{"id":36727,"date":"2023-09-14T17:52:24","date_gmt":"2023-09-14T12:52:24","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=36727"},"modified":"2023-09-14T17:52:24","modified_gmt":"2023-09-14T12:52:24","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman.<\/p>\n<p>Avvalambor, an\u2019anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<p>Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko\u2018rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon bilan chuqur tarixiy bog\u2018liqligi va hamkorlikning hozirgi yuksak darajasining yana bir tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p>Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori martabali vakili Kaxa Imnadze janoblarini ham qutlayman. U boshqarayotgan Mintaqaviy preventiv diplomatiya markazi Markaziy Osiyoda ko\u2018p qirrali sheriklikni rivojlantirishda muhim rol o\u2018ynayotganini qayd etmoqchiman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi beshinchi Maslahat uchrashuvining o\u2018tkazilishi va unda ilgari surilayotgan tashabbuslar bizning o\u2018zaro ishonch, yaxshi qo\u2018shnichilik va sherikchilikka asoslangan munosabatlarimizni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kuchaytirish yo\u2018lidagi intilishlarimizni namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>Umumiy sa\u2019y-harakatlarimiz tufayli hayotiy muhim masalalarni hal etish va hamkorligimizni sifat jihatidan yangi mazmun bilan to\u2018ldirish borasida jiddiy oldinga siljishga erishdik.<\/p>\n<p>Bizning siyosiy muloqotlarimiz va parlamentlararo almashuvlar doimiy tus olmoqda. Muloqot va hamkorlik uchun turli platformalar ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Shu kunlarda Dushanbeda an\u2019anaga aylangan yetakchi ayollar, rektorlar, yoshlar uchrashuvlari, iqtisodiy forum va ko\u2018rgazmalar, bir qator madaniy-gumanitar tadbirlar muvaffaqiyatli o\u2018tmoqda.<\/p>\n<p>Eng asosiysi \u2013 Markaziy Osiyoda barqarorlik va birdamlik mustahkamlanmoqda. Bizning mintaqamiz iqtisodiy o\u2018sish va investitsion faollik markazlaridan biriga aylanmoqda, G\u2018arbni Sharq va Shimolni Janub bilan bog\u2018laydigan transport xabi bo\u2018lishdek tarixiy vazifani yana o\u2018z zimmasiga olmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mintaqa mamlakatlarining umumiy ichki mahsuloti 40 foizga ko\u2018paydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari o\u2018rtasida savdo hajmining barqaror o\u2018sishi kuzatilmoqda. Masalan, tovar aylanmasi 2,5 barobardan ziyod oshdi. O\u2018zaro investitsiyalar hajmi qariyb 6 marta, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar oqimi esa 45 foizga o\u2018sdi. Bundan tashqari, ichki mintaqaviy turizm ko\u2018rsatkichlari 2 barobar oshdi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli uchrashuv qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Mintaqa mamlakatlari faoliyatining xalqaro maydonda yaqindan muvofiqlashtirilgani umumiy sa\u2019y-harakatlar natijasidir.<\/p>\n<p>Bugun biz global va mintaqaviy siyosat kun tartibidagi ko\u2018plab dolzarb masalalar bo\u2018yicha yagona pozitsiyada turib harakat qilmoqdamiz. Bizning mamlakatlarimiz 2017 yildan buyon Markaziy Osiyodagi taraqqiyot va sheriklikning muhim masalalari bo\u2018yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 8 ta rezolyutsiyasini qabul qilish yuzasidan tashabbuslarni ilgari surishdi.<\/p>\n<p>Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanmoqda va keng e\u2019tirof etilmoqda. \u201cMarkaziy Osiyo plyus\u201d formatida qariyb 10\u00a0dan ortiq hamkorlik muloqoti ta\u2019sis etilgani buni tasdiqlaydi. Ana shu muloqotlar doirasida tashqi ishlar vazirlari darajasida bizning birgalikdagi harakatimiz bo\u2018yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi kunda bizning barcha mamlakatlarimiz dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy raqobat va ziddiyatlarning oqibatlarini to\u2018liq his etmoqda. Bu o\u2018rinda savdo va transport-logistika zanjirlarining uzilishi, investitsiya va texnologiyalardan foydalanish borasidagi cheklovlar, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo\u2018yicha muammolarning keskinlashuvi haqida so\u2018z bormoqda.<\/p>\n<p>Iqlim o\u2018zgarishlari alohida xavotir uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n<p>Ana shunday xavf-xatarlarga samarali qarshi turish imkoniyati ko\u2018p qirrali sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan qo\u2018shma sa\u2019y-harakatlarni birlashtirishga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan hamkorligimiz istiqbollari bo\u2018yicha qator takliflarni bildirmoqchiman.<\/p>\n<p>Birinchi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy sheriklik va integratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.<\/p>\n<p>Biz ushbu yo\u2018nalishda mintaqa mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun O\u2018zbekistonda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratmoqdamiz.