{"id":32283,"date":"2023-07-14T15:42:05","date_gmt":"2023-07-14T10:42:05","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=32283"},"modified":"2023-07-14T15:42:05","modified_gmt":"2023-07-14T10:42:05","slug":"xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/","title":{"rendered":"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>Yangi saylangan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag\u2018ishlangan<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Oliy Majlis palatalari qo\u2018shma majlisidagi nutqi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Senat a\u2019zolari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xorijiy diplomatik korpus vakillari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Mana shu tarixiy va hayajonli daqiqalarda avvalo menga yuksak ishonch bildirib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p>Muqaddas Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi davlat bayrog\u2018iga, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog\u2018iga yuksak hurmat bajo keltiraman.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni men inson huquq va erkinliklarini, xalq manfaatini ta\u2019minlashga qaratilgan siyosatimizning yana bir yuksak e\u2019tirofi sifatida qabul qilaman.<\/p>\n<p>Bo\u2018lib o\u2018tgan Prezident saylovi yangilangan Konstitutsiyamiz asosida o\u2018tkazilgani unga chinakam xalqchil ruh va mazmun bag\u2018ishladi. Ushbu saylovda xalqimiz o\u2018z xohish-irodasini emin-erkin bildirib, Yangi O\u2018zbekiston uchun ovoz berdi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz hayotidagi g\u2018oyat muhim va mas\u2019uliyatli bu siyosiy jarayon el-yurtimiz bilan birgalikda tanlagan va amalga oshirayotgan milliy taraqqiyot yo\u2018limiz naqadar to\u2018g\u2018ri ekanini yana bir marta tasdiqladi.<\/p>\n<p>Saylovda 15\u00a0ta xalqaro tashkilotdan 466\u00a0nafar, 47\u00a0ta xorijiy davlatdan 331\u00a0nafar vakil xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Shu bilan birga, 1400\u00a0nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar saylov jarayonlarini atroflicha yoritib bordi.<\/p>\n<p>Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligining uzoq muddatli missiyalari butun saylov jarayonlarini bevosita kuzatib bordi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkilotidan ham kuzatuvchilar ishtirok etdi. Bularning barchasi ushbu saylov jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg\u2018otganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar saylov milliy qonunchiligimiz va umume\u2019tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida, erkin va demokratik, sog\u2018lom raqobat va siyosiy kurash muhitida, ochiqlik va shaffoflik ruhida o\u2018tganini e\u2019tirof etdilar. Bu, o\u2018z navbatida, barchamizni birlashtirib, o\u2018z kuch va imkoniyatimizga bo\u2018lgan ishonchimiz, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi mas\u2019uliyatimizni yanada oshirishi tabiiy, albatta.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli tantanali marosim qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Olijanob va bag\u2018rikeng xalqimiz menga yana bir bor katta ishonch bildirib, buyuk Vatanimiz taqdiri uchun butun mas\u2019uliyatni o\u2018z zimmamga olish imkonini berganini shu hayajonli lahzalarda yanada chuqur anglab, qalbim cheksiz g\u2018urur va iftixor tuyg\u2018ulariga to\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, bugun yelkamga qanday ulug\u2018vor mas\u2019uliyat olayotganimni, Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman.<\/p>\n<p>Mana shunday yuksak ishonch uchun, hurmat va e\u2019tibor uchun ko\u2018pmillatli, mard va donishmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta\u2019zim qilaman.<\/p>\n<p>Nomzodimni ilgari surgan va saylov kampaniyasi davomida asosiy tayanchim bo\u2018lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati \u2013 O\u2018zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a\u2019zolari va faollariga, biz bilan hamfikr bo\u2018lib, nomzodimni qo\u2018llab-quvvatlagan \u201cMilliy tiklanish\u201d demokratik partiyasi vakillariga, barcha tarafdorlarim hamda ishonchli vakillarimga chin qalbimdan tashakkur aytaman.