{"id":39037,"date":"2023-10-16T21:02:37","date_gmt":"2023-10-16T16:02:37","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=39037"},"modified":"2023-10-17T10:03:47","modified_gmt":"2023-10-17T05:03:47","slug":"39037","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/39037\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli Bosh kotib janoblari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiya rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman.<\/p>\n<p>Tashkilotimizning yubiley yig\u2018ilishi Buyuk ipak yo\u2018lining durdonasi, Yangi O\u2018zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo\u2018lgan ushbu qadimiy shaharda o\u2018tkazilayotgani chuqur ramziy ma\u2019noga ega.<\/p>\n<p>Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G\u2018arbni o\u2018zaro bog\u2018laydigan, savdo, ilm-fan va madaniyatning chinakam markazi bo\u2018lib kelgan. Mashhur Rimga tengdosh bo\u2018lgan ushbu boqiy zamin ulkan saltanatlar poytaxti, ulug\u2018 alloma va mutafakkirlar, aziz avliyo zotlar kamol topgan yurt sifatida bizga hamisha g\u2018urur bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>\u201cYer yuzining sayqali\u201d deya shuhrat qozongan, Sharqning ikki buyuk Uyg\u2018onish davri rivojiga ulkan hissa qo\u2018shgan Samarqand bugungi kunda jahonning zamonaviy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Nufuzli xalqaro tadbirimizning aynan bu azim shaharda tashkil etilayotgani ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Xush kelibsiz ko\u2018hna va hamisha navqiron Samarqandga, aziz mehmonlar!<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari insonlarning dunyo bo\u2018ylab erkin harakatlanishiga keng imkoniyatlar eshigini ochdi.<\/p>\n<p>Butunjahon turizm kengashi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, koronavirus pandemiyasidan avval jahon yalpi mahsulotining taxminan 10 foizi, eksportining esa 7 foizi sayyohlik sektoriga to\u2018g\u2018ri kelgan.<\/p>\n<p>Afsuski, pandemiya ushbu tarmoqqa jiddiy zarba berdi. Natijada turizm eksporti daromadlari sezilarli darajada qisqardi, millionlab ish o\u2018rinlari yo\u2018qotildi.<\/p>\n<p>Butunjahon turizm tashkiloti va sizlar vakillari bo\u2018lgan davlatlar hukumatlari tomonidan olib borilgan tizimli ishlar natijasida bugungi kunda global turizm qayta oyoqqa turmoqda. Barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatlari va yaqin hamkorligi tufayli ushbu tarmoq yangi muammo va tahdidlar qarshisida o\u2018zining moslashuvchan va barqarorligini namoyish etmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili dunyo miqyosida salkam bir milliard turist xorijga sayohat qildi. Bu pandemiyaga qadar bo\u2018lgan ko\u2018rsatkichning salkam 70 foizini tashkil etdi. Joriy yilda ushbu raqam yanada o\u2018sishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Ko\u2018plab davlatlar hozirgi murakkab vaziyatda o\u2018z iqtisodiyotini tiklash va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda turizm sohasiga tayanmoqda. Global raqobat muhiti kuchaymoqda. Bu albatta bejiz emas: sohaga kiritilayotgan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltirishini barchangiz yaxshi bilasiz.<\/p>\n<p>Yaratilayotgan har bir yangi ish o\u2018rni esa boshqa tarmoqlarda yana 2 ta ish joyini hosil qilishga imkon beradi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, turizm mamlakatlarimizning umumiy farovonligi va barqaror taraqqiyotini ta\u2019minlashning muhim omilidir, desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Ayni paytda, u jahon xalqlari o\u2018rtasida madaniy almashuvlarni kuchaytiradigan, bag\u2018rikenglik tamoyillarini mustahkamlaydigan qudratli vositadir.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz Tashkilotimizning turizmni dunyoning barcha mintaqalarida jadal rivojlantirish va uni jahon iqtisodiyoti drayverlaridan biriga aylantirish yo\u2018lidagi faol sa\u2019y-harakatlarini to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Uning sohadagi yangicha yondashuvlari, xizmatlar sifatini keskin oshirish bo\u2018yicha aniq chora-tadbirlari hamda infratuzilma loyihalariga katta urg\u2018u berayotgani tahsinga sazovordir.<\/p>\n<p>Ayniqsa, Tashkilotning global kun tartibida turizmning asosiy o\u2018rin egallashi, ta\u2019lim salohiyatini oshirish, kambag\u2018allikni qisqartirishda sayyohlik sohasi ulushini oshirish, ko\u2018p tomonlama sheriklik aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan intilishlari barchamizning mushtarak maqsadlarimiz bilan uyg\u2018undir.