<\/p>\n<p>Tovar aylanmasi hajmini oshirish maqsadida istisno va cheklovlarsiz to\u2018laqonli erkin savdo zonalarini tezroq shakllantirish lozim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, mintaqada barqaror savdo-logistika zanjirlarini shakllantirish, chegaraoldi hududlarida savdo va kooperatsiya markazlarini ochish va kengaytirish, o\u2018zaro savdo bo\u2018yicha qonunchilikni uyg\u2018unlashtirish va bu boradagi to\u2018siqlarni bartaraf etish, bojxona ma\u2019murchiligi, sanitar va fitosanitar nazorati, tovarlarning qayerdan olib kelinayotganini sertifikatlash bo\u2018yicha yagona elektron platformalar yaratish, mintaqaviy elektron savdo maydonini ishga tushirishni ko\u2018zda tutadigan kompleks mintaqaviy dasturni qabul qilishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashqi savdo faoliyati bo\u2018yicha mas\u2019ul bo\u2018lgan vazirlarning doimiy uchrashuvini o\u2018tkazish mexanizmini ishga tushirishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Ikkinchi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish.<\/p>\n<p>Bizda bu sohada muvaffaqiyatli sheriklik bo\u2018yicha tajriba bor. Bu \u2013 yengil avtomobillar, maishiy texnika, to\u2018qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Turkmaniston va shuningdek, Ozarbayjon bilan chegaraoldi hududlari kooperatsiyasidir.<\/p>\n<p>Uchinchi davlatlarga eksport qilishni ko\u2018zlagan holda mineral o\u2018g\u2018itlar, polimerlar, metalldan tayyor buyumlar, tayyor to\u2018qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo\u2018jaligi texnikalarini yig\u2018ish hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha istiqbolli yo\u2018nalishlar bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Bizning birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarimiz tizimli tus olishi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining uzoq istiqbolga mo\u2018ljallangan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Uchinchi. Bu \u2013 transport sohasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikdir.<\/p>\n<p>Asosiy tashqi bozorlardan jo\u2018g\u2018rofiy jihatdan uzoqligini hisobga olganda, bizning mamlakatlarimizda yuklarni tashish uchun ketadigan xarajatlar ulushi tovarlarning so\u2018nggi qiymatiga nisbatan 50 foizgacha yetmoqda.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda dunyodagi o\u2018rtacha ko\u2018rsatkich 11 foizdan oshmaydi. Natijada bizlarning iqtisodiyotimiz rivojlangan davlatlardagidan ko\u2018ra 2-3 marta ko\u2018p transport xarajatini ko\u2018tarishga majbur bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimizning transport sohasidagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida tarmoq vazirlari uchrashuvlari doirasida Markaziy Osiyoda Transport va tranzit haqidagi bitimni ishlab chiqish, biznes uchun qulay bo\u2018lgan oraliq tariflarni qo\u2018llagan holda, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun samarali transport koridorlarini rivojlantirish bo\u2018yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish, Transport xizmatlari bozorini liberallashtirish va ruxsat etishga doir tartib-taomillarni optimallashtirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash, Xalqaro tashuvlarning integratsiyalashgan raqamli platformasini yaratish imkoniyatlari mavjud, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Bizning birgalikdagi faoliyatimizga ozarbayjonlik sheriklarni faol jalb etishni taklif qilaman.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchi. Energetika sohasida xavfsizlikni ta\u2019minlash.<\/p>\n<p>Afsuski, mintaqada energetika infratuzilmalarini rivojlantirish sur\u2019atlari sanoatlashtirish va urbanizatsiya jarayonlari, shuningdek, demografik o\u2018sishdan orqada qolmoqda. Bugungi kunda bu mamlakatlarimizning uzoq muddatli barqaror rivojlanishi yo\u2018lidagi jiddiy tahdiddir.<\/p>\n<p>Biz bunday sharoitda tarmoq vazirliklari va milliy kompaniyalarimizning geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli konlarni o\u2018zlashtirish, energiya resurslarini saqlash va yetkazib berish bo\u2018yicha mavjud infratuzilmalarni kengaytirish va zamonaviy infratuzilmalarni yaratish sohasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, elektr energiyasini yetkazib berish uchun yangi magistral tarmoqlarni barpo etish hamkorligimizning muhim yo\u2018nalishiga aylanishi lozim.<\/p>\n<p>Bizning mintaqamiz, shuningdek, gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Biz Tojikistonda Zarafshon daryosida GES qurish loyihasini birgalikda ishlab chiqmoqdamiz, Qirg\u2018izistonda Qambarota GES-1 loyihasini amalga oshirish masalasini faol hal etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, energiya manbalarini diversifikatsiya qilmasdan, muqobil energetika sohasiga investitsiya va texnologiyalarni jalb etmasdan va \u201cyashil\u201d vodorodni ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018ymasdan turib, mintaqani barqaror rivojlantirish mumkin emas, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Beshinchi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash.<\/p>\n<p>Biz yaqinda Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti shafe\u2019ligida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan vazir va ekspertlar ishtirokida xalqaro konferensiya o\u2018tkazdik. Bo\u2018lib o\u2018tgan bahs-munozaralar davomida bizning mintaqamizdagi zaif nuqtalar yana bir bor qayd etib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Bular \u2013 agrar sektorning ilmiy-texnologik jihatdan yetarlicha rivojlanmagani, suv resurslari borasidagi o\u2018tkir taqchillik, qo\u2018shimcha qiymat yaratishning uzoq va samarasiz zanjirlari, iqlim inqirozi va logistikadagi uzilishlar oldidagi beqarorlik, sog\u2018lom ovqatlanish masalalaridir.<\/p>\n<p>Bu sohada sa\u2019y-harakatlarni birlashtirish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti ko\u2018magida mintaqaviy Sheriklik dasturini tayyorlash muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlab aytmoqchimanki, bizning mamlakatlarimiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan nafaqat mintaqaning ichki bozoridagi mavjud ehtiyojlarni to\u2018liq qoplash, balki ularni eksport qilishdek muhim imkoniyatga ham egadir.<\/p>\n<p>Oltinchi. Iqlim o\u2018zgarishlari bilan bog\u2018liq tahdidlarga qarshi kurashish mintaqaning barqaror rivojlanishini ta\u2019minlashning eng muhim omiliga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, kelgusi yil bahor faslida Samarqandda Markaziy Osiyodagi iqlim o\u2018zgarishlariga bag\u2018ishlangan xalqaro forum o\u2018tkazmoqchimiz. Mintaqa mamlakatlari delegatsiyalarini ushbu anjuman ishida faol ishtirok etish uchun taklif qilaman.<\/p>\n<p>Forum yakunlari bo\u2018yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining \u201cMarkaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo\u2018lida hamjihatlik\u201d deb nomlangan rezolyutsiyasi loyihasi tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Iqlim o\u2018zgarishlariga moslashish masalalari bo\u2018yicha mintaqaviy strategiyani qabul qilish ham iqlim barqarorligini va \u201cyashil\u201d taraqqiyotni ta\u2019minlashga qo\u2018shilgan amaliy hissa bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Mintaqaning iqlimga oid yagona kun tartibini shakllantirish va birgalikda ta\u2019sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish uchun biz ekologiya vazirlari darajasida \u201cIqlim bo\u2018yicha Markaziy Osiyo muloqoti\u201d ko\u2018p tomonlama platformasini ta\u2019sis etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Umumiy tarix, urf-odat, madaniyat va qadriyatlarga \u2013 Markaziy Osiyoning noyob sivilizatsiyasi mushtarakligi va rang-barangligiga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlik bizning eng muhim an\u2019anaviy ustuvor yo\u2018nalishimizdir.<\/p>\n<p>Birgalikdagi madaniyat, san\u2019at va kino kunlari, \u201cdo\u2018stlik kechalari\u201d, yoshlar forumlari, ijodkor ziyolilarning uchrashuvlari, ilmiy simpozium va sport musobaqalarini o\u2018tkazish ezgu an\u2019anaga aylanishi lozim. Ushbu yo\u2018nalishdagi ishlarning tizimliligini ta\u2019minlash maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy-gumanitar hamkorligini chuqurlashtirish bo\u2018yicha Harakatlar rejasini qabul qilishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda bizning noyob madaniy-tarixiy va ma\u2019naviy merosimizni xalqaro maydonda keng targ\u2018ib etishda ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan faol foydalanish zarur. \u201cMarkaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona o\u2018tmish va umumiy kelajak\u201d xalqaro media platformasini yaratish bu yo\u2018nalishdagi amaliy qadam bo\u2018ladi. Bunda umumiy mintaqaviy kontentni shakllantirish uchun olimlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb etishga alohida e\u2019tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p>Bularning barchasi bir-birini o\u2018zaro tushunish va umummintaqaviy o\u2018ziga xoslikni anglash tuyg\u2018usini mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmat sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Hech shubhasiz, bizning kelajagimiz \u2013 bu bizning yoshlarimizdir. Shu ma\u2019noda, bugun imzolanadigan Markaziy Osiyo davlatlari yoshlar siyosatining umumiy yo\u2018nalishlari to\u2018g\u2018risidagi bitim alohida ahamiyatga egadir.<\/p>\n<p>Yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta\u2019minlash maqsadida shu yo\u2018nalishdagi xalqaro tashkilotlar ishtirokida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish markazini tashkil etishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, mamlakatlarimizdagi iste\u2019dodli yoshlar uchun ilm-fan va ta\u2019lim sohasida Al-Xorazmiy, Forobiy, Jomiy, Maxtumquli, Chingiz Aytmatov kabi Markaziy Osiyo mintaqasidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, alloma va faylasuflar nomidagi mintaqaviy grant va stipendiyalar ta\u2019sis etish muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Yosh avlodni ekstremistik g\u2018oyalar ta\u2019siridan himoya qilish maqsadida yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik bo\u2018yicha Mintaqaviy kompleks dastur ishlab chiqish zarur, deb bilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli davlat rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni faoliyatimizning muhim yo\u2018nalishlaridan biri, deb hisoblaymiz. Umumiy tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish bo\u2018yicha jamoaviy qarorlar ishlab chiqish uchun biz doimiy ravishda va o\u2018zaro ishonch asosida fikr almashib turishimiz lozim.