{"id":37140,"date":"2023-09-20T08:59:18","date_gmt":"2023-09-20T03:59:18","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=37140"},"modified":"2023-09-20T08:59:18","modified_gmt":"2023-09-20T03:59:18","slug":"ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi"},"content":{"rendered":"<p>19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so\u2018zladi.<\/p>\n<p>Sessiya raisi Dennis Frensis boshchiligida o\u2018tayotgan munozaralarning birinchi kunida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, a\u2019zo mamlakatlar yetakchilari \u2013 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden, Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Luis Inasiu Da Silva, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog\u2018an, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa, Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o\u2018z nutqida hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo\u2018ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarurligini qayd etdi.<\/p>\n<p>\u2013 Biz o\u2018tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan \u201cSamarqand birdamlik tashabbusi\u201dni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas\u2019uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat, \u2013 dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan kelgusi yilda Kelajak sammiti o\u2018tkazilishi xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishga, Tashkilotning ta\u2019siri va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan keng ko\u2018lamli islohotlarga alohida to\u2018xtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo\u2018lmish Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish siyosatini qat\u2019iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz \u201cInson qadri va manfaatlari uchun\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo\u2018lidan dadil ilgari bormoqda, \u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda yangilangan Konstitutsiya bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan umumxalq referendumi milliy taraqqiyotimizning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab bergani qayd etildi. Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so\u2018z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqat yana bir bor tasdiqlandi. Shu huquqiy asosda qabul qilingan \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d taraqqiyot strategiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uyg\u2018undir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti mamlakatimiz global tahdidlarga qaramasdan, barqaror o\u2018sish sur\u2019atlarini namoyon etayotganini ta\u2019kidladi. So\u2018nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq ko\u2018paydi. Bosh maqsadi \u2013 2030 yilga qadar bu ko\u2018rsatkichni yana 2 barobarga oshirishdir.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo\u2018lidagi yana bir ustuvor vazifa \u2013 yaqin orada Jahon savdo tashkilotiga to\u2018laqonli a\u2019zo bo\u2018lish.<\/p>\n<p>Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatimizda 2017-yildan buyon kambag\u2018allik ikki barobarga kamaydi. 2030 yilgacha uni 7 foizga tushirish reja qilingan.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan \u201cIsh o\u2018rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori\u201d borasidagi tashabbusni qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Mazkur tashabbus doirasida tajriba almashish uchun 2024 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida \u201cIjtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo\u2018l\u201d butunjahon konferensiyasini yurtimizda o\u2018tkazishni taklif etaman, \u2013 dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish ishtirokchilarining e\u2019tibori mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga to\u2018liq barham berish borasida erishilgan natijalarga qaratildi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Bir asr mobaynida O\u2018zbekistonda millionlab insonlar paxta terimiga majburiy ravishda jalb etib kelindi. Har yili sentyabr oyidan dekabrgacha aholining asosiy qismi \u2013 o\u2018qituvchi va shifokorlar, tadbirkorlar, ishchi va xizmatchilar, eng achinarlisi, maktab o\u2018quvchilari va talabalar paxta terimiga safarbar qilinar edi. Buning natijasida o\u2018zbek paxtasiga boykotlar e\u2019lon qilingan, mamlakat esa yillar davomida \u201cqora ro\u2018yxat\u201dlarga kiritilgan edi. Qat\u2019iy irodamiz tufayli endi bularning barchasi o\u2018tmishga aylandi. Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod bo\u2018ldi, \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash \u2013 O\u2018zbekiston o\u2018z oldiga qo\u2018ygan strategik vazifalardan biridir.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda bu borada katta tajriba to\u2018plandi \u2013 ta\u2019lim tizimi tubdan o\u2018zgarmoqda. O\u2018tgan olti yilda maktabgacha ta\u2019limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta\u2019limda esa 9 foizdan 38 foizga yetdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog\u2018chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o\u2018quvchining biri esa oliygohda o\u2018qishi uchun imkoniyat yaratiladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari O\u2018zbekiston bundan buyon ham Markaziy Osiyoda yaxshi qo\u2018shnichilik, barqarorlik, o\u2018zaro hamkorlik va rivojlanish muhitini mustahkamlash yo\u2018lidan qat\u2019iy borishini qayd etdi.