\u2019uliyati oshiriladi. \u201cMaktab \u2013 ota-ona \u2013 mahalla\u201d zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Yoshlar o\u2018rtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar tahlil qilinib, ularning zararli ta\u2019siridan himoyalanish va ijobiy tomonidan foydalanish choralari ko\u2018riladi. Shuningdek, ota-onalar uchun farzand ta\u2019lim-tarbiyasi bo\u2018yicha xalqchil tilda qo\u2018llanmalar tayyorlanadi.<\/p>\n<p>\u2013 Bu tashabbuslar yo\u2018lga qo\u2018yilsa, maktab ta\u2019limi bo\u2018yicha ota-onada mas\u2019uliyat, o\u2018qituvchida majburiyat, o\u2018quvchida ishonch, ta\u2019lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo\u2018ladi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Professional va oliy ta\u2019limdagi ayrim yo\u2018nalishlar hozirgi mehnat bozoriga, texnologik yangilanishlarga mos emasligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish bor. Lekin ularni bog\u2018laydigan uzviy tizim yo\u2018q.<\/p>\n<p>Shu bois endi Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish respublika kengashi hamda Mehnat tadqiqotlari instituti ta\u2019lim sohasidagi Loyiha ofisiga biriktiriladi.<\/p>\n<p>Talab yuqori bo\u2018lgan 100 ta kasb standartlari Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida yangilanadi. Bunda malaka talabi ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Professional ta\u2019lim ustozlariga yangi standartlar bo\u2018yicha o\u2018qitish talablari qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Yangi o\u2018quv yilidan boshlab, texnikumlarda o\u2018qitish \u201cakademik\u201d va \u201cishchi kasb\u201d komponentlarining uzviyligini ta\u2019minlaydigan yangi tizim asosida yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Bunda kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta\u2019lim dasturlari, darsliklar, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Texnikumlarda ham \u201ckredit tizimi\u201d joriy qilinib, fanni o\u2018zlashtirish bo\u2018yicha to\u2018plangan \u201ckreditlar\u201d oliygohlarda tan olinadigan tizim bo\u2018ladi. Ya\u2019ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli \u201ckredit\u201d to\u2018plagan o\u2018quvchilar \u201c2+2\u201d yoki \u201c2+3\u201d dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta\u2019limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Kollej-texnikumda o\u2018qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo\u2018lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo\u2018yicha ham yangi tizim yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Endi kollej-texnikumda \u201cishchi kasb\u201d yo\u2018nalishida o\u2018qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, bakalavrga teng malaka darajasini olishi mumkin.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida oliygoh, texnikum va kollejni bir-biriga bog\u2018lash shartlari va tartibini ishlab chiqish topshirildi. Oliy ta\u2019lim muassasalariga maqom berishning aniq mezonlarini belgilash, bakalavr yo\u2018nalishlarini maqbullashtirish, ta\u2019lim dasturlarini dunyodagi 300 ta eng yaxshi oliygoh dasturi asosida yangilash vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>\u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o\u2018tkazilib, xorijda o\u2018qish bo\u2018yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Aholi hayotida katta o\u2018rin tutadigan sohalardan biri bu sog\u2018liqni saqlash. Yig\u2018ilishda bu boradagi dolzarb masalalarga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Birlamchi tibbiyot tizimida sifat va mutaxassislar yetishmasligi qayd etilar ekan, Sog\u2018liqni saqlash vazirligiga sohadagi barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo\u2018yicha shaffof tizim yaratish topshirildi.<\/p>\n<p>Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, avvalo, qishloqlar aholisiga xizmat qilishi kerakligi ta\u2019kidlandi. Ularni birlamchi bo\u2018g\u2018in bilan bog\u2018lash, ish tizimini raqamlashtirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida endilikda xavf guruhiga kiruvchi aholini yurak qon-tomir, onkologiya va endokrin kasalliklari skriningidan o\u2018tkazish tizimi o\u2018zgartiriladi. Buning uchun respublika kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya markazlari mas\u2019ul bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, onkologiya bo\u2018yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot berish joriy qilinadi. Bu tajriba 1 maydan Qashqadaryoda boshlanadi va kelgusi yildan boshqa hududlarda yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Xorijiy ekspertlarni jalb qilinib, eskirgan klinik protokol va standartlar xalqaro mezonlarga moslashtiriladi. Kasalligi yengil bemorlarni dori bilan emas, immunitetni ko\u2018taradigan tabiiy vositalar, jismoniy mashq va fitoterapiya bilan davolash kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Tibbiyot sohasidagi 23 ta markaz, 12 ta oliygoh, 2 ta malaka oshirish markaziga zamonaviy menejerlarni ishga olinib, xalqaro akkreditatsiyadan o\u2018tkaziladi. Buning natijasida shifokor va hamshiralar yangicha o\u2018qitiladi, davolash sifati oshadi, dori yozish kamayadi, eng muhimi \u2013 rivojlangan klinikalar muhiti kirib keladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga budjetdan 90 milliard so\u2018m yo\u2018naltirildi. Buning natijasida aholiga ko\u2018plab qulayliklar yaratildi. Endi \u201cElektron poliklinika\u201d, \u201cElektron shifoxona\u201d va \u201cElektron tibbiy karta\u201d tizimlari ishga tushiriladi. Kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berish yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Viloyat shifoxonalari ham elektron yo\u2018llanma tizimiga ulanadi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari har bir ona va bola o\u2018limiga \u201cfavqulodda holat\u201d, deb qarash kerakligini aytdi. Tug\u2018ruqxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, homilador va tug\u2018ruq yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, doya va hamshiralarni qo\u2018shimcha o\u2018qitish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Madaniyat sohasida avval belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Har bir tumanda kinozali, kutubxonasi va to\u2018garak xonalari bo\u2018lgan madaniyat markazi barpo etish, hududlarda madaniy tadbirlar o\u2018tkazish va yoshlarni san\u2019atga jalb qilish masalalari ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mahallalarni ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, hududlar va respublika miqyosida musobaqalar tashkil etish bo\u2018yicha vazifalar qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Shu yil Parijda bo\u2018lib o\u2018tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o\u2018yinlariga tayyorgarlik masalalari ham ko\u2018rib chiqildi. Sportchilarning yo\u2018llanmalarni qo\u2018lga kiritishi va musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik ko\u2018rishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi aytildi. Ularni chuqurlashgan tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazish, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli ta\u2019minlash muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. O\u2018zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo\u2018yicha barcha choralar ko\u2018rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta\u2019limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46343,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. O\u2018zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo\u2018yicha barcha choralar ko\u2018rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta\u2019limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-02-05T04:19:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-02-06T04:20:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/0bb56eb0-10c4-4830-a1ee-c4dbda10e4ae_lists_slider_7008.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/\",\"name\":\"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-02-05T04:19:36+00:00\",\"dateModified\":\"2024-02-06T04:20:15+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. O\u2018zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo\u2018yicha barcha choralar ko\u2018rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta\u2019limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2024-02-05T04:19:36+00:00","article_modified_time":"2024-02-06T04:20:15+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/0bb56eb0-10c4-4830-a1ee-c4dbda10e4ae_lists_slider_7008.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"6 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/","name":"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2024-02-05T04:19:36+00:00","dateModified":"2024-02-06T04:20:15+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ijtimoiy-sohalardagi-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/0bb56eb0-10c4-4830-a1ee-c4dbda10e4ae_lists_slider_7008.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/46345"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=46345"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/46345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46346,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/46345\/revisions\/46346"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/46343"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=46345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=46345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=46345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}