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, so\u2018nggi yillarda Butunjahon turizm tashkiloti Yangi O\u2018zbekistonning sayyohlik salohiyatini to\u2018liq ro\u2018yobga chiqarishda ishonchli va uzoq muddatli strategik hamkoriga aylandi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davrda mamlakatimiz uchun xavfsiz turizm bo\u2018yicha qo\u2018shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi, startap loyihalari amalga oshirilmoqda. Shaharlarimizda Tashkilotning mintaqaviy anjumanlari o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Yaxshi xabardorsizlar, biz so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda keng ko\u2018lamli, ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oshiryapmiz. Unda asosiy e\u2019tiborni demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishga qaratmoqdamiz.<\/p>\n<p>Olib borayotgan \u201cochiq eshiklar\u201d siyosatimizda turizm tarmog\u2018iga ustuvor ahamiyat beryapmiz.<\/p>\n<p>Salkam yuzta mamlakat fuqarolari uchun O\u2018zbekistonga vizasiz kirish tizimini qo\u2018llayapmiz. Yana 55 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi.<\/p>\n<p>Biz sayyohlik biznesining barcha turlarini yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratdik. Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdik, kredit va moliyaviy yordamni kuchaytirdik. Yangi mehmonxonalar qurish va xalqaro brendlarni jalb etish, sayyohlar oqimini ko\u2018paytirish uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Shu tufayli pandemiya cheklovlariga qaramasdan, biz ikki yil davomida 800 ta infratuzilma loyihasini amalga oshirdik.<\/p>\n<p>Birgina Samarqand shahrining o\u2018zida turistik infratuzilmani yaxshilash uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag\u2018 investitsiya sifatida kiritildi. Bugungi anjumanimiz o\u2018tkazilayotgan \u201cIpak Yo\u2018li\u201d sayyohlik markazi ana shunday yirik loyihalardan biridir.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, sayyohlar xavfsizligini ta\u2019minlash maqsadida turizm politsiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>\u201cAmirsoy\u201d qishki kurorti, \u201cAfsonalar vodiysi\u201d, \u201cZomin\u201d va \u201cChorvoq\u201d zonalari ko\u2018plab xorijiy sayyohlar e\u2019tiborini tortadigan xalqaro turizm maskanlariga aylandi.<\/p>\n<p>An\u2019anaviy turmush tarzi va noyob hunarmandchilikka ega bo\u2018lgan turizm qishloqlari tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mehmonxona o\u2018rinlari soni 140 mingtaga yetkazildi, 70 ta yangi sayyohlik marshruti ochildi, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi.<\/p>\n<p>Sayyohlik sohasida professional kadrlarni tayyorlashga katta e\u2019tibor beryapmiz. O\u2018zbekistondagi 35 ta oliy ta\u2019lim muassasasida xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.<\/p>\n<p>Samarqandda \u201cIpak yo\u2018li\u201d turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 19 ta mamlakatdan kelgan talabalar tahsil olmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar ko\u2018paydi. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar o\u2018sdi.<\/p>\n<p>Misol uchun, sayyohlar soni bu yil Yaponiyadan \u2013 5 barobar, Hindiston va Italiyadan \u2013 3,5 barobar, AQSHdan \u2013 2 barobarga ortdi.<\/p>\n<p>Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, joriy yilda mamlakatimizga jami 7 million sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu ko\u2018rsatkichni 2030 yilga borib 15 millionga, ichki turizm oqimini esa 25 millionga yetkazishni reja qilyapmiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Keng ko\u2018lamli ishlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan alohida e\u2019tirofga sazovor bo\u2018lmoqda. Jumladan, O\u2018zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining \u201ceng tez rivojlanayotgan turizm maskanlari\u201d ro\u2018yxatida, shuningdek, mashhur \u201cGellop\u201d ijtimoiy tadqiqot markazining \u201cSayyohlik uchun eng xavfsiz davlat\u201d reytingida yuqori o\u2018rinlarni egallab kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mamlakatimiz AQSHning \u201cNational geographic traveler awards\u201d ro\u2018yxatida \u201cYil yangiligi\u201d hamda \u201cGastronomik turizm\u201d nominatsiyalari g\u2018olibi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston o\u2018tgan yili \u201cJahon musulmon sayyohlari indeksi\u201dda \u201ceng kuchli sayohat yo\u2018nalishi\u201d sifatida tan olindi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz o\u2018z oldimizga juda katta maqsad va rejalarni qo\u2018yganmiz va bu borada sizlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. Jumladan, Turizmni kompleks rivojlantirish bo\u2018yicha 2030 yilgacha bo\u2018lgan strategiyani ishlab chiqmoqdamiz.