{"id":41694,"date":"2023-11-17T17:00:24","date_gmt":"2023-11-17T12:00:24","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=41694"},"modified":"2023-11-20T09:34:11","modified_gmt":"2023-11-20T04:34:11","slug":"surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/","title":{"rendered":"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko\u2018p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so\u2018m, budjetiga 1,6 trillion so\u2018m, eksportiga 100 million dollar qo\u2018shiladi, 2 mingta yuqori daromadli ish o\u2018rinlari ochiladi.<\/p>\n<p>Jumladan, Boysundagi qariyb 3 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasida yiliga 5 milliard kub metr gaz tozalanib, 6 trillion so\u2018mlik tabiiy gaz va oltingugurt ishlab chiqariladi. Viloyatga yiliga o\u2018rtacha 120 million dollarlik eksport tushumi qo\u2018shiladi. Geologiya qidiruv ishlari kengaytirilib, yana 100 milliard kub metr gaz zaxiralari ochiladi.<\/p>\n<p>\u2013 Surxondaryoda juda katta iqtisodiy salohiyat, yerosti va yerusti boyliklari, mard, mehnatkash xalqi bor. Hozircha bu salohiyatning yarmidan ham foydalanilmayapti. Sharoit yaratib, ish o\u2018rni, investitsiya, eksport va tushumni karra-karra oshirish lozim, \u2013 dedi davlat rahbari.<\/p>\n<p>Shu bois kelgusi yili viloyatda 1,5 milliard dollar investitsiya olib kelib, sanoatda 12 trillion so\u2018m mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 500 million dollarga yetkazib, 100 million dollar importni qisqartirish vazifalari ko\u2018rsatib o\u2018tildi. 400 ming aholini band qilish viloyat va tuman hokimlarining asosiy vazifasi bo\u2018lishi kerakligi aytildi.<\/p>\n<p>Viloyatga investitsiya jalb qilish va sanoatni rivojlantirishdagi eng katta zaxira \u2013 bu mavjud konlarni ishga solish ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Sariosiyoda qo\u2018rg\u2018oshin, rux, oltin va oq marmar, Boysun va Sariosiyoda ko\u2018mir, Sherobodda kaliy o\u2018g\u2018iti zaxiralarini o\u2018zlashtirish bo\u2018yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Tog\u2018li hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Surxondaryo o\u2018zining tabiiy tuproq-iqlim sharoiti bilan ertaki mahsulotlarni yetishtirishda birinchi o\u2018rinda bo\u2018lishi mumkin. Lekin, hosildorligi yuqori urug\u2018 va ko\u2018chat bilan ta\u2019minlashda muammolar bor. Shu bois Qishloq xo\u2018jaligi vazirligiga 10 ta tumanda in vitro laboratoriyalarini tashkil qilish topshirildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda dala chetlarida quritish va saralash uskunalari hamda 70 ta kichik sovutkichlar o\u2018rnatiladi. 100 ming gektarda ixcham issiqxonalar tashkil qilib, barra piyoz, brokkoli, rozmarin, rukkola, qizil rayhon, yalpiz kabi eksportbop ekinlar yetishtiriladi.<\/p>\n<p>Angor, Jarqo\u2018rg\u2018on, Qumqo\u2018rg\u2018on, Oltinsoyda 6 ta saqlash, quritish va saralash markazi, Termiz tumanida Janubiy Koreya bilan birga 50 million dollarlik logistika xabi tashkil etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Ingichka tolali g\u2018o\u2018za 15 foizgacha kam suv talab qiladi va erta pishadi. Shu bois bunday g\u2018o\u2018za navlari maydonini 50 ming gektargacha kengaytirish, uni qayta ishlashni 30 foizga yetkazish, molekular genetika va seleksiya bo\u2018yicha qo\u2018shma loyiha va zamonaviy laboratoriya tashkil etishga topshiriq berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda suv tanqisligi muammosiga ham alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sug\u2018oriladi. Suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushayapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanayapti.<\/p>\n<p>\u2013 \u201cSuv tekin emas\u201d, degan g\u2018oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish lozim, &#8211; dedi Prezident.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash bo\u2018yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yo\u2018qotilishi ko\u2018p bo\u2018lgan 6 tasini ta\u2019mirlash bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p>Viloyatning turizm salohiyati ham yuqori. Bu yerda 600 dan ziyod madaniy meros va turizm manzillari bor. Hozirda \u201cDalvarzintepa\u201d yodgorligida ochiq osmon muzeyini tashkil qilish bo\u2018yicha ish boshlangan.