{"id":36733,"date":"2023-09-14T17:53:40","date_gmt":"2023-09-14T12:53:40","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=36733"},"modified":"2023-09-14T17:53:40","modified_gmt":"2023-09-14T12:53:40","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o\u2018tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o\u2018tgan sammitda Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMT Bosh kotibining maxsus vakili \u2013 Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Kun tartibiga muvofiq, mintaqada ko\u2018p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq xo\u2018jaligi va ekologiya sohalarida qo\u2018shma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish, xavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora ko\u2018rish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2018z nutqida mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasida ishonch, yaxshi qo\u2018shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy sa\u2019y-harakatlarni yuksak baholadi.<\/p>\n<p>&#8211; Umumiy sa\u2019y-harakatlarimiz tufayli hayotiy muhim masalalarni hal etish va hamkorligimizni sifat jihatidan yangi mazmun bilan to\u2018ldirish borasida jiddiy oldinga siljishga erishdik. Bizning siyosiy muloqotlarimiz va parlamentlararo almashuvlar doimiy tus olmoqda. Muloqot va hamkorlik uchun turli platformalar ishga tushirildi, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoda barqarorlik va birdamlik mustahkamlanayotgani asosiy natija sifatida qayd etildi. Mintaqamiz iqtisodiy o\u2018sish va investitsion faollik markazlaridan biriga aylanmoqda, G\u2018arbni Sharq va Shimolni Janub bilan bog\u2018laydigan transport xabi bo\u2018lishdek tarixiy vazifani yana o\u2018z zimmasiga olmoqda.<\/p>\n<p>Global jarayonlarning mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta\u2019siri chuqur tahlil qilinib, bunday xavf-xatarlarga samarali qarshi turish imkoniyati ko\u2018p qirrali sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan qo\u2018shma sa\u2019y-harakatlarni birlashtirishga bog\u2018liqligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi istiqbollari bo\u2018yicha qator takliflarni bildirdi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Savdo-iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy sheriklik va integratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Biz ushbu yo\u2018nalishda mintaqa mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun O\u2018zbekistonda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratmoqdamiz, &#8211; dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p>Tovar aylanmasi hajmini oshirish maqsadida istisno va cheklovlarsiz to\u2018laqonli erkin savdo zonalarini tezroq shakllantirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan mintaqada barqaror savdo-logistika zanjirlarini shakllantirish, chegaraoldi hududlarida savdo va kooperatsiya markazlarini ochish va kengaytirish, o\u2018zaro savdo bo\u2018yicha qonunchilikni uyg\u2018unlashtirish va bu boradagi to\u2018siqlarni bartaraf etish, bojxona ma\u2019murchiligi, sanitar va fitosanitar nazorati, tovarlarning qayerdan olib kelinayotganini sertifikatlash bo\u2018yicha yagona elektron platformalar yaratish, mintaqaviy elektron savdo maydonini ishga tushirishni ko\u2018zda tutadigan kompleks mintaqaviy dasturni qabul qilish zarur.<\/p>\n<p>Mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga to\u2018xtalar ekan, O\u2018zbekiston Prezidenti yengil avtomobillar, maishiy texnika, to\u2018qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon bilan chegaraoldi hududlari kooperatsiyasini muvaffaqiyatli sheriklikka misol sifatida qayd etdi.<\/p>\n<p>Uchinchi davlatlarga eksport qilishni ko\u2018zlagan holda mineral o\u2018g\u2018itlar, polimerlar, metalldan tayyor buyumlar, tayyor to\u2018qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo\u2018jaligi texnikalarini yig\u2018ish hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha istiqbolli yo\u2018nalishlar bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarga tizimli tus berish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining uzoq istiqbolga mo\u2018ljallangan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>Transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqlik masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi. Asosiy tashqi bozorlardan jo\u2018g\u2018rofiy jihatdan uzoqligini hisobga olganda, mamlakatlarimizda yuklarni tashish uchun ketadigan xarajatlar ulushi tovarlarning so\u2018nggi qiymatiga nisbatan 50 foizgacha yetayotgani ta\u2019kidlandi. Ayni vaqtda dunyodagi o\u2018rtacha ko\u2018rsatkich 11 foizdan oshmaydi. Natijada iqtisodiyotimiz rivojlangan davlatlardagidan ko\u2018ra 2-3 marta ko\u2018p transport xarajatini ko\u2018tarishga majbur bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimizning transport sohasidagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida tarmoq vazirlari uchrashuvlari doirasida Markaziy Osiyoda Transport va tranzit haqidagi bitimni ishlab chiqish, biznes uchun qulay bo\u2018lgan oraliq tariflarni qo\u2018llagan holda, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun samarali transport koridorlarini rivojlantirish bo\u2018yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Transport xizmatlari bozorini liberallashtirish va ruxsat etishga doir tartib-taomillarni optimallashtirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash hamda Xalqaro tashuvlarning integratsiyalashgan raqamli platformasini yaratish masalasini ko\u2018rib chiqish taklifi ilgari surildi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Afsuski, mintaqada energetika infratuzilmalarini rivojlantirish sur\u2019atlari sanoatlashtirish va urbanizatsiya jarayonlari, shuningdek, demografik o\u2018sishdan orqada qolmoqda. Bugungi kunda bu mamlakatlarimizning uzoq muddatli barqaror rivojlanishi yo\u2018lidagi jiddiy tahdiddir, &#8211; deya energetik xavfsizlikni ta\u2019minlashdagi muammolarga e\u2019tibor qaratdi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Tarmoq vazirliklari va milliy kompaniyalarimizning geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli konlarni o\u2018zlashtirish, energiya resurslarini saqlash va yetkazib berish bo\u2018yicha mavjud infratuzilmalarni kengaytirish va zamonaviy infratuzilmalarni yaratish sohasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, elektr energiyasini yetkazib berish uchun yangi magistral tarmoqlarni barpo etish hamkorligimizning muhim yo\u2018nalishiga aylanishi lozim.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, energiya manbalarini diversifikatsiya qilmasdan, muqobil energetika sohasiga investitsiya va texnologiyalarni jalb etmasdan va \u201cyashil\u201d vodorodni ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018ymasdan turib, mintaqani barqaror rivojlantirish mumkin emasligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashdagi zaif nuqtalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Bular &#8211; agrar sektorning ilmiy-texnologik jihatdan yetarlicha rivojlanmagani, suv resurslari borasidagi o\u2018tkir taqchillik, qo\u2018shimcha qiymat yaratishning uzoq va samarasiz zanjirlari, iqlim inqirozi va logistikadagi uzilishlar oldidagi beqarorlik, sog\u2018lom ovqatlanish masalalari.<\/p>\n<p>Bu sohada sa\u2019y-harakatlarni birlashtirish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti ko\u2018magida mintaqaviy Sheriklik dasturini tayyorlash muhim. Zero, mamlakatlarimiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan nafaqat mintaqaning ichki bozoridagi mavjud ehtiyojlarni to\u2018liq qoplash, balki ularni eksport qilishdek muhim imkoniyatga ham egadir.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Iqlim o\u2018zgarishlari bilan bog\u2018liq tahdidlarga qarshi kurashish mintaqaning barqaror rivojlanishini ta\u2019minlashning eng muhim omiliga aylanmoqda. Shu munosabat bilan, kelgusi yil bahor faslida Samarqandda Markaziy Osiyodagi iqlim o\u2018zgarishlariga bag\u2018ishlangan xalqaro forum o\u2018tkazmoqchimiz, &#8211; deb, davlatimiz rahbari mintaqa mamlakatlari delegatsiyalarini ushbu forumga taklif etdi.<\/p>\n<p>Iqlim barqarorligini va \u201cyashil\u201d taraqqiyotni ta\u2019minlashga amaliy hissa qo\u2018shish maqsadida Iqlim o\u2018zgarishlariga moslashish masalalari bo\u2018yicha mintaqaviy strategiyani qabul qilish tashabbusi bildirildi.<\/p>\n<p>Mintaqaning iqlimga oid yagona kun tartibini shakllantirish va birgalikda ta\u2019sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish uchun biz ekologiya vazirlari darajasida \u201cIqlim bo\u2018yicha Markaziy Osiyo muloqoti\u201d ko\u2018p tomonlama platformasini ta\u2019sis etish taklif qilindi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0Umumiy tarix, urf-odat, madaniyat va qadriyatlarga \u2013 Markaziy Osiyoning noyob sivilizatsiyasi mushtarakligi va rang-barangligiga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlik bizning eng muhim an\u2019anaviy ustuvor yo\u2018nalishimizdir, &#8211; dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Bu yo\u2018nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy-gumanitar hamkorligini chuqurlashtirish bo\u2018yicha Harakatlar rejasini qabul qilish taklif etildi.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda bizning noyob madaniy-tarixiy va ma\u2019naviy merosimizni xalqaro maydonda keng targ\u2018ib etishda ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan faol foydalanish zarur.<\/p>\n<p>Umumiy mintaqaviy kontentni shakllantirish uchun olimlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda \u201cMarkaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona o\u2018tmish va umumiy kelajak\u201d xalqaro media platformasini yaratish bu yo\u2018nalishdagi amaliy qadam bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo davlatlarining yoshlarga oid siyosatiga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>\u2013 Yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta\u2019minlash maqsadida shu yo\u2018nalishdagi xalqaro tashkilotlar ishtirokida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish markazini tashkil etishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta\u2019minlash maqsadida shu yo\u2018nalishdagi xalqaro tashkilotlar