<\/p>\n<p>Yurtimiz va barcha qo\u2018shnilarimiz birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar tufayli davlat chegaralari, transport koridorlari va suvdan foydalanish bo\u2018yicha muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mintaqa davlatlari o\u2018rtasida o\u2018zaro savdo ikki yarim barobardan ziyod, qo\u2018shma korxonalar soni esa besh marta o\u2018sdi. Mintaqamiz iqtisodiy rivojlanish markaziga, Sharq va G\u2018arbni, Shimol va Janubni bog\u2018laydigan transport-kommunikatsiya ko\u2018prigiga aylanib, unga qiziqish tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy o\u2018ziga xoslikni anglash tuyg\u2018usi birlashtirmoqda va bu tuyg\u2018u tobora kuchayib bormoqda, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev. \u2013 Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo\u2018limiz yo\u2018q va bo\u2018lishi ham mumkin emas!<\/p>\n<p>Xalqaro hamjamiyatning qo\u2018llovi bilan Markaziy Osiyo birdamlik yo\u2018lidan borishda davom etishiga ishonch bildirildi. Uni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish O\u2018zbekiston tashqi siyosatida bundan buyon ham ustuvor maqsad bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo\u2018lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida yaqinda mintaqamiz davlatlari tomonidan Yoshlar siyosatining umumiy yo\u2018nalishlari haqidagi bitim imzolandi.<\/p>\n<p>Bu sohada Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlik o\u2018rnatish maqsadida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha ishchi guruh tashkil etish va uning doirasida \u201cMarkaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi \u2013 2030\u201d dasturini ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad \u2013 oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta\u2019minlashdan iborat, \u2013 dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz \u201cBirlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 Xotin-qizlar\u201d tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligi ta\u2019kidlanib, birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O\u2018zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o\u2018tkazish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda dunyoda keskin ekologik vaziyat kuzatilib, sayyoramiz miqyosida uchta inqiroz, ya\u2019ni iqlim o\u2018zgarishi, bioxilma-xillik yo\u2018qolishi va atrof-muhit ifloslanishi kuchayib borayotganini qayd etib, Prezidentimiz Markaziy Osiyo iqlim o\u2018zgarishlari oldida eng zaif mintaqalardan biriga aylanayotganini ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo\u2018lida ko\u2018rilayotgan choralar, mintaqamizdagi iqlim o\u2018zgarishining salbiy ta\u2019siri va suv bilan ta\u2019minlanganlik darajasining kamayish tendensiyalari to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar keltirildi.<\/p>\n<p>Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suv resurslari bo\u2018yicha maxsus vakili lavozimi ta\u2019sis etilishi, Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasi yaratilishi va mintaqamizda qabul qilingan Yashil taraqqiyot dasturi doirasida tizimli hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilishi qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Bu borada \u201cMarkaziy Osiyo iqlim muloqoti\u201dni joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining \u201cMarkaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo\u2018lida hamjihatlik\u201d rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz.<\/p>\n<p>Uning asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif etamiz, \u2013 dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini iqlim o\u2018zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va \u201cyashil\u201d energetika ulushini keskin oshirish strategik vazifa bo\u2018lib qolishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ekstremizm tarqalishiga, yoshlarning radikallashuviga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun birgalikdagi harakatlarni faollashtirishga to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo\u2018yicha Milliy strategiyamiz doirasida ilgari ekstremizm g\u2018oyalari ta\u2019sirida bo\u2018lgan shaxslarni sog\u2018lom hayotga qaytarish va jamiyatga moslashtirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratilayotgani qayd etildi. Besh marta \u201cMehr\u201d insonparvarlik missiyasini o\u2018tkazildi, uning doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalar qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytarildi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Xalqaro jamoatchilik joriy yilning iyun oyida mana shu yerda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida mamlakatimizga olib kelingan va yangi hayot boshlagan shaxslarning tarixini ularning o\u2018zlaridan eshitdi.<\/p>\n<p>Biz bu yo\u2018nalishdagi harakatlarni davom ettirish va doimiy tajriba almashishni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida urush hududlaridan qaytganlar bilan tizimli ishlash bo\u2018yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashini tuzishga qaratilgan amaliy qadamlarni tashladik, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, so\u2018nggi paytlarda ayrim mamlakatlarda ko\u2018zga tashlanayotgan diniy toqatsizlik, islomofobiya holatlariga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka chaqirdi.