{"id":35880,"date":"2023-08-31T20:13:59","date_gmt":"2023-08-31T15:13:59","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=35880"},"modified":"2023-09-04T11:15:04","modified_gmt":"2023-09-04T06:15:04","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Muhtaram otaxon va onaxonlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Yurtimiz kelajagi bo\u2018lgan yoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bundan roppa-rosa o\u2018ttiz ikki yil muqaddam O\u2018zbekiston o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. O\u2018tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o\u2018tkazdik, ko\u2018plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik.<\/p>\n<p>O\u2018ttiz ikki yil avval tug\u2018ilgan go\u2018dak bugun o\u2018zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida voyaga yetdi. Xuddi shu singari, bugungi O\u2018zbekiston ham, o\u2018tgan davrda turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o\u2018zining aniq maqsadi va yo\u2018li, pozitsiyasiga ega bo\u2018lgan katta davlat sifatida shakllandi.<\/p>\n<p>Bu \u2013 butun xalqimizning tarixiy yutug\u2018i. Unda har biringizning munosib hissangiz bor!<\/p>\n<p>Siz, azizlarning Vatanga mehr va sadoqat bilan qilayotgan har kunlik mehnatingiz O\u2018zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu ma\u2019noda, Istiqlol bayrami \u2013 barchamizning bayramimiz, mustaqil O\u2018zbekiston \u2013 barchamizning faxrimiz, iftixorimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Mana shu shukuhli damlarda har qanday sharoitda ham o\u2018z kasbiga sodiq qolib, yosh avlodimizga ilm-fan asoslarini o\u2018rgatib kelayotgan hurmatli muallim va murabbiylarni, xalq salomatligi yo\u2018lida o\u2018zini ayamasdan xizmat qilayotgan jonkuyar shifokorlarni, el-yurt dasturxonini yanada to\u2018kin qilish uchun dalalarimizda fidokorona mehnat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlarimizni, ona yurtimiz qalqonlari bo\u2018lgan jasur harbiylarimizni, iqtisodiyotimiz rivoji, xalqimiz farovonligini oshirish yo\u2018lida jonbozlik ko\u2018rsatayotgan tadbirkorlarimizni, o\u2018zining dastlabki yutuqlari bilan barchamizni xursand qilayotgan azmu shijoatli yoshlarimizni, qalb to\u2018la mehri, ulug\u2018 fazilatlari bilan xonadonlarimiz ustuni bo\u2018lib kelayotgan hurmatli opa-singillarimizni, har bir ishda duogo\u2018y bo\u2018lib, bizga Yaratgandan kuch va madad tilab turgan muhtaram otaxon va onaxonlarimizni, dunyoning qaysi o\u2018lkasida bo\u2018lsa ham, O\u2018zbekiston sog\u2018inchi bilan yashayotgan aziz vatandoshlarimizni, bir so\u2018z bilan aytganda, 36 millionlik butun xalqimizni bugungi ulug\u2018 bayram bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Albatta, O\u2018zbekiston o\u2018z suvereniteti, davlat mustaqilligiga osonlik bilan erishgani yo\u2018q. Bu yo\u2018lda ajdodlarimizning siyosiy va ma\u2019rifiy intilishlari so\u2018nggi bir yarim asr davomida deyarli to\u2018xtamadi. Hurriyat uchun kurashgan ko\u2018plab Vatan fidoyilari qatag\u2018on etildi, istiqlolga intilgan millat qahramonlari zulm va zo\u2018ravonlik qurboni bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Biz yurt ozodligi yo\u2018lida kurashgan, nohaq ayblanib, bu dunyodan armon bilan ketgan vatandoshlarimizning pok nomlarini tiklashni o\u2018z oldimizga maqsad qilib qo\u2018ygan edik. So\u2018nggi uch yilda ularning 856 nafari Oliy sud tomonidan oqlandi. Biz bunday ezgu ishlarni albatta davom ettiramiz. Zero, bu masalada adolat qaror topishi shart.<\/p>\n<p>O\u2018tmishga nazar tashlar ekanmiz, achchiq bir haqiqatni tan olishga majburmiz: \u201co\u2018zbek\u201d deganda, faqat ertayu kech paxta dalasida mehnat qiladigan zahmatkash insonlar tasavvur qilinar edi. Afsuski, shu darajaga tushib qolgan edik.<\/p>\n<p>Paxta hukmronligi o\u2018zbekning peshonasiga yozilgan balo bo\u2018ldi. Paxta siyosati Orolni quritdi, ekologiyamizni inqirozga olib keldi, iqtisodiyotimizni, ta\u2019lim tizimini izdan chiqardi. Oqibatda bir necha avlod chalasavod bo\u2018lib voyaga yetdi. Biz buning asoratlari bilan haligacha kurashyapmiz.