{"id":36075,"date":"2023-09-05T09:20:33","date_gmt":"2023-09-05T04:20:33","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=36075"},"modified":"2023-09-06T09:21:31","modified_gmt":"2023-09-06T04:21:31","slug":"shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko\u2018plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog\u2018cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya sur\u2019atidan kelib chiqilsa, yaqin yillarda aholi soni yanada ko\u2018payadi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu masalani alohida e\u2019tiborga olib, Toshkentni rivojlantirish rejalarini 15-20 yil-oldindan belgilash vazifasini qo\u2018ygan edi. Shundan kelib chiqib, shahardan tashqarida, zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida yangi markaz qurishga kirishildi.<\/p>\n<p>Joriy yil 20-iyulda Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo\u2018yicha Prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Bosh vazir rahbarligida Yangi Toshkentni barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi hamda direksiya tashkil etildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirligida bu loyihaga mas\u2019ul o\u2018rinbosar lavozimi joriy qilindi.<\/p>\n<p>Ushbu ulkan loyiha uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O\u2018rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan. Direksiya tomonidan yetakchi xorijiy kompaniyalar jalb etilib, rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan o\u2018tgan amaliyotlar asosida Bosh reja, tarmoq rejalari va manzilli dasturlar ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>\u201cToshkentboshplanLITI\u201d davlat unitar korxonasida Bosh reja loyihasi taqdimoti o\u2018tkazildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirining o\u2018rinbosari \u2013 \u201cYangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi\u201d direktori hududni infratuzilma bilan ta\u2019minlash, yo\u2018l va ko\u2018priklar qurish masalalari, muhandislik, shaharsozlik va arxitektura yechimlari bo\u2018yicha axborot berdi.<\/p>\n<p>Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e\u2019tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg\u2018unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog\u2018langan.<\/p>\n<p>Umuman aytganda, Yangi Toshkent \u201caqlli\u201d va \u201cbog\u2018 shahar\u201d bo\u2018lishi nazarda tutilmoqda. Ma\u2019muriy markazda davlat idoralari, Yangi O\u2018zbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta\u2019lim, tibbiyot va turizm klasterlari bo\u2018ladi. 420 gektar maydonda markaziy bog\u2018, mavzelar orasida sun\u2019iy kanal va ko\u2018llar, Chirchiq va Qorasuv daryolari bo\u2018yida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun so\u2018lim sharoitlar yaratiladi. \u201cToshkentning yashil belbog\u2018i\u201d loyihasi shu joydan boshlanadi.<\/p>\n<p>Bu komponentlar loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilg\u2018or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari infratuzilma tarmoqlarini ilg\u2018or standartlar bilan uyg\u2018unlashtirish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>&#8211; O\u2018ttiz ikki yillik mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz, bunga dunyodagi ilg\u2018or kompaniyalarni jalb qilayapmiz. Lekin bizdagi sohalar, standartlar shunga mosmi, &#8211; deya savol qo\u2018ydi Shavkat Mirziyoyev. &#8211; Ular zamonaviy loyihalar bilan hamohang bo\u2018lishi kerak. Shuning uchun qurilish, energetika, kommunal, ekologiya, irrigatsiya, transport kabi hamma tegishli sohalardagi qonunlarni, standartlarni jahonning eng yuqori talablariga muvofiq takomillashtirish zarur.<\/p>\n<p>Prezident Bosh reja asosida yil yakuniga qadar batafsil loyihalash ishlarini yakunlash, birinchi bosqich inshootlari bo\u2018yicha loyihachi va quruvchi korxonalarni aniqlash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p>&#8211; Nima uchun bu loyihani shoshmasdan, qayta-qayta ko\u2018ryapmiz? Bu shahar yuz yillab xalqqa xizmat qilishi kerak. Odamlar birinchi o\u2018rinda bo\u2018lishi, kelajakdagi qurilishlar ham inobatga olinishi zarur. Birinchi bosqich mukammal qurilsa, maktab bo\u2018ladi, &#8211; dedi davlat rahbari.<\/p>\n<p>Bo\u2018lajak binolar va infratuzilma ekspluatatsiyasini hozirdan o\u2018ylash, bu bo\u2018yicha mutaxassislar tayyorlash zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko\u2018plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog\u2018cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36076,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko\u2018plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog\u2018cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-09-05T04:20:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-09-06T04:21:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/f276e8bc-ca29-f025-3039-ff7269e87476_lists_slider_.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/\",\"name\":\"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-09-05T04:20:33+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-06T04:21:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko\u2018plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog\u2018cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-09-05T04:20:33+00:00","article_modified_time":"2023-09-06T04:21:31+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/f276e8bc-ca29-f025-3039-ff7269e87476_lists_slider_.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"3 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/","name":"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-09-05T04:20:33+00:00","dateModified":"2023-09-06T04:21:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/shavkat-mirziyoyev-mustaqil-tariximizda-birinchi-marta-bunday-shahar-qurayapmiz\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/f276e8bc-ca29-f025-3039-ff7269e87476_lists_slider_.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36075"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36075"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36075\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36080,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36075\/revisions\/36080"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/36076"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36075"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36075"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36075"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}