{"id":37128,"date":"2023-09-20T08:57:27","date_gmt":"2023-09-20T03:57:27","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=37128"},"modified":"2023-09-20T08:57:27","modified_gmt":"2023-09-20T03:57:27","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli rais janoblari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Bosh kotib janoblari, delegatsiyalar rahbarlari, xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bugungi sessiyasi xalqaro munosabatlar tizimida fundamental o\u2018zgarishlar yuz berayotgan bir sharoitda bo\u2018lib o\u2018tmoqda.<\/p>\n<p>Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli savdo, investitsiya va innovatsiya sohalarida erkin almashish yo\u2018lida yangi to\u2018siqlar vujudga kelmoqda. Hatto iqlim o\u2018zgarishlari, ochlik va tengsizlikka qarshi kurash singari butun bashariyat taqdiriga daxldor bo\u2018lgan masalalarda ham o\u2018zaro muloqot izdan chiqqani sezilmoqda.<\/p>\n<p>Bunday murakkab sharoitda amaliy hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo\u2018ygan holda, mamlakatlarni jipslashtirish g\u2018oyasi har qachongidan ham dolzarb bo\u2018lib bormoqda.<\/p>\n<p><strong>Biz o\u2018tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan \u201cSamarqand birdamlik tashabbusi\u201dni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas\u2019uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat.<\/strong><\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan kelgusi yil Kelajak sammiti o\u2018tkazilishi xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishga, Tashkilotimizning ta\u2019siri va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo\u2018lmish Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish siyosatini qat\u2019iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz \u201cInson qadri va manfaatlari uchun\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo\u2018lidan dadil ilgari bormoqda.<\/p>\n<p>Joriy yil aprel oyida milliy taraqqiyotning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab beruvchi yangilangan Konstitutsiya bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tarixida birinchi marta umumxalq referendumi bo\u2018lib o\u2018tdi. Referendumda ovoz berganlarning 90 foizdan ziyodi ushbu chinakam xalq Konstitutsiyasini qo\u2018llab-quvvatladi. Shu tariqa islohotlarimizning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olishi ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Biz Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so\u2018z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik.<\/p>\n<p>Mana shunday huquqiy asosda \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Bu strategiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining \u201cBarqaror rivojlanish maqsadlari\u201dga uyg\u2018un bo\u2018lib, biz o\u2018z zimmamizga olgan barcha majburiyatlarni to\u2018la va qat\u2019iy bajarmoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Izchil davom etayotgan islohotlar natijasida O\u2018zbekiston iqtisodiyoti, global tahdidlarga qaramasdan, barqaror o\u2018sish sur\u2019atlarini namoyon etmoqda. So\u2018nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq ko\u2018paydi. Bizning bosh maqsadimiz \u2013 2030-yilga qadar bu ko\u2018rsatkichni yana 2 barobarga oshirishdir.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo\u2018lidagi yana bir ustuvor vazifamiz \u2013 yaqin orada Jahon savdo tashkilotiga to\u2018laqonli a\u2019zo bo\u2018lishdir.<\/p>\n<p>Xalqimizning turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatimizda 2017-yildan buyon kambag\u2018allik ikki barobarga kamaydi. Biz 2030-yilgacha uni 7 foizga tushirishni reja qilganmiz. Aholini ichimlik suvi, sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan ta\u2019minlash ko\u2018lamini bir necha bor oshirishni belgilaganmiz.<\/p>\n<p>Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan \u201cIsh o\u2018rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori\u201d borasidagi tashabbusni qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Mazkur tashabbus doirasida tajriba almashish uchun 2024-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida \u201cIjtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo\u2018l\u201d butunjahon konferensiyasini yurtimizda o\u2018tkazishni taklif etaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha e\u2019tiborga loyiq natijalarga erishdik. Mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga to\u2018liq barham berildi.<\/p>\n<p>Bir asr mobaynida O\u2018zbekistonda millionlab insonlar paxta terimiga majburiy ravishda jalb etib kelindi. Har yili sentyabr oyidan dekabrgacha aholining asosiy qismi \u2013 o\u2018qituvchi va shifokorlar, tadbirkorlar, ishchi va xizmatchilar, eng achinarlisi, maktab o\u2018quvchilari va talabalar paxta terimiga safarbar qilinar edi. Buning natijasida o\u2018zbek paxtasiga boykotlar e\u2019lon qilingan, mamlakat esa yillar davomida \u201cqora ro\u2018yxat\u201dlarga kiritilgan edi.