{"id":40035,"date":"2023-10-21T11:05:26","date_gmt":"2023-10-21T06:05:26","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=40035"},"modified":"2023-10-31T12:09:01","modified_gmt":"2023-10-31T07:09:01","slug":"ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Muhtaram<\/strong>\u00a0<strong>vatandoshlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo\u2018lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o\u2018tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda o\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi o\u2018rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz milliy o\u2018zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug\u2018 kelajagimizni ta\u2019minlashning eng muhim omili, deb bilamiz. Shu ezgu maqsad yo\u2018lidagi amaliy harakatlarimiz tufayli jamiyatimiz hayotida davlat tilining qo\u2018llanish doirasi tobora kengayib, u xalq dilining chinakam ko\u2018zgusiga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, keyingi yillarda o\u2018zbek tili nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchamizga g\u2018urur-iftixor bag\u2018ishlash bilan birga, dunyoda ona tilimizni o\u2018rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli<\/strong>\u00a0<strong>yurtdoshlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi quvonchli ayyomda jahondagi qadimiy va boy tillardan biri bo\u2018lgan o\u2018zbek tilining obro\u2018-e\u2019tibori va nufuzini yuksaltirish bo\u2018yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz haqida so\u2018z yuritib, kelgusidagi muhim vazifalarimizni belgilab olishimiz tabiiydir.<\/p>\n<p>Bu haqda gapirganda, avvalo, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyati zamon talablari asosida tashkil etilib, barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish sifatini yaxshilash, xususan, axborot-kommunikatsiya yo\u2018nalishida uni faol qo\u2018llash borasida ijobiy natijalarga erishilayotganini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, har qanday tilni o\u2018rganish va rivojlantirishda, birinchi navbatda, uning nazariy-metodik asoslari katta o\u2018rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda \u201cO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201d, \u201cAlisher Navoiy qomusi\u201d, \u201cZahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi\u201d, \u201cFalsafa\u201d qomusiy lug\u2018ati, \u201cO\u2018zbekiston yuridik ensiklopediyasi\u201d, \u201cIslom ensiklopediyasi\u201d, \u201cMa\u2019naviyat: asosiy tushunchalar lug\u2018ati\u201d, \u201cPedagogika: ensiklopediya\u201d, \u201cTarix atamalari lug\u2018ati\u201d, \u201cAdabiyotshunoslik lug\u2018ati\u201d, \u201cYuridik atamalar lug\u2018ati\u201d kabi 40 dan ziyod fundamental kitoblar nashr etilgani bu yo\u2018ldagi muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Shular qatorida o\u2018zbek tilining elektron milliy korpusi va dasturiy mahsulotlarning o\u2018zbekcha ilovalarini yaratish, o\u2018zbek tilini Internet tarmog\u2018ida ommalashtirish va munosib o\u2018rin egallashini ta\u2019minlash, davlat tilini o\u2018rgatishga hamda matn tahririga mo\u2018ljallangan dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish bo\u2018yicha ham jiddiy ishlar olib borilayotganini qayd etish zarur.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda o\u2018zbek tili va adabiyoti yo\u2018nalishida oliy ma\u2019lumotli kadrlar tayyorlash hajmi hamda ilmiy tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Hozirgi kunda jami 33 ta oliygohda ushbu mutaxassislik bo\u2018yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta\u2019lim muassasalarida 7 ming nafardan ziyod fan nomzodlari va doktorlari, professor-o\u2018qituvchilar o\u2018zbek tili va adabiyotidan dars bermoqda.<\/p>\n<p>Agar 1992\u20132012-yillarda, ya\u2019ni 20 yil mobaynida bu ixtisoslik bo\u2018yicha 730 ta ilmiy ish himoya qilingan bo\u2018lsa, so\u2018nggi 10 yilda bu raqam 792 tani tashkil etdi.<\/p>\n<p>Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o\u2018zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o\u2018rgatish va malaka oshirish markazida vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o\u2018zbek adabiy tili me\u2019yorlari va imlo qoidalari bo\u2018yicha muntazam o\u2018qitilmoqda.<\/p>\n<p>Universitetda tashkil etilgan \u201cO\u2018zbek maktabi\u201dda esa yuzlab xorijlik fuqarolar ona tilimiz va milliy madaniyatimiz asoslarini katta qiziqish bilan o\u2018rganmoqda. Bu borada keyingi yillarda nashr etilgan o\u2018zbekcha-xitoycha, o\u2018zbekcha-inglizcha, o\u2018zbekcha-fransuzcha, o\u2018zbekcha-nemischa, o\u2018zbekcha-arabcha, o\u2018zbekcha-forscha lug\u2018at va so\u2018zlashgichlar muhim rol o\u2018ynamoqda.<\/p>\n<p>Lotin grafikasi asosidagi alifbomizni takomillashtirish ishlari ham davom etmoqda. Ushbu masala yuzasidan xalqimiz, jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar jiddiy o\u2018rganilib, muhokamadan o\u2018tganidan so\u2018ng tegishli qonun loyihasini yana bir bor ko\u2018rib chiqib, parlamentga kiritish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p><strong>Aziz<\/strong>\u00a0<strong>do\u2018stlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Biz davlat tili taraqqiyotini jahondagi yetakchi xorijiy tillar va mamlakatimizdagi turli millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog\u2018liq holda ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Bugungi kunda yurtimizda ta\u2019lim 7 tilda olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud 1453 ta ommaviy axborot vositasi hamda yuzlab veb-saytlar orqali qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, koreys, turk, arab, ingliz, nemis va boshqa tillarda ham materiallar e\u2019lon qilinmoqda.