<\/p>\n<p>Bugun paxtachilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib, soha o\u2018z egasini topdi. Natijada o\u2018qituvchi maktabga, shifokor shifoxonaga qaytdi, tadbirkorlar paxta \u201co\u2018lponi\u201ddan ozod bo\u2018ldi, majburiy va bolalar mehnatiga chek qo\u2018yildi. O\u2018zbekiston xalqaro \u201cqora ro\u2018yxatlar\u201ddan chiqarildi.<\/p>\n<p>Barchamizning fidokorona mehnatimiz, g\u2018ayratu shijoatimiz bilan Yangi O\u2018zbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Vatanimizga nisbatan hurmat va e\u2019tibor tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Prezident sifatida dastlabki ishlarimdan biri qo\u2018shni mamlakatlar bilan do\u2018stona munosabatlarni o\u2018rnatish bo\u2018ldi. Yillar davomida yechimini kutayotgan muammolar hal etildi. Buning natijasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha sohalardagi aloqalarimiz yangi bosqichga chiqdi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Siyosiy mustaqillik zamirida eng avvalo iqtisodiy mustaqillik yotishi hech kimga sir emas. Oxirgi yillarda amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz bu yo\u2018lda mustahkam poydevor bo\u2018lib xizmat qilmoqda. So\u2018nggi 6 yilda yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi 1,5 martadan ziyod, tadbirkorlik subyektlari soni 2 karra ko\u2018paygani, sanoatdagi o\u2018sish 40 foizdan oshgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Qisqa muddatda kambag\u2018allikni 2 barobardan ziyod qisqartirishga erishdik.<\/p>\n<p>Lekin biz bugun bilan kechagi kunni emas, bugun bilan ertangi kunni taqqoslashimiz, ishimizni shu asosda tashkil etishimiz kerak. Chunki, kelajak bugun biz tashlayotgan qadamlardan boshlanadi.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz mutafakkir zotlarning: \u201cDavlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilishdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxshi axloq yordamida erishiladi\u201d, degan hikmatli so\u2018zlarini o\u2018zimiz uchun dastur deb bilamiz.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, biz bir yil avval taraqqiyotimizning 5 ta asosiy yo\u2018nalishini belgilab olgan edik. Unda ta\u2019lim sohasini rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan.<\/p>\n<p>Men doimo ta\u2019lim, ta\u2019lim, muallim, muallim, deb ta\u2019kidlashim bejiz emas. Chunki ta\u2019limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta\u2019limdir.<\/p>\n<p>2022-yili mamlakatimizda 72 ta yangi maktab qurildi, 279 tasi kapital ta\u2019mirdan chiqarildi, 514 ta maktab esa rekonstruksiya qilindi. Maktablar uchun 30 mingdan ortiq kompyuter xarid qilindi. Yangi o\u2018quv yilidan respublikamiz maktablarida xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassislari bolalarimizga dars beradi. Boshlang\u2018ich sinf o\u2018quvchilari ilg\u2018or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi dastur va darsliklar bo\u2018yicha o\u2018qiy boshlaydilar.<\/p>\n<p>Xuddi shu kabi, sog\u2018liqni saqlash, biznesni rivojlantirish, sud tizimini takomillashtirish hamda suv va yoqilg\u2018i-energetika muammolarini hal etish yuzasidan katta loyihalar boshlangan. Yana bir bor ta\u2019kidlayman: ushbu belgilangan ustuvor yo\u2018nalishlar bizning doimiy e\u2019tiborimiz markazida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli bayram ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Agar 3 ming yillik tariximizga nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida dunyo tamadduniga nafaqat jismoniy, balki intellektual mehnati bilan ulkan hissa qo\u2018shganiga guvoh bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma\u2019rifat, ma\u2019naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug\u2018 zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo\u2018lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an\u2019analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda.<\/p>\n<p>Men ishonaman, biz bu tarixiy yo\u2018lni munosib davom ettirishga har tomonlama qodirmiz. Bugungi kunda dunyo xaritasida tutgan o\u2018rnimiz, o\u2018z oldimizga qo\u2018yayotgan juda ulkan maqsad va marralarimiz ham aynan shuni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqqan holda, biz transport-logistika tizimi bilan birga, bugun zamonning o\u2018zi talab qilayotgan ilm-fan, innovatsiya, IT va aqliy mehnatga asoslangan boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratyapmiz. Aynan shu yo\u2018nalishlar O\u2018zbekiston iqtisodiyotining yaqin kelajakdagi asosiy lokomotivlariga aylanadi.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun bizning oldimizda turgan yana bir muhim masala \u2013 ekologik muammolar va suv tanqisligidir. Tarozining bir pallasida o\u2018sib borayotgan qurilishlar, ishlab chiqarish, qishloq xo\u2018jaligi turgan bo\u2018lsa, ikkinchi pallasida har birimiz uchun eng zarur bo\u2018lgan suvni tejash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalasi turibdi.<\/p>\n<p>Bizning vazifamiz \u2013 har ikki yo\u2018nalishda ham muvozanatni saqlashdan iborat. Hech qachon unutmasligimiz lozimki, tabiiy resurslar \u2013 bu kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo\u2018lgan boylikdir. Shu bois, ulardan nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizni ham o\u2018ylab, oqilona foydalanishimiz zarur.<\/p>\n<p>Bu borada suvni, energiya va boshqa tabiiy resurslarni tejaydigan iqtisodiyotga tezroq o\u2018tish muhim ahamiyatga ega. Biz uchun \u201cyashil\u201d va raqamli texnologiyalar, innovatsion ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish vazifasi ham dolzarb bo\u2018lib turibdi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Yangilangan Konstitutsiyamizda O\u2018zbekistonning dunyoviy davlat va turli madaniyatlarni birlashtirgan makon ekani aniq belgilab qo\u2018yildi. Bizning kuch-qudratimiz \u2013 mana shunda, biz bu boylikni ko\u2018z qorachig\u2018idek asrashimiz kerak. Tarixga qaraydigan bo\u2018lsak, asrlar davomida yurtimizda turli xil e\u2019tiqod va qarashlar, dinlar, madaniyatlar bag\u2018rikenglik bilan qabul qilinganini ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Biz \u2013 nizolarni urush bilan emas, tinchlik bilan hal etish yo\u2018lini tanlaydigan xalqmiz. Biz barcha xalqlar bilan hamisha murosai madora, do\u2018stlik va hamkorlikda yashab kelganmiz. Bugungi taraqqiyot yo\u2018limizda ham aynan shu tamoyillarga tayanamiz.<\/p>\n<p>Bizga, birinchi navbatda, kuchli fuqarolik jamiyati zarur, chunki har qanday islohot har birimizning yuragimizdan, ongimizdan boshlanishi lozim. Adolatli qonunlar bo\u2018yicha vijdonan yashashga tayyor bo\u2018lishimiz, mamlakat kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, olg\u2018a qadam bosmog\u2018imiz kerak.<\/p>\n<p>Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida gap borar ekan, buni so\u2018z va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bo\u2018lmaydi. Butun dunyoda jurnalistlar o\u2018zlari va jamiyatni o\u2018ylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapirish va yozish huquqi uchun, haqiqat uchun kurashganlar va bundan keyin ham kurashadilar.<\/p>\n<p>Ammo, ishonch bilan ayta olamanki, men erkin fikrli jurnalistlar tarafida bo\u2018lganman va doimo shu pozitsiyada bo\u2018laman. Ayni vaqtda axborot makonida haqqoniylik va\u00a0xolislik bosh mezon bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli bayram qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Buyuk ma\u2019rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat ta\u2019biri bilan aytganda, \u201cxotin-qizlar \u2013 bu millat onalaridir\u201d. Ular millatning yangi nasli \u2013 farzandlarini tarbiyalash uchun o\u2018zlari ham yuksak bilimli bo\u2018lishlari zarur.