{"id":36894,"date":"2023-09-15T17:57:37","date_gmt":"2023-09-15T12:57:37","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=36894"},"modified":"2023-09-15T17:57:37","modified_gmt":"2023-09-15T12:57:37","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<p>Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davrda Jamg\u2018arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g\u2018oyat zarurligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Ana shu vaqt mobaynida Orol dengizi havzasi bo\u2018yicha kelishilgan yondashuvlar ishlab chiqildi, qo\u2018shma qaror va dasturlar qabul qilindi va amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Tojikistonning Tashkilotimizga raisligi davridagi samarali natijalarni alohida ta\u2019kidlashni istardim. Xususan, Jamg\u2018arma doirasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta ishlar bajarildi. Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan aloqalar kengaydi.<\/p>\n<p>Shu yil mart oyida hurmatli Emomali Sharipovichning hamraisligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida tashkil etilgan Global suv konferensiyasi muvaffaqiyatli o\u2018tganini ham alohida qayd etmoqchiman.<\/p>\n<p>Ushbu tarixiy tadbir yakunlariga ko\u2018ra, Markaziy Osiyoning suv sohasidagi hayotiy muhim masalalari va muammolariga butun xalqaro hamjamiyat e\u2019tiborini jalb etishga erishildi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi \u2013 bu, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlarining global miqyosdagi eng o\u2018tkir muammolardan birini yechish bo\u2018yicha ko\u2018p tomonlama hamkorlik borasidagi noyob tajribasidir.<\/p>\n<p>Shuni alohida qayd etmoqchimanki, Jamg\u2018arma suv va ekologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikning eng muhim platformasiga aylandi.<\/p>\n<p>Suv xo\u2018jaligi bo\u2018yicha Davlatlararo komissiya hamda \u201cAmudaryo\u201d va \u201cSirdaryo\u201d havzasi tashkilotlari suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalari yuzasidan kelishish bo\u2018yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Ilmiy-axborot markazi barcha xalqaro sheriklar uchun ochiq bo\u2018lgan, keng ko\u2018lamli ma\u2019lumotlarni o\u2018zida mujassam etgan salmoqli tahliliy bazani shakllantirdi.<\/p>\n<p>Davlatlararo komissiyaning barqaror rivojlanish bo\u2018yicha faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Jamg\u2018arma bir qator mintaqaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha ishlarni muvofiqlashtirmoqda, xalqaro institutlar va donor tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.<\/p>\n<p>Tuzilmamizning o\u2018rni va ahamiyati global iqlim o\u2018zgarishlari oqibatida vujudga kelayotgan yangi xavf va tahdidlar sharoitida yanada ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Muzliklarning erishi, tabiiy ofatlar, shuningdek, shiddatli demografik o\u2018sish, urbanizatsiya jarayonlari va sanoatlashuv natijasida yuzaga kelayotgan texnogen omillar tufayli mintaqada suv va ekologiya bilan bog\u2018liq vaziyat yomonlashib borayotgani va uning oqibatlari alohida xavotir uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n<p>Hamkasblarim yaxshi biladi, Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi o\u2018tkir va muqarrar tus oldi hamda bundan buyon u tobora chuqurlashib boraveradi.<\/p>\n<p>Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko\u2018ra, Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalarida 2040 yilga borib suv resurslariga bo\u2018lgan ehtiyoj uch barobar oshadi. Vaqt o\u2018tishi bilan iqtisodiy zarar yalpi mintaqaviy mahsulotning 11 foiziga yetishi mumkin.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, hozirning o\u2018zidayoq mintaqa davlatlari suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish oqibatida yiliga 2 milliard dollargacha mablag\u2018 yo\u2018qotmoqda.<\/p>\n<p>Bularning barchasi Jamg\u2018arma doirasida uzoq muddatli istiqbolga mo\u2018ljallangan kelishilgan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun bizning oldimizda ko\u2018p tomonlama sheriklik samaradorligini huquqiy va institutsional jihatdan ta\u2019minlash bo\u2018yicha muhim vazifalar turibdi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan sammitning kun tartibiga mos holda quyidagi takliflarimizni bildirishni istardim.<\/p>\n<p><strong>Birinchi.<\/strong>\u00a0O\u2018zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va institutsional mexanizmlarini modernizatsiya qilish tarafdoridir.<\/p>\n<p>Xususan, biz asosiy hujjatlar va bitimlarni xatlovdan o\u2018tkazish, jumladan, 1990 yillarda qabul qilingan Jamg\u2018arma nizomini qayta ko\u2018rib chiqish, amaldagi tuzilma faoliyatini birgalikda tahlil qilish va Jamg\u2018arma tarkibidagi tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va samarasini oshirish borasida takliflar tayyorlash, uning faoliyati va hamkorlik masalalarini aniq tartibga soluvchi \u201cQoida va tartib-taomillar\u201dni ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Jamg\u2018armani rivojlantirish va isloh etish jarayonlarini tarmoqlararo tamoyil asosida, ya\u2019ni zamonaviy ekologik tahdidlarni hisobga olgan holda, \u201csuv \u2013 energetika \u2013 oziq-ovqat\u201d tartibidagi kompleks yondashuvlar negizida amalga oshirish muhimdir.