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan xavfsizlik masalalari bo\u2018yicha davlatlarimizning Xavfsizlik kengashlari kotiblari tomonidan muvofiqlashtirib boriladigan muntazam yig\u2018ilishlarni o\u2018tkazish haqidagi taklifni qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini himoya qilish va mustahkamlash bo\u2018yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqishga kirishishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Xavfsizlikka nisbatan an\u2019anaviy va yangi xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasidagi ssenariylarni amalda qo\u2018llash bo\u2018yicha qo\u2018shma harbiy-o\u2018quv mashqlarini davom ettirish muhimdir.<\/p>\n<p>Favqulodda vaziyatlar yuzasidan prognozlar qilish, ularning oldini olish, barvaqt ogohlantirish va ularga birgalikda qarshi turish borasida Mintaqaviy tizimni shakllantirish bugungi kun talabi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatadigan eng asosiy omillardan biri Afg\u2018onistondagi vaziyatdir.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonning bugungi hokimiyati bilan doimiy va ochiq muloqot, ushbu mamlakatni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish g\u2018oyat muhimdir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bundan buyon ham afg\u2018on xalqiga zarur yordam ko\u2018rsatadi, shu maqsadda Termizdagi xalqaro xabni gumanitar ko\u2018mak uchun taqdim etadi, afg\u2018on fuqarolarini maxsus tashkil etilgan ta\u2019lim markazida o\u2018qitishni davom ettiradi.<\/p>\n<p>Transafg\u2018on temir yo\u2018lini barpo etish loyihasini ilgari surish bilan birga, Afg\u2018onistonning ichki transport yo\u2018llarini tiklash o\u2018ta muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, afg\u2018on tomoni bilan chegaralar xavfsizligi, suvdan foydalanish va savdo-sotiqni rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha muloqot muhimdir.<\/p>\n<p>Afg\u2018oniston hokimiyati bilan hamkorlik bizning manfaatlarimizni umumiy tushunishdan kelib chiqishi va o\u2018zaro kelishilgan holda bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n<p>Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakillari darajasida Muloqot guruhini tashkil etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bizning uchrashuvlarimiz va erishgan kelishuvlarimizni amalda joriy etish samaradorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Maslahat uchrashuvlari ishlari bo\u2018yicha Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashini ta\u2019sis etish haqidagi taklifni qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, kun tartibidagi savdo-iqtisodiy masalalarining butun kompleksi bo\u2018yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy kengashini tashkil etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida bugungi uchrashuvimiz natijalari mamlakatlarimiz o\u2018rtasida do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, keng miqyosdagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, deb ishonch bildiraman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalambor, an\u2019anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko\u2018rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36728,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalambor, an\u2019anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko\u2018rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-14T12:52:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/7d0b5c2d-9fd8-b3bb-c54c-adbcd243343f_lists_6658.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-14T12:52:24+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-14T12:52:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalambor, an\u2019anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman. Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko\u2018rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-14T12:52:24+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/7d0b5c2d-9fd8-b3bb-c54c-adbcd243343f_lists_6658.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-14T12:52:24+00:00","dateModified":"2023-09-14T12:52:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/7d0b5c2d-9fd8-b3bb-c54c-adbcd243343f_lists_6658.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36727"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36727"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36727\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36732,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36727\/revisions\/36732"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/36728"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36727"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36727"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36727"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}