<\/p>\n<p>Bu boradagi asosiy yo\u2018nalish sifatida zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratamiz.<\/p>\n<p>\u201cToshkent\u2013Samarqand\u201d va \u201cNavoiy\u2013Buxoro\u201d yo\u2018nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi, yurtimizda 600 kilometr qo\u2018shimcha temir yo\u2018llar quriladi.<\/p>\n<p>2025-yildan boshlab \u201cToshkent\u2013Xiva\u201d tezyurar poyezdi qatnovi yo\u2018lga qo\u2018yiladi, 2026-yildan esa ushbu yo\u2018nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cToshkent\u2013Samarqand\u201d va \u201cToshkent\u2013Andijon\u201d yo\u2018nalishlarida xususiy sheriklik asosida pullik avtomagistrallar quriladi. Natijada ushbu yo\u2018nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.<\/p>\n<p>2030-yilga qadar yana 56 ta zamonaviy avialayner olib kelamiz va aviaparkimizdagi samolyotlar sonini 100 taga yetkazamiz. Bundan tashqari, aviaqatnovlar soni 4 barobar oshiriladi. Barcha aeroportlarda \u201cochiq osmon\u201d rejimi joriy qilinadi, hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy sheriklik asosida yangilanadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, katta shahar va sayyohlar ko\u2018p boradigan manzillarda 30 ta yirik turizm klasterlari tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Biz yurtimizning madaniy turizm salohiyatini oshirishga ham katta e\u2019tibor qaratamiz.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud. YUN\u0415SKOning Butunjahon madaniy merosi ro\u2018yxatiga 200 dan ziyod moddiy va 6 ta nomoddiy obyektlarimiz kiritilgan.<\/p>\n<p>\u201cKo\u2018hna tarix durdonalari\u201d milliy dasturi doirasida turistlarni o\u2018ziga jalb qiladigan madaniy meros obyektlari soni 800 tadan 2,5 mingtaga yetkaziladi, 745 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinadi, 20 ta me\u2019moriy yodgorlikda \u201cochiq osmon ostidagi muzey\u201dlar tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatga keluvchilar sonini hozirgidan uch barobar ko\u2018proqqa oshiramiz. Ana shu ezgu maqsadda tabarruk ziyorat maskanlarining geografiyasi kengaytirilib, ularning yagona xaritasi yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Samarqandda ulug\u2018 mutafakkir bobomiz Imom Buxoriy hazratlari xotirasiga bag\u2018ishlab bunyod etilayotgan muhtasham me\u2019moriy majmua bu boradagi ulkan loyihalarimizdan biri bo\u2018lishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Mintaqamiz davlatlari bilan qo\u2018shma sayyohlik yo\u2018nalishlarini yaratish, Markaziy Osiyoda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, \u201cBir tur \u2013 butun mintaqa\u201d dasturini amalga oshirish diqqatimiz markazida bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Muxtasar aytganda, tibbiy, ekologik, gastronomik, etno, ekstremal va boshqa turizm yo\u2018nalishlarini rivojlantirish bo\u2018yicha olib borayotgan ishlarimiz hisobidan kelgusida kamida 1 millionta yangi ish joylari yaratishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Dunyo turizm industriyasining e\u2019tiborga molik yirik tadbiri \u2013 Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasining Samarqandda o\u2018tkazilishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta tarixiy voqeadir.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, ushbu anjuman Tashkilotimizga a\u2019zo mamlakatlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va unga yangi shiddat bag\u2018ishlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Aloqalarimizni har tomonlama chuqurlashtirish uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan,<\/strong>\u00a0global turizmning eng dolzarb muammosi \u2013 bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta\u2019minlashdir.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash lozimki, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va beqaror vaziyatlar soha rivojiga pandemiyadan ham ko\u2018ra ko\u2018proq salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Ming afsuski, bu jarayonlar oqibatida jozibador va an\u2019anaviy yo\u2018nalishlarda turizm salohiyati va sayyohlar soni keskin pasaymoqda, xavfsiz turizm uchun doimiy tusga ega bo\u2018lgan xatar va tahdidlar ortmoqda, ularning salbiy ta\u2019siri qo\u2018shni mintaqalarga ham tobora kengroq tarqalmoqda, butunjahon madaniy meros obyektlari va ko\u2018hna arxitektura yodgorliklari vayron qilinmoqda va hatto ayrimlari Yer yuzidan yo\u2018q bo\u2018lib ketmoqda.