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Tuzilmaning asosiy hujjatlarida transchegaraviy daryolar suv resurslarini boshqarish va foydalanish sohasida umume\u2019tirof etilgan me\u2019yorlar, prinsiplar va o\u2018zaro majburiyatlar o\u2018z ifodasini topishi lozim.<\/p>\n<p>Biz shuningdek, Jamg\u2018armaning amaldagi tuzilmalari samarasini kadrlar va texnik salohiyatni kuchaytirish, kompetensiyani kengaytirish hisobidan tubdan oshirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi.\u00a0<\/strong>Bugungi uchrashuvimiz arafasida biz Jamg\u2018arma doirasidagi loyihalar bo\u2018yicha o\u2018tgan 30 yil davomida olib borilgan faoliyat natijalarini tahlil qildik.<\/p>\n<p>Asosiy dasturiy hujjatlarimizdagi qoidalarda va loyihalarni bajarish borasidagi aniq oldinga siljishni ko\u2018rsatadigan natijalarimizda farqlar borligi o\u2018z-o\u2018zidan ravshan, albatta.<\/p>\n<p>Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam ko\u2018rsatish bo\u2018yicha to\u2018rtinchi dasturning ijrosi bilan bog\u2018liq holat ham bizning barcha mamlakatlarimizni tashvishga solishi kerak, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Bu boradagi ishlar asosan milliy rejalar yo\u2018nalishida amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Jamg\u2018arma boshqaruviga amaldagi Dasturni tanqidiy qayta ko\u2018rib chiqish topshirig\u2018ini berishni taklif etaman. Bunda har bir mintaqaviy loyihaning hajmini va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda, \u201cyo\u2018l xaritalari\u201dni, shuningdek, ularning ijrosi bo\u2018yicha kelishilgan jadvalni tayyorlashni nazarda tutish lozim.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi.<\/strong>\u00a0Ustuvor mintaqaviy loyihalarni ilgari surish uchun investitsiya, texnologiya va texnik ko\u2018makni jalb etish masalalari bo\u2018yicha tizimli hamkorlikni kuchaytirish zarur.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan ba\u2019zi takliflarni ilgari surmoqchiman.<\/p>\n<p>Birinchidan, mamlakatlarimizning har biri aniq maqsadli ko\u2018rsatkichlarni belgilagan holda, mintaqaviy loyihalarga chetdan ko\u2018makni jalb etish bo\u2018yicha o\u2018ziga majburiyat olishi lozim.<\/p>\n<p>Raislik qiluvchi tomonning muvofiqlashtirishi asosida investitsiyalarni va texnik ko\u2018makni jalb qilish va taqsimlash mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, xorijiy sheriklar, yetakchi xalqaro institutlar va donor tashkilotlarni jalb etgan holda, qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida maxsus mintaqaviy konferensiya o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchi.<\/strong>\u00a0Jamg\u2018armaning ishchi organlariga xalqaro konsultantlar ishtirokida Amudaryo va Sirdaryo havzalarini rivojlantirish bo\u2018yicha uzoq muddatga mo\u2018ljallangan rejalar ishlab chiqish topshirig\u2018ini bersak, maqsadga muvofiq bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p>Ushbu daryolar havzalarida vaziyatning rivojlanishi bo\u2018yicha turli ssenariylarni modellashtirishni nazarda tutish muhimdir.<\/p>\n<p>Bunday strategik hujjatlarning qabul qilinishi mintaqamizda suv-energetika resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish siyosatini muvofiqlashtirishga imkon beradi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Beshinchi.<\/strong>\u00a0Suv va boshqa tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish madaniyatini shakllantirish, maxsus dasturni qabul qilgan holda, yoshlar tashabbuslari va startaplarini qo\u2018llab-quvvatlash masalalarida yoshlar bilan ishlashni mintaqaviy darajada tashkil etishga alohida e\u2019tibor qaratish lozim.<\/p>\n<p>Ushbu masalalarni ko\u2018rib chiqishda Preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markaz faol jalb etilishiga aminmiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Ekotizimlar tanazzuli yanada kuchayishining oldini olishda, eng avvalo, Orol dengizi hududidagi hamkorlik masalalariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda O\u2018zbekistonda Orolbo\u2018yidagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etmoqchiman.