ishtirokida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish markazini tashkil etishni taklif etamiz, &#8211; dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p>Xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish muhim yo\u2018nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Xavfsizlik masalalari bo\u2018yicha davlatlarimizning Xavfsizlik kengashlari kotiblari tomonidan muvofiqlashtirib boriladigan muntazam yig\u2018ilishlarni o\u2018tkazish haqidagi taklif qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini himoya qilish va mustahkamlash bo\u2018yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqish hamda Favqulodda vaziyatlar yuzasidan prognozlar qilish, ularning oldini olish, barvaqt ogohlantirish va ularga birgalikda qarshi turish borasida Mintaqaviy tizimni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatadigan eng asosiy omillardan biri Afg\u2018onistondagi vaziyatdir.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlanganidek, O\u2018zbekiston bundan buyon ham afg\u2018on xalqiga zarur yordam ko\u2018rsatadi, shu maqsadda Termizdagi xalqaro xabni gumanitar ko\u2018mak uchun taqdim etadi, afg\u2018on fuqarolarini maxsus tashkil etilgan ta\u2019lim markazida o\u2018qitishni davom ettiradi.<\/p>\n<p>Transafg\u2018on temir yo\u2018lini barpo etish loyihasini ilgari surish bilan birga Afg\u2018onistonning ichki transport yo\u2018llarini tiklash zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, afg\u2018on tomoni bilan chegaralar xavfsizligi, suvdan foydalanish va savdo-sotiqni rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha muloqot muhim ekani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>So\u2018zining yakunida Prezidentimiz Maslahat uchrashuvlari ishlari bo\u2018yicha Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashini ta\u2019sis etish taklifini qo\u2018llab-quvvatladi hamda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy kengashini tashkil etishni taklif qildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari uchrashuv natijalari mamlakatlarimiz o\u2018rtasida do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, keng miqyosdagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p>Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari so\u2018zga chiqdi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo\u2018lladi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunida quyidagi hujjatlar qabul qilindi: Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo\u2018yicha qo\u2018shma bayonot, Qozog\u2018iston Respublikasi, Qirg\u2018iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo\u2018nalishlari to\u2018g\u2018risida bitim, Markaziy Osiyoda yerusti transporti o\u2018zaro bog\u2018liqligini mustahkamlash to\u2018g\u2018risida bitim, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ishlari bo\u2018yicha Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi to\u2018g\u2018risida nizom, 2022-2025-yillarda Markaziy Osiyoda salomatlik va farovonlikni qo\u2018llab-quvvatlash uchun \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o\u2018tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o\u2018tgan sammitda Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36734,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o\u2018tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o\u2018tgan sammitda Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-14T12:53:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/58000cfc-b96e-1e0a-66cb-0cc635ca3c44_lists_slider_.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"852\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-14T12:53:40+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-14T12:53:40+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o\u2018tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o\u2018tgan sammitda Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-14T12:53:40+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":852,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/58000cfc-b96e-1e0a-66cb-0cc635ca3c44_lists_slider_.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"8 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-14T12:53:40+00:00","dateModified":"2023-09-14T12:53:40+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-markaziy-osiyo-davlatlari-ortasidagi-kelgusi-hamkorlik-istiqbollari-yuzasidan-qator-takliflarni-ilgari-surdi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/58000cfc-b96e-1e0a-66cb-0cc635ca3c44_lists_slider_.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36733"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36733"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36733\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36738,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36733\/revisions\/36738"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/36734"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36733"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36733"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36733"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}