<\/p>\n<p>Shunday ekan, oldimizda turgan yana bir muhim vazifa \u2013 jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Hurmatli xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o\u2018rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini, kasb sohasi bo\u2018yicha o\u2018sishini ta\u2019minlash borasida o\u2018tgan davrda ko\u2018p ishlarni amalga oshirdik. Shu bilan birga, bu yo\u2018nalishda qiladigan ishlarimiz ham oz emas.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, muhtarama ayollarimiz zimmasida xizmat sohasidagi vazifasidan tashqari, farzandlar tarbiyasi, oilada sog\u2018lom muhitni mustahkamlash, axloqiy-ma\u2019naviy an\u2019analarni davom ettirishdek murakkab vazifalar ham bor. Shunday ekan, mehribon opa-singillarimizni har qancha qo\u2018llab-quvvatlasak, arziydi.<\/p>\n<p>Mana, bu yil oiladagi zo\u2018ravonlikka qarshi qonunni qabul qildik. Bundan ko\u2018zlangan asosiy maqsad \u2013 oilalar mustahkamligini, ayollarimizning baxti va himoyasini ta\u2019minlashdir. Biz bu yo\u2018nalishdagi ishlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o\u2018z hayotining ma\u2019nosi deb bilmog\u2018i kerak!<\/p>\n<p>Biz bir bo\u2018lsak \u2013 yagona xalqmiz, birlashsak \u2013 Vatanmiz!<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Insoniyat oxirgi besh-olti yil mobaynida so\u2018nggi yuz yil davomida o\u2018z boshidan o\u2018tkazishi mumkin bo\u2018lgan barcha sinovlar bilan yuzma-yuz kelgani sizlarga ma\u2019lum.<\/p>\n<p>Bu pandemiya bo\u2018ladimi, tabiiy ofatlar, zilzilalar bo\u2018ladimi, qurolli to\u2018qnashuvlar, global isish hamda qurg\u2018oqchilik bo\u2018ladimi \u2013 barchasi bashariyatni qattiq sinovdan o\u2018tkazdi va o\u2018tkazmoqda. Mazkur murakkab vaziyatni, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, kuchli va qattiq to\u2018fonga qiyoslash mumkin.<\/p>\n<p>Bunday ofatlar oqibatida \u201cmanaman\u201d degan daraxtlarning ham barglari uzilishi, shoxlari sinishi, kurtaklari to\u2018kilishi, hatto mevalari nobud bo\u2018lishi mumkin. Lekin ildizi mustahkam va chuqur bo\u2018lgan daraxtlar yiqilmaydi. Aksincha, yerga o\u2018sha tomirlari bilan yanada mahkam bog\u2018lanadi. Qayta kurtak yozadi, mevalar tugaveradi. Bu \u2013 hayot qonuni.<\/p>\n<p>Bizning qadimiy va mustahkam ildizlarimiz bor. Bu \u2013 bizning tariximiz, qadriyat va an\u2019analarimiz, urf-odatlarimiz, milliy o\u2018zligimizdir. Men ana shu teran ildizlarimizda yurtni, millatni birlashtiradigan buyuk bir g\u2018oyani ko\u2018raman.<\/p>\n<p>Biz Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligini ta\u2019minlashning ishonchli kafolati bo\u2018lgan Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirishga, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yanada munosib sharoit yaratishga alohida e\u2019tibor qaratamiz.<\/p>\n<p>Dunyoning olis va yaqin mamlakatlari, ayniqsa, qo\u2018shni davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan do\u2018stlik va o\u2018zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqamiz. Bu borada mamlakatimiz va xorijiy davlatlar diplomatlarining xizmatlarini alohida ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p>Mana shu imkoniyatdan foydalanib, bugungi tantanali marosimda xorijiy davlatlarning hurmatli elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etayotganidan mamnun ekanimni bildirib, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va ravnaq tilayman.<\/p>\n<p><strong>Aziz va muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Barchangiz bir haqiqatni bilishingizni istardim. Bizning jamiki sa\u2019y-harakatlarimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun, o\u2018z Vataniga sadoqatli xalqimiz uchun, sizlar uchun, aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Bugun oldimizda turgan vazifalar qanchalik ulkan va murakkab bo\u2018lmasin, ularni birgalikda hal etishga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham yetadi.