{"id":43418,"date":"2023-12-19T18:20:35","date_gmt":"2023-12-19T13:20:35","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=43418"},"modified":"2023-12-19T18:20:35","modified_gmt":"2023-12-19T13:20:35","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli Amir A\u2019lo Hazratlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun azim Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida sizlarni ko\u2018rib turganimdan behad xursandman.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz mehmonlar!<\/p>\n<p>Avvalambor, ushbu tantanali tadbirni yurtimizda o\u2018tkazish bo\u2018yicha takliflari va yaqindan ko\u2018rsatgan ko\u2018maklari uchun mazkur nufuzli mukofot asoschisi, qadrli birodarim Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy A\u2019lo Hazratlariga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasiga chuqur minnatdorchilik izhor etaman.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, anjumanda ishtirok etayotgan qatarlik do\u2018stlarimizni va ular siymosida ushbu mamlakat xalqini kecha keng nishonlangan Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash o\u2018rinliki, Amir A\u2019lo Hazratlarining oqilona rahbarligi ostida so\u2018nggi yillarda Qatar Davlati yangilanish ruhi bilan yashamoqda, mamlakatda katta o\u2018zgarishlar amalga oshirilayapti, olamshumul va buyuk yutuqlar qo\u2018lga kiritilmoqda. Bunga betakror Dohaga tashrifim chog\u2018ida o\u2018zim shaxsan amin bo\u2018ldim.<\/p>\n<p>Yuksak saviyada o\u2018tkazilgan futbol bo\u2018yicha jahon chempionati, Kam rivojlangan davlatlar bo\u2018yicha xalqaro konferensiya va \u201cEkspo Doha\u2013 2023\u201d butunjahon ko\u2018rgazmasi, ko\u2018plab xalqaro tashabbuslar Qatarning global hamkorlik va diplomatiya markaziga aylanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, davlatlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlar bizning faol muloqotlarimiz natijasida mutlaqo yangi bosqichga ko\u2018tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Biz birgalikda katta loyihalarni boshladik. Bugungi tadbir aynan yurtimizda o\u2018tkazilayotgani esa maqsadlarimiz uyg\u2018un va hamohang ekanining yorqin ramziy ifodasidir.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Albatta, shiddat bilan o\u2018zgarayotgan dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri bo\u2018lgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida global mukofotning ta\u2019sis etilgani va uni topshirishga bag\u2018ishlangan marosimlar barcha qit\u2019alarda o\u2018tkazib kelinayotgani yuksak e\u2019tirofga sazovordir.<\/p>\n<p>Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.<\/p>\n<p>Ushbu nufuzli mukofot orqali korrupsiyaga qarshi kurashishga o\u2018zining munosib hissasini qo\u2018shayotgan jahondagi eng faol shaxslarning e\u2019tirof etilishi bundan roppa-rosa 20 yil avval qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi talablarini hayotga izchil va to\u2018liq tatbiq etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bashariyat tarixiga nazar solsak, korrupsiya illati hatto eng qudratli va eng kuchli davlatlarni ham jar yoqasiga olib kelganiga va to\u2018liq parokanda qilganiga guvoh bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Korrupsiya butun insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar rivojiga to\u2018sqinlik qiladigan xatarli tahdiddir va u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi rejalarimizga ham jiddiy putur yetkazadi.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u2018ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo, men bu katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko\u2018rilayotgan real zararning aniq hajmini to\u2018liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Eng yomoni \u2013 jamiyat ko\u2018radigan ma\u2019naviy zarar ko\u2018lamini hech narsa bilan o\u2018lchab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Mazkur o\u2018tkir muammoning oqibatlarini chuqur anglagan holda, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy va institutsional islohotlarni tizimli amalga oshirmoqdamiz. Korrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risidagi qonunni qabul qilib, maxsus vakolatli Agentlikni tashkil etdik. Hukumat faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta\u2019minlash va mas\u2019uliyatini oshirish, byurokratiyani kamaytirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni amaliyotga keng joriy etayapmiz. Xususan, barcha davlat idoralarida komplayens va samaradorlikni baholash reyting tizimlari yo\u2018lga qo\u2018yildi. Davlat xaridlari to\u2018liq raqamlashtirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston 2021-yilda Xalqaro Ochiq ma\u2019lumotlar xartiyasiga a\u2019zo bo\u2018ldi. Mamlakatimiz Istanbul harakatlar dasturi, Global operativ tarmoq, Yevroosiyo va Egmont guruhlari, boshqa ko\u2018plab platformalarda samarali ishtirok etib kelmoqda. G\u2018arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish tarmog\u2018ining Kotibiyati vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p>Har yili Toshkentda an\u2019anaviy Xalqaro aksilkorrupsiya forumi o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimiz \u201cTransparency International\u201d indeksida 42 pog\u2018onaga ko\u2018tarildi va bu borada mintaqamizda eng yuqori o\u2018rinni egallamoqda. 2030-yilga qadar mazkur reytingdagi o\u2018rnimizni yana 50 pog\u2018onaga yaxshilash maqsadini ko\u2018zlaganmiz. \u201cOpen Data Inventory\u201d reytingida esa joriy yilda 30-o\u2018ringa ko\u2018tarildik. Ochiq ma\u2019lumotlar manbalari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston dunyoda 4-o\u2018rindan joy olgan.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Demokratik islohotlar ortga qaytmas tus olgan Yangi O\u2018zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ham katta reja va vazifalarni o\u2018z oldimizga qo\u2018yganmiz.<\/p>\n<p>Bu mas\u2019uliyatli va murosasiz kurash yo\u2018lida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi va barcha xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda bor kuchimizni safarbar etishga tayyormiz.<\/p>\n<p><em><strong>Birinchidan,\u00a0<\/strong><\/em>Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqib, hayotga tatbiq etamiz. Davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta\u2019minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma\u2019lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlashga alohida urg\u2018u beramiz.