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining \u201cOrolbo\u2018yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e\u2019lon qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi rezolyutsiyasi asosida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligini ta\u2019minlash va turmush darajasini oshirish bo\u2018yicha Harakatlar rejasi va Chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi bir necha yil davomida Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar o\u2018rmonzorlar yaratildi. Yaqin ikki yilda yana 400 ming gektar yashil hududlar barpo etish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, shuningdek, Orolbo\u2018yida bioxilma-xillikni saqlash uchun 3,5 million gektardan ortiq maydonda tabiat parklari, qo\u2018riqxonalar va davlat himoya hududlari yaratildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Orolbo\u2018yi mintaqasida qo\u2018riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 4,6 million gektarni tashkil qilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekistonda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo\u2018yicha katta miqyosdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Oxirgi 7 yil mobaynida mamlakatimizda sug\u2018oriladigan yerlarning to\u2018rtdan bir qismini tashkil etadigan 1 million gektardan ortiq maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida biz suvni tejash bo\u2018yicha milliy dasturni ishlab chiqish niyatidamiz.<\/p>\n<p>Biz suvni tejash sohasini Jamg\u2018arma faoliyatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri sifatida belgilab, bu borada hamkorligimizni kuchaytirishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Kelgusi yili Samarqandda o\u2018tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro iqlim forumi doirasida jahonning yetakchi kompaniyalarining suvni tejash borasidagi texnologiyalari ko\u2018rgazmasini tashkil etmoqchimiz.<\/p>\n<p>Ana shu masalalarning barchasini kompleks ko\u2018rib chiqish maqsadida mamlakatlarimiz suv resurslari, energetika, ekologiya va iqtisodiyot vazirlarining doimiy uchrashuvlari bo\u2018yicha Mintaqaviy platformani ta\u2019sis etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>\u201cQo\u2018shtepa\u201d kanali qurilishi bo\u2018yicha ham o\u2018z fikrimni bildirib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>Mohiyat-e\u2019tiboriga ko\u2018ra, mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan hech qanday majburiyat asosida bog\u2018lanmagan yangi ishtirokchi paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Afg\u2018on tomoni kanalni qurish bo\u2018yicha faol ish olib borayotganini yaxshi bilasiz.<\/p>\n<p>Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o\u2018zgartirib yuborishi mumkin.<\/p>\n<p>\u201cQo\u2018shtepa\u201d kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta\u2019siri bilan bog\u2018liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o\u2018rganish bo\u2018yicha Qo\u2018shma ishchi guruhini shakllantirish zarur, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Afg\u2018oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo\u2018yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko\u2018rib chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich To\u2018qayevni Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi raisligini qabul qilayotgani munosabati bilan tabriklayman.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, bugungi sammitimizda ilgari surilayotgan tashabbuslar va qabul qilinayotgan hujjatlarning amalga oshirilishi Jamg\u2018arma doirasida xalqlarimiz farovonligi va butun Markaziy Osiyo mintaqasining gullab-yashnashi yo\u2018lida o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. O\u2018tgan davrda Jamg\u2018arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g\u2018oyat&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36887,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. O\u2018tgan davrda Jamg\u2018arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g\u2018oyat&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-15T12:57:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/b530fe03-04a6-795e-6906-e03951a30b7c_lists_6662.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-15T12:57:37+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-15T12:57:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. O\u2018tgan davrda Jamg\u2018arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g\u2018oyat&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-15T12:57:37+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/b530fe03-04a6-795e-6906-e03951a30b7c_lists_6662.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"7 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-15T12:57:37+00:00","dateModified":"2023-09-15T12:57:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarmasi-tasischi-davlatlari-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/b530fe03-04a6-795e-6906-e03951a30b7c_lists_6662.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36894"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36894"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36895,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36894\/revisions\/36895"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/36887"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}