<\/p>\n<p>Bunday ayanchli holatlarning oldini olish uchun barchamiz hamjihat va yakdil bo\u2018lib, bor kuch va sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirishimiz kerak.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda, xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etaman.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan,<\/strong>\u00a0iqlim o\u2018zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda \u201cyashil\u201d turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarbdir.<\/p>\n<p>Shuningdek, Tashkilotimizning \u201cYashil\u201d turizmni joriy etish bo\u2018yicha eng yaxshi shahar\u201d nominatsiyasini ta\u2019sis etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Tashkilot ko\u2018magida yaqinda ish boshlagan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti hamda Samarqanddagi \u201cIpak yo\u2018li\u201d xalqaro universiteti hamkorligida Global \u201cyashil\u201d turizm startaplari laboratoriyasini yaratmoqchimiz.<\/p>\n<p>Biz eng yaxshi innovatsion yechimlarni yaratish maqsadida grant mablag\u2018larini ajratishga tayyormiz. Barcha a\u2019zo davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ushbu loyihaga qo\u2018shilishga taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan,<\/strong>\u00a0imkoniyati cheklangan sayyohlar uchun qulay sharoitlarni yanada kuchaytirish va inklyuziv turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida biz Tashkilotimiz doirasida 2025 yilni \u201cButun jahon inklyuziv turizm yili\u201d deb e\u2019lon qilish va maxsus deklaratsiya qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong>\u00a0Butunjahon turizm tashkiloti huzurida Sayyohlik bo\u2018yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p>Ushbu platforma madaniy meros obyektlariga sayyohlar oqimini ko\u2018paytirish, tarixiy yodgorliklarni asrash bo\u2018yicha eng ilg\u2018or tajribalar bilan almashish, tavsiya va samarali yechimlarni shakllantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Kengashning birinchi yig\u2018ilishini qadimiy Buxoro shahrida tashkil etishga tayyormiz.<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan,\u00a0<\/strong>bugun biz Samarqandda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan, dunyoda o\u2018xshashi yo\u2018q Butunjahon turizm tashkilotining Xalqaro turizm akademiyasini ochdik.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, ushbu Akademiya global ta\u2019lim xabiga aylanadi va jahon turizm sanoatini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n<p>Kelgusi o\u2018quv yilidan boshlab O\u2018zbekiston iqtidorli mutaxassislar uchun maxsus grantlarni taqdim etadi va davlatlaringiz vakillarini bu dasturda faol ishtirok etishga chaqiradi.<\/p>\n<p><strong>Oltinchidan,<\/strong>\u00a0Tashkilotimiz bilan yaqin hamkorlikda Jahon yoshlar turizmi sammitini Toshkentda o\u2018tkazish haqidagi tashabbusimizni qo\u2018llab-quvvatlaysiz, degan umiddaman.<\/p>\n<p>Aminmanki, ushbu forum yoshlarimiz uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g\u2018oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadi.<\/p>\n<p><strong>Yettinchidan,<\/strong>\u00a0\u201cIpak yo\u2018li\u201d brendini rivojlantirishga qo\u2018shgan hissasi uchun Tashkilotning maxsus xalqaro mukofotini ta\u2019sis etish tashabbusini bildiramiz.<\/p>\n<p>Ushbu rejani amalga oshirishda biz bugun Butunjahon turizm tashkiloti bilan hamkorlikda ochgan \u201cIpak yo\u2018lida turizm\u201d tematik ofisi faol shug\u2018ullanishi mumkin, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Yana bir masala. E\u2019tiboringizni turizm sohasining faol targ\u2018ibotchilari \u2013 jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillariga qaratmoqchiman.<\/p>\n<p>Tashkilotimiz qo\u2018shimcha platformalar yaratish orqali bu iqtidorli va jonkuyar ijodkorlarning katta kuch va salohiyatini birlashtirishda faol rol o\u2018ynashi lozim.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan yetakchi ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va eng yaxshi sayohat blogerlarini o\u2018zida birlashtiradigan Global media kampusinini tashkil etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Bunday media forumlarni har ikki yilda bir marta Tashkilot Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyalari doirasida o\u2018tkazish maqsadga muvofiqdir. Birinchi media kampusni yurtimizda qabul qilishga tayyormiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlar anjuman davomida Samarqandning qadimiy tarixi, boy madaniyati, uning betakror go\u2018zalligi, xalqimizning urf-odat va an\u2019analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo\u2018lasizlar.