<\/p>\n<p>Qat\u2019iy irodamiz tufayli endi bularning barchasi o\u2018tmishga aylandi. Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Yangi Konstitutsiyamizda majburiy mehnat taqiqlanishi kafolatlab qo\u2018yildi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Bizning tajribamiz shuni ko\u2018rsatmoqdaki, bunga chek qo\u2018yish imkoni bor.<\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash \u2013 O\u2018zbekiston o\u2018z oldiga qo\u2018ygan strategik vazifalardan biridir.<\/p>\n<p>Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta\u2019limni kambag\u2018allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o\u2018sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to\u2018pladi \u2013 ta\u2019lim tizimi tubdan o\u2018zgarmoqda. O\u2018tgan olti yilda maktabgacha ta\u2019limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta\u2019limda esa 9 foizdan 38 foizga yetdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog\u2018chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o\u2018quvchining biri esa oliygohda o\u2018qishi uchun imkoniyat yaratiladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda Markaziy Osiyo yaxshi qo\u2018shnichilik, barqarorlik, o\u2018zaro hamkorlik va rivojlanish yo\u2018lidan bormoqda.<\/p>\n<p>Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarimiz tufayli O\u2018zbekiston barcha qo\u2018shnilari bilan davlat chegaralari, transport koridorlari va suvdan foydalanish bo\u2018yicha muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Mintaqa davlatlari o\u2018rtasida o\u2018zaro savdo ikki yarim barobardan ziyod, qo\u2018shma korxonalar soni esa besh marta o\u2018sdi. Mintaqamiz iqtisodiy rivojlanish markaziga, Sharq va G\u2018arbni, Shimol va Janubni bog\u2018laydigan transport-kommunikatsiya ko\u2018prigiga aylanib, unga qiziqish tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi \u2013 mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta\u2019minlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy o\u2018ziga xoslikni anglash tuyg\u2018usi birlashtirmoqda va bu tuyg\u2018u tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo\u2018limiz yo\u2018q va bo\u2018lishi ham mumkin emas!<\/p>\n<p>Aminmanki, xalqaro hamjamiyatning qo\u2018llovi bilan Markaziy Osiyo birdamlik yo\u2018lidan borishda davom etadi. Markaziy Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish O\u2018zbekiston tashqi siyosatida bundan buyon ham ustuvor maqsad bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo\u2018lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida yaqinda mintaqamiz davlatlari tomonidan Yoshlar siyosatining umumiy yo\u2018nalishlari haqidagi bitim imzolandi.<\/p>\n<p>Ayni paytda biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlik o\u2018rnatish, boshqa mintaqalarning ilg\u2018or tajriba va yutuqlarini o\u2018rganishdan manfaatdormiz.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha ishchi guruh tashkil etishni taklif etaman. Uning doirasida \u201cMarkaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi \u2013 2030\u201d dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad \u2013 oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta\u2019minlashdan iborat.<\/p>\n<p>Gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlarni olib bormoqdamiz. Jumladan, o\u2018tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etdi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetdi. Ayollar va voyaga yetmaganlarni zo\u2018ravonlikdan himoya qilish maqsadida alohida qonun qabul qilindi.<\/p>\n<p>Biz \u201cBirlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 Xotin-qizlar\u201d tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz. Birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O\u2018zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda dunyoda keskin ekologik vaziyat kuzatilmoqda. Sayyoramiz miqyosida uchta inqiroz, ya\u2019ni iqlim o\u2018zgarishi, bioxilma-xillik yo\u2018qolishi va atrof-muhit ifloslanishi kuchaymoqda.<\/p>\n<p>Ana shunday murakkab sharoitda Orol dengizi fojiasiga qarshi kurashni davom ettirayotgan Markaziy Osiyo iqlim o\u2018zgarishlari oldida eng zaif mintaqalardan biriga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Global muammo bo\u2018lgan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo\u2018lida O\u2018zbekiston o\u2018z imkoniyatlari darajasida harakat qilmoqda. So\u2018nggi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda qurg\u2018oqchilikka chidamli o\u2018simliklardan iborat yashil hududlar barpo etildi. Bu sa\u2019y-harakatlarimizni davom ettirish uchun xalqaro hamjamiyatning qo\u2018llab-quvvatlashi juda muhim.