{"id":41173,"date":"2023-11-09T16:53:02","date_gmt":"2023-11-09T11:53:02","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=41173"},"modified":"2023-11-09T16:53:02","modified_gmt":"2023-11-09T11:53:02","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Bosh kotib!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz!<\/p>\n<p>Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo\u2018lida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo\u2018lgan qat\u2019iy intilishimizning yaqqol dalilidir.<\/p>\n<p>Bugun ko\u2018z o\u2018ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma\u2019noda o\u2018zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Bu murakkab jarayonlarda o\u2018zining katta o\u2018rniga ega bo\u2018lgan Tashkilotimiz davlatlari birgalikda hamjihat bo\u2018lib harakat qilishi, vujudga kelayotgan xavf-xatarlarga qarshi samarali yechimlar topishi muhimdir.<\/p>\n<p><strong>\u201cHamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari\u201d\u00a0<\/strong>shiori ostida o\u2018tayotgan sammitimizda siz, aziz hamkasblarim bilan ko\u2018p tomonlama aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqish va eng dolzarb masalalar bo\u2018yicha batafsil fikr almashamiz.<\/p>\n<p>Barchangizga bugungi tadbirimizda ishtirok etayotganingiz va o\u2018zaro manfaatli munosabatlarimiz ravnaqiga qo\u2018shayotgan ulkan hissangiz uchun alohida tashakkur bildiraman.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni Tashkilotimizdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Ozarbayjon raisligi doirasida<strong>\u00a0\u201cYashil o\u2018tish va o\u2018zaro bog\u2018liqlik yili\u201d<\/strong>da o\u2018tkazilgan qator tadbir va tashabbuslar amaliy sherikligimizni kengaytirishga salmoqli hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda Tashkilotimizga raislik qiladigan Eron Islom Respublikasining mintaqaviy savdoni rivojlantirish orqali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasidagi reja va maqsadlarini to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bundan roppa-rosa ikki yil oldin Ashxobod shahrida Tashkilotimizning o\u2018n beshinchi sammitini muvaffaqiyatli o\u2018tkazgan edik. Turkmanistondagi yig\u2018ilishimizda qabul qilingan muhim qarorlar tuzilmamiz faoliyatiga yangi nafas olib kirdi.<\/p>\n<p>Tashkilotni isloh qilish va uning samaradorligini oshirish, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish bo\u2018yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, transport vazirlarimiz qabul qilgan Toshkent deklaratsiyasining muhim ahamiyatini alohida qayd etmoqchiman.<\/p>\n<p>Boku shahrida Toza energiya markazini tashkil etish va mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish masalasi bo\u2018yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Ekologiya sohasida yuqori darajadagi muloqot platformasi tuzildi. Turizm hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida birinchi bor Tashkilot turoperatorlari tarmog\u2018i yaratildi va Xavfsiz turizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Tashkilotimiz a\u2019zolarini mushtarak tarix va muqaddas islom dinimiz, boy madaniyat va o\u2018xshash qadriyatlar chambarchas bog\u2018lab turadi.<\/p>\n<p>Yarim milliard aholi yashaydigan keng mintaqamiz savdo-iqtisodiy, sanoat, investitsiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u2018ra, jahondagi global inqirozga qaramasdan, bizning iqtisodiyotlarimiz barqaror o\u2018sish sur\u2019atlarini namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda ortga qaytmas islohotlar jadal amalga oshirilayotganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yanada yuksaltirishga asosiy e\u2019tiborni qaratyapmiz.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonda so\u2018nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim barobar ko\u2018paydi. 