<\/p>\n<p>Biz endi kechagi odamlar emasmiz. Xalqimiz ham kechagi xalq emas.<\/p>\n<p>Tarixdan ma\u2019lum: vaqtni \u2013 imkoniyatga, imkoniyatni \u2013 yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq \u2013 buyuk xalqdir. Bugun mehnatkash, mard va olijanob, mehr-oqibatli elimiz ayni shunday xalq bo\u2018lib maydonga chiqmoqda.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizga, ona xalqimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Siz, azizlarni, kattayu kichik barcha vatandoshlarimni bugungi ulug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Barcha yutuq va g\u2018alabalarimizning ijodkori va bunyodkori bo\u2018lgan xalqimiz hamisha omon bo\u2018lsin! Go\u2018zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Jonajon Vatanimizga ko\u2018z tegmasin!<\/p>\n<p><strong>Mustaqilligimiz abadiy bo\u2018lsin!<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar! Yurtimiz kelajagi bo\u2018lgan yoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bundan roppa-rosa o\u2018ttiz ikki yil muqaddam O\u2018zbekiston o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. O\u2018tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o\u2018tkazdik, ko\u2018plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik. O\u2018ttiz ikki yil avval tug\u2018ilgan go\u2018dak bugun o\u2018zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35878,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar! Yurtimiz kelajagi bo\u2018lgan yoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bundan roppa-rosa o\u2018ttiz ikki yil muqaddam O\u2018zbekiston o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. O\u2018tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o\u2018tkazdik, ko\u2018plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik. O\u2018ttiz ikki yil avval tug\u2018ilgan go\u2018dak bugun o\u2018zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-08-31T15:13:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-09-04T06:15:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/c372e0f9-beb7-69ce-2c97-f29665d0f2c5_lists_6637.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"851\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-08-31T15:13:59+00:00\",\"dateModified\":\"2023-09-04T06:15:04+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar! Yurtimiz kelajagi bo\u2018lgan yoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bundan roppa-rosa o\u2018ttiz ikki yil muqaddam O\u2018zbekiston o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. O\u2018tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o\u2018tkazdik, ko\u2018plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik. O\u2018ttiz ikki yil avval tug\u2018ilgan go\u2018dak bugun o\u2018zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-08-31T15:13:59+00:00","article_modified_time":"2023-09-04T06:15:04+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":851,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/c372e0f9-beb7-69ce-2c97-f29665d0f2c5_lists_6637.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-08-31T15:13:59+00:00","dateModified":"2023-09-04T06:15:04+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-ikki-yilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nu\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/09\/c372e0f9-beb7-69ce-2c97-f29665d0f2c5_lists_6637.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35880"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35880"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35880\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35881,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35880\/revisions\/35881"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/35878"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35880"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35880"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35880"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}