<\/p>\n<p>Keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim gradusga ko\u2018tarildi. Bu \u2013 dunyodagi o\u2018rtacha isishdan ikki karra ko\u2018pdir. Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo\u2018qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo \u2013 Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan ta\u2019minlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo\u2018jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Agar o\u2018z vaqtida ta\u2019sirchan choralarni ko\u2018rmasak, ushbu muammolar oqibatlari mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi.<\/p>\n<p>Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suv resurslari bo\u2018yicha maxsus vakili lavozimi ta\u2019sis etilishini qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini yaratish jarayonida \u201cBirlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 suv resurslari\u201d mexanizmini ishga solib, eng ilg\u2018or texnologiyalarni jalb etish va tatbiq qilish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Biz mintaqamizda qabul qilingan Yashil taraqqiyot dasturi doirasida tizimli hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018ymoqdamiz. Bunday sheriklik manfaatlarimizga birdek mos bo\u2018lib, iqlim o\u2018zgarishlari bilan bog\u2018liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan. Bu borada \u201cMarkaziy Osiyo iqlim muloqoti\u201dni joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining \u201cMarkaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo\u2018lida hamjihatlik\u201d rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz. Uning asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlashni istardimki, O\u2018zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini iqlim o\u2018zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va \u201cyashil\u201d energetika ulushini keskin oshirish biz uchun strategik vazifa bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz ekstremizm balosi tarqalishiga, yoshlarning radikallashuviga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun birgalikdagi harakatlarimizni kuchaytirishimiz zarur.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil mart oyida Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi global strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish bo\u2018yicha qo\u2018shma harakatlar rejasi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo\u2018yicha Milliy strategiyamiz doirasida bir masalaga alohida e\u2019tibor qaratmoqdamiz. U ham bo\u2018lsa, ilgari ekstremizm g\u2018oyalari ta\u2019sirida bo\u2018lgan shaxslarni sog\u2018lom hayotga qaytarish va jamiyatga moslashtirish masalasidir.<\/p>\n<p>Biz bu borada o\u2018ziga xos tajriba orttirdik, besh marta \u201cMehr\u201d insonparvarlik missiyasini o\u2018tkazdik. Uning doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalarni Yaqin Sharq va Afg\u2018onistondagi qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytardik. Ularning barchasiga tibbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Xalqaro jamoatchilik joriy yilning iyun oyida mana shu yerda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida mamlakatimizga olib kelingan va yangi hayot boshlagan shaxslarning tarixini ularning o\u2018zlaridan eshitdi.<\/p>\n<p>Biz bu yo\u2018nalishdagi harakatlarni davom ettirish va doimiy tajriba almashishni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida urush hududlaridan qaytganlar bilan tizimli ishlash bo\u2018yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashini tuzishga qaratilgan amaliy qadamlarni tashladik.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a\u2019zo davlatlar xalqaro terrorizm kabi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda yanada birlashib, harakat qilishlari kerak.<\/p>\n<p>Yana bir muhim fikrni ta\u2019kidlashni istardim. So\u2018nggi paytlarda ayrim mamlakatlarda ko\u2018zga tashlanayotgan diniy toqatsizlik, islomofobiya holatlariga aslo yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydi, deb hisoblaymiz. Jahon miqyosida dinlararo bag\u2018rikenglik va hamjihatlik g\u2018oyalarini keng targ\u2018ib etish maqsadida O\u2018zbekistonda YUN\u0415SKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag\u2018rikenglik xalqaro markazini tashkil etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo\u2018shgan, islomni ilm-ma\u2019rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug\u2018bek, Alisher Navoiy singari ulug\u2018 alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shunday buyuk olimlarning boy merosini o\u2018rganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024-yil O\u2018zbekistonda \u201cIslom \u2013 tinchlik va ezgulik dini\u201d mavzusida xalqaro konferensiya o\u2018tkazish tashabbusini ilgari suramiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sessiya ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqaro xavfsizlik Afg\u2018onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog\u2018liqdir. Ushbu mamlakatda yangi vaziyat vujudga kelgan bo\u2018lib, u afg\u2018on masalasini hal etishda o\u2018ziga xos yondashuvlarni talab etmoqda.