<\/p>\n<p>Biz O\u2018zbekistonni tenglik, do\u2018stlik va bag\u2018rikenglik diyoriga aylantirish maqsadida turli millatga mansub fuqarolarimizning til sohasidagi huquqlarini ta\u2019minlashga qaratilgan ishlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram<\/strong>\u00a0<strong>yurtdoshlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018tgan asr boshlarida ma\u2019rifatparvar jadid bobolarimiz \u201cTilda, fikrda, ishda birlik\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida maydonga chiqib, xalqimizni mustamlaka zulmidan xalos qilish, uni zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar va madaniyatga oshno etish bo\u2018yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan edilar.<\/p>\n<p>Ana shunday mushtarak maqsadlar, umummilliy birlik va ahillik bugun biz uchun har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi o\u2018ta keskin va tahlikali zamonda faqatgina shu asosda o\u2018z milliy manfaatlarimizni qat\u2019iy himoya qilishga, jumladan, ona tilimizni asrab-avaylash va boyitish, uni ilm-fan, iqtisodiyot, ta\u2019lim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya, diplomatiya va boshqa muhim yo\u2018nalishlarda ta\u2019sirchan muloqot vositasiga aylantirib, taraqqiyot sur\u2019atlariga uyg\u2018un holda rivojlantirishga, xalqaro nufuzini munosib darajaga ko\u2018tarishga erisha olamiz.<\/p>\n<p>Binobarin, ulug\u2018 shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, \u201cOna tili \u2013 umummillat mulki. Demak, til oldidagi mas\u2019uliyat ham umummilliy bo\u2018lib, bu yolg\u2018iz tilshunoslarning emas, butun millatning ishi\u201d ekanini doimo yodda tutishimiz lozim.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, ana shu haqiqatni chuqur anglab, bu yo\u2018lda sidqidildan xizmat qilayotgan, o\u2018zbek tilining haqiqiy fidoyisi va do\u2018sti bo\u2018lgan barcha zahmatkash va jonkuyar insonlarga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Qadrli<\/strong>\u00a0<strong>vatandoshlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Siz, azizlarni, butun xalqimizni 21-okt\u0430br \u2013 O\u2018zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog\u2018lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik tilayman.<\/p>\n<p>Mana shunday buyuk ma\u2019naviy boylikni yaratgan xalqimiz doimo omon bo\u2018lsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shavkat<\/strong>\u00a0<strong>Mirziyoyev,\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018zbekiston<\/strong>\u00a0<strong>Respublikasi<\/strong>\u00a0<strong>Prezidenti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhtaram\u00a0vatandoshlar!\u00a0 Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo\u2018lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o\u2018tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir. Mamlakatimizda o\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi o\u2018rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":40036,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Muhtaram\u00a0vatandoshlar!\u00a0 Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo\u2018lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o\u2018tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir. Mamlakatimizda o\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi o\u2018rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-10-21T06:05:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-10-31T07:09:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/2b60e94d-ccb1-95d0-17ed-5e94f204f484_lists_25537.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1200\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"662\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-10-21T06:05:26+00:00\",\"dateModified\":\"2023-10-31T07:09:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Muhtaram\u00a0vatandoshlar!\u00a0 Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo\u2018lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o\u2018tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir. Mamlakatimizda o\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi o\u2018rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-10-21T06:05:26+00:00","article_modified_time":"2023-10-31T07:09:01+00:00","og_image":[{"width":1200,"height":662,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/2b60e94d-ccb1-95d0-17ed-5e94f204f484_lists_25537.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/","name":"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-10-21T06:05:26+00:00","dateModified":"2023-10-31T07:09:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-xalqiga-bayram-tabrigi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston xalqiga bayram tabrigi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/2b60e94d-ccb1-95d0-17ed-5e94f204f484_lists_25537.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40035"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=40035"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40035\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40123,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40035\/revisions\/40123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/40036"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=40035"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=40035"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=40035"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}