<\/p>\n<p>Buni davom ettirib, Boysundagi \u201cBoybuloq\u201d, \u201cTeshiktosh\u201d va \u201cMachay\u201d g\u2018orlari, Uzundara qal\u2019asini ham shunday muzeylarga aylantirish kerakligi ta\u2019kidlandi. Sheroboddagi \u201cXatak\u201d g\u2018ori va Zarautsoy qoyatoshiga xorijiy olimlar ekspeditsiyasi jalb etiladi. Sangardak kabi yana 10 ta mahalla turizm qishlog\u2018iga aylantiriladi.<\/p>\n<p>\u201cOmonxona\u201d sanatoriyasi ta\u2019mirlanib, quvvati kengaytiriladi. Yana bitta yangi sanatoriy ham quriladi. Boysun, Oltinsoy, Sariosiyo va Sherobodda dor yo\u2018li, mehmonxona va savdo xizmatlarini tashkil qilish bo\u2018yicha 200 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ijtimoiy masalalarga ham alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Kasalliklarning oldini olish uchun har bir mahalla va dorixonalarda fitobarlar tashkil qilish, uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sog\u2018lom ovqatlanish menyusini ishlab chiqish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>\u201cBoysun\u201d, \u201cShalola\u201d, \u201cBoychechak\u201d, \u201cBulbuli go\u2018yo\u201d kabi badiiy jamoalarning xalqaro festivallarda ishtirok etishiga ko\u2018maklashish, doston va termalarning \u201cOltin fondi\u201d yaratish zarurligi aytildi.<\/p>\n<p>Surxon yoshlarini sportga jalb etishni kengaytirish bo\u2018yicha alohida qaror qabul qilinishi belgilandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish davomida vazirlar va hokimlar, ziyolilar, tadbirkorlarning fikr va takliflari eshitildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi. Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko\u2018p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so\u2018m, budjetiga 1,6 trillion so\u2018m, eksportiga 100 million dollar qo\u2018shiladi,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41695,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi. Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko\u2018p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so\u2018m, budjetiga 1,6 trillion so\u2018m, eksportiga 100 million dollar qo\u2018shiladi,&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-11-17T12:00:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-11-20T04:34:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/2b563675-33b1-6280-9d54-d7f9999ea24b_lists_slider_6870.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/\",\"name\":\"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-11-17T12:00:24+00:00\",\"dateModified\":\"2023-11-20T04:34:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi. Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko\u2018p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so\u2018m, budjetiga 1,6 trillion so\u2018m, eksportiga 100 million dollar qo\u2018shiladi,&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-11-17T12:00:24+00:00","article_modified_time":"2023-11-20T04:34:11+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/2b563675-33b1-6280-9d54-d7f9999ea24b_lists_slider_6870.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"4 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/","name":"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-11-17T12:00:24+00:00","dateModified":"2023-11-20T04:34:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/surxondaryodagi-qoshimcha-imkoniyatlar-va-vazifalar-muhokama-qilindi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Surxondaryodagi qo\u2018shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/2b563675-33b1-6280-9d54-d7f9999ea24b_lists_slider_6870.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41694"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=41694"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41699,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41694\/revisions\/41699"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/41695"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=41694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=41694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=41694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}