2030-yilga qadar ushbu iqtisodiy ko\u2018rsatkichni yana ikki barobarga oshirishni mo\u2018ljallayapmiz. Bunga, avvalo, \u201cyashil\u201d iqtisodiyot va zamonaviy infratuzilmani barpo etish, xususiy sektorni rag\u2018batlantirish va yangi ish o\u2018rinlari yaratish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hisobidan erishish ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada xalqaro maydonda o\u2018z ovozi va nufuziga ega Tashkilotimizning barcha a\u2019zolari bilan samarali ishlashga tayyormiz. Zero, yaqin va yaxshi qo\u2018shni bo\u2018lgan mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari bir-birini to\u2018ldira oladi. Umumiy savdo-transport koridorlari va energetika tarmoqlari esa davlatlarimizni uzviy bog\u2018laydi. Biz yangi \u201co\u2018sish nuqtalari\u201dni birgalikda izlab topish orqali kelgusida salmoqli natijalarga albatta erishamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Tashkilotimizning asosiy hujjati bo\u2018lgan \u201cIstiqbollar \u2013 2025\u201d ijrosini sarhisob qilishni qo\u2018llab-quvvatlaydi. Hozircha ishga solinmayotgan katta imkoniyatlarning chuqur tahlili asosida Tashkilotimizning kelajakdagi ustuvor soha va tarmoqlarini belgilab beruvchi\u00a0<strong>\u201cIqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari \u2013 2035\u201d<\/strong>\u00a0konseptual hujjatini ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Ushbu muhim hujjatda quyidagi asosiy yo\u2018nalishlarga e\u2019tibor qaratish lozim.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan,\u00a0<\/strong>o\u2018zaro savdoni rag\u2018batlantirish. O\u2018tgan yili mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi savdo ko\u2018rsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Tashkilotga a\u2019zo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizi demakdir. Afsuski, imtiyozli savdo bitimini tuzish bo\u2018yicha ko\u2018p yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. To\u2018siqsiz savdoni shakllantirish yo\u2018lida hali-hamon ko\u2018plab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Bu holatlarni ochiq tan olishimiz va ularni ijobiy tomonga o\u2018zgartirish uchun vaziyatga yangicha qarash bilan yondashish kerak. Shu munosabat bilan ekspertlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida savdoni soddalashtirish to\u2018g\u2018risidagi bitimni qabul qilishga chaqiraman.<\/p>\n<p>Ushbu hujjatda tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif to\u2018siqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko\u2018ra, bu chora-tadbirlar orqali 2035-yilga borib o\u2018zaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar ko\u2018paytirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan,\u00a0<\/strong>o\u2018zaro transport-kommunikatsiya bog\u2018liqligini kuchaytirish. A\u2019zo davlatlarning aksariyati dengizga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu bilan birga, Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarining yirik bozorlari bilan bog\u2018laydigan va bizning hududlarimiz orqali o\u2018tadigan transkontinental transport yo\u2018laklari salohiyatidan to\u2018liq foydalanishimiz zarur.<\/p>\n<p>Kelgusida \u201cXitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston\u201d va Transafg\u2018on multimodal yo\u2018llarining ishga tushirilishi barcha a\u2019zo davlatlar manfaatlariga mos keladi.<\/p>\n<p>Toshkentda 2-noyabrda bo\u2018lib o\u2018tgan transport vazirlarining yig\u2018ilishida \u201cO\u2018zbekiston \u2013 Turkmaniston \u2013 Eron \u2013 Turkiya\u201d transport yo\u2018lagini rivojlantirish bo\u2018yicha qabul qilingan hujjatga boshqa a\u2019zolarni ham qo\u2018shilishga, o\u2018zaro tarif va yig\u2018imlarni maqbullashtirishga chaqiraman.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, O\u2018zbekiston Ozarbayjon va Turkiya bilan yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirdi, shuningdek, boshqa davlatlar bilan bunday loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Bu kabi zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish hamda samarali muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan,<\/strong>\u00a0sanoat kooperatsiyasi hamda ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, industrial xablarni shakllantirish.<\/p>\n<p>Biz o\u2018zaro investitsiyalar oqimini ko\u2018paytirish, ularni himoya qilish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo\u2018yicha Qo\u2018shma harakatlar dasturini ishlab chiqib, Tashkilotimiz Kotibiyatiga taqdim etdik. Mazkur hujjatda kimyo, energetika, geologiya, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika va qurilish sohalarida yangi qo\u2018shma loyihalarni ilgari surish maqsad qilib qo\u2018yilgan. Bu ezgu yo\u2018lda Tashkilotning Savdo va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Kecha Toshkentda o\u2018tgan Savdo-sanoat palatalari va ko\u2018plab kompaniyalarimiz rahbarlari ishtirokidagi beshinchi biznes-forum xususiy sektorda katta salohiyatga ega ekanimizni yaqqol ko\u2018rsatdi. Biz Tashkilotimiz doirasida hududlararo sanoat ko\u2018rgazmasini tashkil etish va uning dastlabki tadbirini 2024-yilda yurtimizda o\u2018tkazish taklifini ilgari suramiz.