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonni o\u2018z muammolari bilan yana yolg\u2018iz qoldirish \u2013 bu katta xato bo\u2018ladi. Inkor qilish, yakkalab qo\u2018yish va sanksiyalar qo\u2018llash oddiy afg\u2018on xalqining ahvolini yanada og\u2018irlashtirmoqda.<\/p>\n<p>Afg\u2018on xalqiga insonparvarlik yordami ko\u2018rsatishni susaytirmaslik lozim, deb hisoblaymiz. Afg\u2018onistonning muzlatilgan xalqaro aktivlarini bu yurtdagi o\u2018tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga yo\u2018naltirish uchun maqbul mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqiramiz. Bizga tinch va barqaror, mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida ishtirok etadigan, qo\u2018shnilari va boshqa mamlakatlar bilan o\u2018zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq Afg\u2018oniston kerak.<\/p>\n<p>Men bugun ushbu nufuzli minbardan turib, dunyo hamjamiyatini Afg\u2018oniston muammosini hal etish yo\u2018lida birlashishga chaqiraman. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahnamoligida Afg\u2018oniston bo\u2018yicha birgalikda ishlab chiqilgan, vaziyatga moslashuvchan va konstruktiv pozitsiyani belgilash prinsipial jihatdan muhim, deb hisoblayman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli rais!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz barchamiz hozirgi tarixiy tub burilish pallasida kelgusi avlodlarga sayyoramizni qanday holda qoldirish haqida o\u2018ylashimiz lozim.<\/p>\n<p><strong>Mustahkam tinchlik va farovonlikka faqat umumiy intilishlar va birgalikdagi harakatlar bilan erishish mumkin. Bizga o\u2018zaro ishonch, birdamlik va hamkorlik ruhi har qachongidan ham ko\u2018proq zarur.<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida O\u2018zbekiston shu yo\u2018lda Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlari va barcha davlatlar bilan keng ko\u2018lamli va uzoq muddatli sheriklikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini yana bir bor ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli rais janoblari! Hurmatli Bosh kotib janoblari, delegatsiyalar rahbarlari, xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bugungi sessiyasi xalqaro munosabatlar tizimida fundamental o\u2018zgarishlar yuz berayotgan bir sharoitda bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018lmoqda.&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37129,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli rais janoblari! Hurmatli Bosh kotib janoblari, delegatsiyalar rahbarlari, xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bugungi sessiyasi xalqaro munosabatlar tizimida fundamental o\u2018zgarishlar yuz berayotgan bir sharoitda bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018lmoqda.&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-20T03:57:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/875bedc2-7693-989e-831b-47f14a34b198_lists_6677.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-20T03:57:27+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-20T03:57:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli rais janoblari! Hurmatli Bosh kotib janoblari, delegatsiyalar rahbarlari, xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bugungi sessiyasi xalqaro munosabatlar tizimida fundamental o\u2018zgarishlar yuz berayotgan bir sharoitda bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018lmoqda.&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-20T03:57:27+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/875bedc2-7693-989e-831b-47f14a34b198_lists_6677.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"11 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-20T03:57:27+00:00","dateModified":"2023-09-20T03:57:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-bosh-assambleyasining-78-sessiyasidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/875bedc2-7693-989e-831b-47f14a34b198_lists_6677.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37128"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37128"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37128\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37133,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37128\/revisions\/37133"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/37129"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37128"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37128"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37128"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}