<\/p>\n<p><em><strong>Ikkinchidan,\u00a0<\/strong><\/em>korrupsiyaga qarshi kurashdagi mintaqaviy va global tashabbus va yangi loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlaymiz va ularda faol qatnashamiz. Bu borada o\u2018tgan oyda Toshkentda ishga tushgan Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasining Mintaqaviy platformasidan keng foydalanmoqchimiz.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etgan holda, o\u2018zaro tajriba almashish va muloqotlarni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Korrupsiya muammolari bo\u2018yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etishni taklif etaman.<\/p>\n<p><em><strong>Uchinchidan,<\/strong><\/em>\u00a0biz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xorijiy turdosh muassasalar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish orqali uning salohiyat va imkoniyatlarini yanada oshiramiz. Eng ilg\u2018or xalqaro tajribaga asoslangan yangi mexanizmlar tatbiq qilinadi, jumladan, korrupsiya holatlari bo\u2018yicha \u201cdastlabki o\u2018rganish\u201d \u2013 korrupsion surishtiruv instituti joriy etiladi.<\/p>\n<p><em><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong><\/em>\u00a0ongi va qalbi bolalikdan \u201chalollik vaksinasi\u201d bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamizdir. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi ta\u2019lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi dasturini O\u2018zbekistonda keng joriy etishdan manfaatdormiz.<\/p>\n<p><em><strong>Beshinchidan,\u00a0<\/strong><\/em>korrupsiyaga qarshi kurashishdek murakkab jarayonlarda eng oldingi saflarda borayotgan ommaviy axborot vositalarining o\u2018rnini alohida qadrlaymiz.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, bizning korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha jurnalistlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish va ular ta\u2019sirini yanada oshirish uchun Global media forumni o\u2018tkazish taklifimizni sizlar qo\u2018llab-quvvatlaysiz, deb ishonamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur xalqaro mukofot bilan taqdirlangan barcha shaxslar ilk bor bir joyga jamlangani va ular ishtirokida tashkil etilayotgan G\u2018oliblar uchrashuvi ham katta ahamiyatga molik voqelikdir.<\/p>\n<p>O\u2018z taraqqiyot yutuqlarini va foydali sarmoyalarini dunyo xalqlari bilan baham ko\u2018rayotgan, korrupsiyaga qarshi kurashda g\u2018ayrat va shijoat ko\u2018rsatayotgan Qatar Amirining global darajadagi sa\u2019y-harakatlari barchamizning ezgu intilishlarimiz bilan birlashib, albatta o\u2018zining ulkan ijobiy natijalarini beradi.<\/p>\n<p>Ushbu mavzuga bag\u2018ishlab o\u2018rnatilgan monumentdagi korrupsiyani to\u2018xtatish uchun ko\u2018tarilgan ochiq qo\u2018llar kabi bugungi anjumanda ishtirok etayotgan, adolat yo\u2018lidagi qat\u2019iyatli va tolmas qahramonlarimiz qo\u2018llarini pok qalb va vijdon amrimiz bilan mahkam tutamiz. Olib borayotgan sharafli ishlaringizda sizlar bilan doimo birgamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, nufuzli mukofotning barcha sovrindorlarini chin qalbimdan qizg\u2018in tabriklayman.<\/p>\n<p>Anjumanimizda qatnashayotgan xorijiy mehmonlarimizga yana bir bor chuqur tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p>Barchangizga mas\u2019uliyatli faoliyatingizda kuch-g\u2018ayrat, yangi muvaffaqiyatlar, baxt va omadlar yor bo\u2018lishini tilayman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Amir A\u2019lo Hazratlari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Bugun azim Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida sizlarni ko\u2018rib turganimdan behad xursandman. Yangi O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz mehmonlar! Avvalambor, ushbu tantanali tadbirni yurtimizda o\u2018tkazish bo\u2018yicha takliflari va yaqindan ko\u2018rsatgan ko\u2018maklari uchun mazkur nufuzli mukofot asoschisi, qadrli birodarim&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":43419,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli Amir A\u2019lo Hazratlari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Bugun azim Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida sizlarni ko\u2018rib turganimdan behad xursandman. Yangi O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz mehmonlar! Avvalambor, ushbu tantanali tadbirni yurtimizda o\u2018tkazish bo\u2018yicha takliflari va yaqindan ko\u2018rsatgan ko\u2018maklari uchun mazkur nufuzli mukofot asoschisi, qadrli birodarim&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-12-19T13:20:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/a9ab1192-654e-20b2-df91-0a6e0b4e7d63_lists_slider_6934.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-12-19T13:20:35+00:00\",\"dateModified\":\"2023-12-19T13:20:35+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli Amir A\u2019lo Hazratlari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Bugun azim Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida sizlarni ko\u2018rib turganimdan behad xursandman. Yangi O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz mehmonlar! Avvalambor, ushbu tantanali tadbirni yurtimizda o\u2018tkazish bo\u2018yicha takliflari va yaqindan ko\u2018rsatgan ko\u2018maklari uchun mazkur nufuzli mukofot asoschisi, qadrli birodarim&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-12-19T13:20:35+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/a9ab1192-654e-20b2-df91-0a6e0b4e7d63_lists_slider_6934.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"6 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-12-19T13:20:35+00:00","dateModified":"2023-12-19T13:20:35+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-yuksak-xalqaro-mukofotni-topshirish-marosimidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/a9ab1192-654e-20b2-df91-0a6e0b4e7d63_lists_slider_6934.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/43418"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=43418"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/43418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":43423,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/43418\/revisions\/43423"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/43419"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=43418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=43418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=43418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}