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong>\u00a0energetika xavfsizligini kafolatli ta\u2019minlash. Milliy energetika strategiyalarini uyg\u2018unlashtirish, mintaqalararo energiya resurslarini uzatish tarmoqlarini rivojlantirish, \u201cyashil\u201d energetika texnologiyalarini keng joriy etishning ahamiyati oshmoqda.<\/p>\n<p>Biz Tashkilotning energetika sohasida hamkorlik strategiyasining asosiy yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida keng ko\u2018lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz. 2030-yilgacha 25 gigavatt quvvatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratishni va balansimizda ularning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Shu yilning o\u2018zida 2 gigavatt quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiryapmiz. Shuningdek, \u201cyashil vodorod\u201d ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlarni qo\u2018ymoqdamiz. Ushbu yo\u2018nalishlarda barcha davlatlar bilan ochiq muloqot va tajriba almashishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish va ishlarni tizimli asosda olib borish uchun Tashkilotimiz doirasida alohida Energetika vazirlari kengashini ta\u2019sis etishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan,\u00a0<\/strong>iqlim o\u2018zgarishlariga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo\u2018yicha aloqalarni jadallashtirish. Hozirgi vaqtda bizning davlatlarimiz bu o\u2018tkir muammolarning og\u2018ir oqibatlariga duch kelmoqda. Muzliklarning erishi, suv resurslari taqchilligi, cho\u2018llanish, chang bo\u2018ronlari, tuproq yemirilishi va biologik xilma-xillikning yo\u2018qolishi kabi jarayonlar qattiq xavotir uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n<p>Tuzilmamiz doirasida Ekologiya masalalari bo\u2018yicha yuqori darajali platforma yaratish bo\u2018yicha g\u2018oyamizni qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur izhor etaman. Uning birinchi anjumanini 2024-yili Samarqand iqlim forumi doirasida tashkil etishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, kelgusi haftada yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho\u2018llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha qo\u2018mita yig\u2018ilishida vakillaringizni faol ishtirok etishga chorlaymiz. Hozirgi vaqtda tobora jiddiy muammoga aylanib borayotgan qum-chang bo\u2018ronlariga qarshi kurashish maqsadida Samarqand deklaratsiyasini qo\u2018llab-quvvatlashga chaqiramiz.<\/p>\n<p><strong>Oltinchidan,\u00a0<\/strong>turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish. Yaqinda 140 dan ortiq davlatlar ishtirokida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasi mintaqamiz sayyohlik salohiyatiga butun dunyo e\u2019tiborini jalb etish borasida tarixiy voqea bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Tashkilot makonida YUNESKOning 90 ga yaqin Butunjahon merosi obyektlari joylashgan bo\u2018lib, mamlakatlarimizga har yili salkam 80 million xorijiy sayyohlar tashrif buyurmoqda.<\/p>\n<p>Transchegaraviy yo\u2018nalishlar tobora ommalashayotganini hisobga olib, qo\u2018shma turistik marshrutlarni joriy etish hamda \u201cIpak yo\u2018li\u201d sayyohlik brendi ostida umumiy sayyohlik dasturlarini ko\u2018paytirishni taklif etaman.<\/p>\n<p>Tashkilotimiz Kotibiyati huzurida a\u2019zo mamlakatlarning turizm ma\u2019muriyatlari va yetakchi ekspertlardan iborat alohida Turizm bo\u2018yicha maslahat qo\u2018mitasini tashkil etish taklifini bildirmoqchiman. Uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Tashkilotimizning turizm poytaxti deb e\u2019lon qilingan Shahrisabz shahrida o\u2018tkazishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, a\u2019zo davlatlarni Samarqandda ochilgan Butunjahon turizm tashkilotining Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqiramiz.<\/p>\n<p><strong>Yettinchidan,<\/strong>\u00a0madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish orqali do\u2018st xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish. Har yili mamlakatlarimizda navbat bilan Madaniyat, san\u2019at va kino haftaliklarini o\u2018tkazib borish, yoshlarning ijodiy festivallari va innovatsion hamkorlik platformasini yo\u2018lga qo\u2018yish, fundamental ilmiy yo\u2018nalishlarda o\u2018zaro hamkorlikni kuchaytirish aloqalarimiz rivojiga kuchli turtki bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushi barchamizda katta tashvish uyg\u2018otmoqda. Ming afsuski, bu qonli nizo oqibatida avvalo, tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko\u2018plab qurbon bo\u2018lmoqda. Urushning mintaqa bo\u2018ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda.<\/p>\n<p>Qarama-qarshilikning keng ko\u2018lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to\u2018xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz.<\/p>\n<p>Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya\u2019ni, o\u2018zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat\u2019iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, bugungi sammit Tashkilotimiz a\u2019zolaridan biri bo\u2018lgan Afg\u2018oniston ishtirokisiz o\u2018tayotganiga diqqatingizni qaratmoqchiman.<\/p>\n<p>Asrlar davomida bizga yon qo\u2018shni bo\u2018lgan ko\u2018pmillatli Afg\u2018oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg\u2018iz qoldirib bo\u2018lmaydi. Ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir.<\/p>\n<p>Barchangizni afg\u2018on xalqiga gumanitar yordam ko\u2018rsatishni ko\u2018paytirishga, ushbu mamlakatdagi o\u2018tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas\u2019uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqiraman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Nutqimning yakunida alohida ta\u2019kidlamoqchimanki, bugungi tarixiy sammit va uning natijalari Tashkilotimizni samarali va ta\u2019sirchan tuzilmaga aylantirishga, ko\u2018pqirrali sherikligimizni yangi marralarga olib chiqishiga ishonaman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib! Anjuman ishtirokchilari! Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman. O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo\u2018lida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo\u2018lgan qat\u2019iy intilishimizning yaqqol dalilidir. Bugun ko\u2018z o\u2018ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma\u2019noda o\u2018zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41170,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib! Anjuman ishtirokchilari! Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman. O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo\u2018lida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo\u2018lgan qat\u2019iy intilishimizning yaqqol dalilidir. Bugun ko\u2018z o\u2018ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma\u2019noda o\u2018zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-11-09T11:53:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/672296dc-af24-f052-733c-5afda9c0b538_lists_6846.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-11-09T11:53:02+00:00\",\"dateModified\":\"2023-11-09T11:53:02+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib! Anjuman ishtirokchilari! Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman. O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo\u2018lida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo\u2018lgan qat\u2019iy intilishimizning yaqqol dalilidir. Bugun ko\u2018z o\u2018ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma\u2019noda o\u2018zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-11-09T11:53:02+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/672296dc-af24-f052-733c-5afda9c0b538_lists_6846.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"8 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-11-09T11:53:02+00:00","dateModified":"2023-11-09T11:53:02+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-on-oltinchi-sammitidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o\u2018n oltinchi sammitidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/672296dc-af24-f052-733c-5afda9c0b538_lists_6846.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41173"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=41173"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41173\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41174,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41173\/revisions\/41174"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/41170"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=41173"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=41173"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=41173"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}