{"id":39105,"date":"2023-10-17T17:50:57","date_gmt":"2023-10-17T12:50:57","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=39105"},"modified":"2023-10-17T17:50:57","modified_gmt":"2023-10-17T12:50:57","slug":"ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Uchrashuv avvalida Prezidentimiz taklif va ko\u2018rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda \u201cBir makon, bir yo\u2018l\u201d tashabbusining o\u2018n yillik yubileyi bilan dildan qutladi.<\/p>\n<p>\u2013 \u201cMakon va yo\u2018l\u201d tashabbusi qisqa tarixiy davr ichida umumiy taraqqiyot va ravnaqqa erishish yo\u2018lidagi hamkorlik uchun muhim, inklyuziv va ochiq platformaga aylandi.<\/p>\n<p>XXR Raisining \u201cYashil ipak yo\u2018li\u201d tashabbusi ilk bor 2016-yilda O\u2018zbekistonda bildirilgani chuqur ramziy ma\u2019noga ega, &#8211; dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Xitoy bilan ko\u2018p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qat\u2019iy intilishi alohida ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Har tomonlama strategik sheriklikni yangi davrda rivojlantirish bo\u2018yicha besh yillik dastur amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil bajarilayotgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib, asosiy masalalar borasida tomonlar bir-birini qo\u2018llab-quvvatlayotgani alohida mamnuniyat bilan ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda Xitoy investitsiyalari hajmi besh barobar, qo\u2018shma korxonalar soni uch barobar ko\u2018paydi. Joriy yil boshidan buyon o\u2018zaro savdo hajmi 36 foizga oshdi. Yil yakunigacha ushbu ko\u2018rsatkich 10 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Tovar ayirboshlashni yaqin besh yilda 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha asoslar borligi haqida yakdil fikr bildirildi.<\/p>\n<p>Xitoy kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida yuksak texnologiyalar, muqobil energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika tarmoqlarida, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo\u2018nalishlarda bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yuqori qo\u2018shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko\u2018paytirishdan manfaatdorligi bildirildi.<\/p>\n<p>Xitoyning yetakchi banklari va \u201cIpak yo\u2018li\u201d fondi bilan samarali hamkorlikka yuqori baho berildi.<\/p>\n<p>Hududlararo aloqalar faollashgani qayd etildi. Yil boshidan O\u2018zbekistonga Shinjon-Uyg\u2018ur avtonom hududi, Shensi, Shandun, Szyansu va Szyansi muzofotlari delegatsiyalari tashrif buyurdi.<\/p>\n<p>Xitoyning kambag\u2018allikka qarshi kurashish tajribasini o\u2018rganish va joriy etish borasida samarali tajriba almashish va amaliy hamkorlik qilishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Barcha kelishuvlar ijrosining borishini ko\u2018rib chiqish maqsadida Hukumatlararo qo\u2018mitaning navbatdagi yig\u2018ilishini o\u2018tkazish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Yetakchilar madaniyat, ta\u2019lim va turizm sohalarida qizg\u2018in hamkorlikni yuksak baholadilar. Xitoy 2023-yilni \u201cMarkaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san\u2019ati yili\u201d deb e\u2019lon qilish tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Yaqinda Xanchjoudagi Ipak milliy muzeyida O\u2018zbekistonning taqdimoti bo\u2018lib o\u2018tdi. Pekindagi \u201cGugun\u201d saroyi muzeyida \u201cMakon va yo\u2018l\u201d tashabbusi doirasidagi Arxeologik hamkorlik ko\u2018rgazmasida tarixiy merosimiz ekspozitsiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Oktyabr oyi oxirida O\u2018zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari, kelgusi yil bahorida esa Xitoyda O\u2018zbekiston madaniyati kunlarini o\u2018tkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda, ayniqsa yoshlar orasida xitoy tilini o\u2018rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutining samarali faoliyati bunga katta hissa qo\u2018shmoqda. Xitoy tilini o\u2018qitishni va yosh olimlar o\u2018rtasidagi almashinuvni kengaytirish rejalari belgilab olindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Toshkentda Xitoyning yetakchi Sinxua universiteti va Pekin universiteti filiallarini ochishni taklif qildi.<\/p>\n<p>Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p>\u201cYagona Xitoy\u201d siyosati hamda \u201cuch yovuz kuch\u201dga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya o\u2018zgarmas ekani tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni qabul qilishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari XXR Raisini tashrif bilan O\u2018zbekistonga kelishga taklif etdi.<\/p>\n<p>Uchrashuv har doimgidek ishonchli, ochiq va do\u2018stona ruhda o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o\u2018tkazdi. O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz taklif va ko\u2018rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. O\u2018zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39106,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o\u2018tkazdi. O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz taklif va ko\u2018rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. O\u2018zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-10-17T12:50:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/318c93c7-04bc-7679-add2-26c59b143a0c_lists_slider_6770.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-10-17T12:50:57+00:00\",\"dateModified\":\"2023-10-17T12:50:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o\u2018tkazdi. O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz taklif va ko\u2018rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. O\u2018zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-10-17T12:50:57+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/318c93c7-04bc-7679-add2-26c59b143a0c_lists_slider_6770.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"3 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/","name":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-10-17T12:50:57+00:00","dateModified":"2023-10-17T12:50:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-va-xitoy-yetakchilari-har-tomonlama-strategik-sheriklik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlash-masalalarini-muhokama-qildilar\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/318c93c7-04bc-7679-add2-26c59b143a0c_lists_slider_6770.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39105"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39105"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39105\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39110,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39105\/revisions\/39110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/39106"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39105"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39105"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39105"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}