<\/p>\n<p>Bu azim shahar dunyoning barcha mintaqalaridan tashrif buyuradigan millionlab sayyohlarni o\u2018ziga jalb etayotgan Buyuk ipak yo\u2018lining chinakam javohiridir.<\/p>\n<p>Siz, azizlar, Samarqandni \u201cMadaniy turizmning xalqaro poytaxti\u201d deb e\u2019lon qilish va tegishli deklaratsiyani qabul qilishga doir tashabbusimizni qo\u2018llab-quvvatlaysiz, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Bu yuksak maqom asrlar bo\u2018yi o\u2018z tarovati va beqiyos merosini bezavol saqlab kelayotgan, bag\u2018rikengligi va mehmondo\u2018stligi bilan butun dunyoda shuhrat qozongan Samarqandning mo\u2018tabar nomiga har tomonlama munosib bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hech shubhasiz, bo\u2018lib o\u2018tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida qabul qilinadigan hujjatlar va kelishuvlar global turizm industriyasining jadal rivojlanishiga salmoqli hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n<p>Bosh Assambleya sessiyasi doirasida o\u2018tkaziladigan investitsiya va ta\u2019lim forumlari jahonning barcha turoperatorlari, oliygohlar va yirik kompaniyalarning o\u2018zaro muloqoti uchun samarali maydon bo\u2018lishiga aminman.<\/p>\n<p>Ushbu forumlarda barcha hududlarimiz o\u2018zlarining boy tarixiy va madaniy salohiyatini, sayyohlik imkoniyatlarini to\u2018liq namoyish qiladi hamda istiqbolli investitsiya loyihalari paketini taqdim etadi.<\/p>\n<p>Bu tadbirlarda sizlarni faol ishtirok etishga chaqiraman.<\/p>\n<p>Barchangiz Yangi O\u2018zbekistonni o\u2018zingiz uchun kashf etishingizga, ushbu tashrif qalblaringizda unutilmas taassurotlar qoldirishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Siz, aziz do\u2018stlarimiz uchun O\u2018zbekiston eshiklari hamisha ochiq va barchangiz biz uchun doimo qadrli mehmonsiz.<\/p>\n<p>Bosh Assambleya sessiyasining ishiga muvaffaqiyat va omadlar tilayman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman. Tashkilotimizning yubiley yig\u2018ilishi Buyuk ipak yo\u2018lining durdonasi, Yangi O\u2018zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo\u2018lgan ushbu qadimiy shaharda o\u2018tkazilayotgani chuqur ramziy ma\u2019noga ega. Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G\u2018arbni&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39014,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/39037\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman. Tashkilotimizning yubiley yig\u2018ilishi Buyuk ipak yo\u2018lining durdonasi, Yangi O\u2018zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo\u2018lgan ushbu qadimiy shaharda o\u2018tkazilayotgani chuqur ramziy ma\u2019noga ega. Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G\u2018arbni&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-10-16T16:02:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-10-17T05:03:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bd3eb4a0-5d1d-5193-e09d-dcf0ca5a8eba_lists_6763.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-10-16T16:02:37+00:00\",\"dateModified\":\"2023-10-17T05:03:47+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/39037\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman. Tashkilotimizning yubiley yig\u2018ilishi Buyuk ipak yo\u2018lining durdonasi, Yangi O\u2018zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo\u2018lgan ushbu qadimiy shaharda o\u2018tkazilayotgani chuqur ramziy ma\u2019noga ega. Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G\u2018arbni&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-10-16T16:02:37+00:00","article_modified_time":"2023-10-17T05:03:47+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bd3eb4a0-5d1d-5193-e09d-dcf0ca5a8eba_lists_6763.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"11 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-10-16T16:02:37+00:00","dateModified":"2023-10-17T05:03:47+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/39037\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bd3eb4a0-5d1d-5193-e09d-dcf0ca5a8eba_lists_6763.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39037"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39037"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39039,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39037\/revisions\/39039"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/39014"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}