<\/p>\n<p>Jahon miqyosida dinlararo bag\u2018rikenglik va hamjihatlik g\u2018oyalarini keng targ\u2018ib etish maqsadida O\u2018zbekistonda YUN\u0415SKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag\u2018rikenglik xalqaro markazini tashkil etishni taklif qilindi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo\u2018shgan, islomni ilm-ma\u2019rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug\u2018bek, Alisher Navoiy singari ulug\u2018 alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz, \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Shunday buyuk olimlarning boy merosini o\u2018rganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024 yil O\u2018zbekistonda \u201cIslom \u2013 tinchlik va ezgulik dini\u201d mavzusida xalqaro konferensiya o\u2018tkazish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>Xalqaro xavfsizlik Afg\u2018onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog\u2018liqligi qayd etildi. Ushbu mamlakatda yangi vaziyat vujudga kelgan bo\u2018lib, u afg\u2018on masalasini hal etishda o\u2018ziga xos yondashuvlarni talab etmoqda. Inkor qilish, yakkalab qo\u2018yish va sanksiyalar qo\u2018llash oddiy afg\u2018on xalqining ahvolini yanada og\u2018irlashtirmoqda.<\/p>\n<p>Afg\u2018on xalqiga insonparvarlik yordami ko\u2018rsatishni susaytirmaslik lozim, degan fikrni bildirib, Prezidentimiz Afg\u2018onistonning muzlatilgan xalqaro aktivlarini bu yurtdagi o\u2018tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga yo\u2018naltirish uchun maqbul mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Bizga tinch va barqaror, mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida ishtirok etadigan, qo\u2018shnilari va boshqa mamlakatlar bilan o\u2018zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq Afg\u2018oniston kerak, \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti BMTning yuksak minbaridan turib dunyo hamjamiyatini Afg\u2018oniston muammosini hal etish yo\u2018lida birlashishga va bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahnamoligida Afg\u2018oniston bo\u2018yicha birgalikda ishlab chiqilgan, vaziyatga moslashuvchan va konstruktiv pozitsiyani belgilashga chaqirdi.<\/p>\n<p>So\u2018zining yakunida davlatimiz rahbari barchamiz hozirgi tarixiy tub burilish pallasida kelgusi avlodlarga sayyoramizni qanday holda qoldirish haqida o\u2018ylashimiz lozimligini qayd etdi: \u00abMustahkam tinchlik va farovonlikka faqat umumiy intilishlar va birgalikdagi harakatlar bilan erishish mumkin. Bizga o\u2018zaro ishonch, birdamlik va hamkorlik ruhi har qachongidan ham ko\u2018proq zarur\u00bb.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlari va barcha davlatlar bilan keng ko\u2018lamli va uzoq muddatli sheriklikni chuqurlashtirishga tayyor ekani yana bir bor ta\u2019kidlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so\u2018zladi. Sessiya raisi Dennis Frensis boshchiligida o\u2018tayotgan munozaralarning birinchi kunida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, a\u2019zo mamlakatlar yetakchilari \u2013 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden, Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Luis Inasiu Da&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37141,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so\u2018zladi. Sessiya raisi Dennis Frensis boshchiligida o\u2018tayotgan munozaralarning birinchi kunida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, a\u2019zo mamlakatlar yetakchilari \u2013 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden, Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Luis Inasiu Da&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-20T03:59:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/35237233-ad21-b942-2955-34e192d4907a_lists_slider_6679.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-20T03:59:18+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-20T03:59:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so\u2018zladi. Sessiya raisi Dennis Frensis boshchiligida o\u2018tayotgan munozaralarning birinchi kunida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, a\u2019zo mamlakatlar yetakchilari \u2013 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden, Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Luis Inasiu Da&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-20T03:59:18+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/35237233-ad21-b942-2955-34e192d4907a_lists_slider_6679.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"9 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/","name":"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-20T03:59:18+00:00","dateModified":"2023-09-20T03:59:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-prezidenti-bmt-bosh-assambleyasining-78-sessiyasida-nutq-sozladi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so\u2018zladi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/35237233-ad21-b942-2955-34e192d4907a_lists_slider_6679.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37140"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37140"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37140\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37145,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37140\/revisions\/37145"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/37141"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37140"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37140"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37140"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}