<\/p>\n<p>Saylovda munosib ishtirok etgan \u201cAdolat\u201d sotsial-demokratik partiyasidan nomzod \u2013 Robaxon Mahmudovaga, O\u2018zbekiston Xalq demokratik partiyasidan \u2013 Ulug\u2018bek Inoyatovga, O\u2018zbekiston Ekologik partiyasidan \u2013 Abdushukur Hamzayevga alohida minnatdorlik bildirib, ularning kelgusi ishlariga yutuq va omadlar tilayman.<\/p>\n<p>Albatta, biz turli siyosiy partiyalarga mansub bo\u2018lishimiz, turli g\u2018oya va qarashlar tarafdori bo\u2018lishimiz mumkin. Demokratiya degani ham aslida shu. Ammo mohiyat e\u2019tibori bilan qaraganda, barchamizning, butun O\u2018zbekiston xalqining maqsadi bir. Bizning barchamizni Vatan, el-yurt manfaati birlashtiradi.<\/p>\n<p>Shu sababli biz saylovda qatnashgan partiyalarimiz dasturlaridagi eng muhim fikrlar va amaliy takliflarni kelgusi faoliyatimizda albatta e\u2019tiborga olamiz. Barchamiz Yangi O\u2018zbekiston degan yagona va ulug\u2018 maqsad atrofida yanada jipslashib, xalqimizning orzu-armoni bo\u2018lgan mana shu ezgu g\u2018oyani amalga oshirish yo\u2018lida hamkorlik qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun, ushbu tantanali marosimda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilariga, barcha tuman va shaharlarimiz, qishloq va ovullarimiz aholisiga, yurtimizda tinchlik, do\u2018stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo\u2018lida sidqidildan xizmat qilayotgan mahalla faollariga, fuqarolik instituti vakillariga, hayotimizning nuru ziyosi bo\u2018lgan aziz faxriylarimizga, jamiyatimiz rivojiga beqiyos hissa qo\u2018shib kelayotgan qadrli opa-singillarimizga, kelajagimiz egalari \u2013 navqiron yosh avlodimizga, suyukli o\u2018g\u2018il-qizlarimga, chet ellarda ta\u2019lim olib, mehnat qilayotgan, Vatan mehri bilan yashayotgan barcha vatandoshlarimizga chin yurakdan tashakkur bildiraman.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarga, tadbirkor va fermerlarga, bunyodkor quruvchilarimizga, fidoyi ustoz va murabbiylarga, ilm-fan, ijod va san\u2019at ahliga, muhtaram ulamolarimizga, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash yo\u2018lida jonbozlik ko\u2018rsatayotgan tibbiyot xodimlariga, dunyodagi eng ulug\u2018 va sharafli vazifani ado etayotgan jasur harbiylarimizga, barcha Vatan himoyachilariga, jahon maydonlarida yurtimiz bayrog\u2018ini baland ko\u2018tarayotgan matonatli sportchilarimizga alohida rahmat aytaman.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari a\u2019zolariga, mahalliy hokimliklar hamda xorijiy mamlakatlardagi elchilarimizga, diplomatik vakolatxonalarimiz xodimlariga, saylov jarayonlarida qatnashgan mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarga, ommaviy axborot vositalari vakillariga, jurnalist va blogerlarga samimiy minnatdorchilik izhor etaman.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishim munosabati bilan samimiy tabriklarini yo\u2018llagan mamlakatimizning barcha fuqarolariga, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, siyosat va jamoat arboblariga chuqur ehtiromimni bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimizning bizga bildirgan yuksak ishonchi barchamizdan \u2013 deputat va senatorlar, vazir va hokimlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlaridan, har bir yurtdoshimizdan belimizni yanada mahkam bog\u2018lab, avvalgidan ikki-uch karra ko\u2018proq g\u2018ayrat va shijoat bilan ishlashni talab etadi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, oldimizda turgan davr O\u2018zbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda tub burilish va ulkan o\u2018zgarishlar davri bo\u2018ladi. Kechagi natija, kechagi qarash va mezonlar endi tarix. Ular endi bizni qoniqtirmaydi.<\/p>\n<p>Yangi davr uchun yangi g\u2018oya va tashabbuslar kerak, yangi natijalar kerak. Shundagina u tom ma\u2019noda yangi davr bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018zingiz ko\u2018rib turibsiz, bugun dunyo qanday shiddat bilan, keskin o\u2018zgarib bormoqda. Jahon miqyosida bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda. Ayni vaqtda oldindan tahlil qilib bo\u2018lmaydigan jarayonlardan iborat o\u2018ta murakkab yangi bir davr boshlanmoqda.<\/p>\n<p>Yer yuzining turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli mojarolar global tinchlik va osoyishtalikka jiddiy putur yetkazmoqda. Bunday nizo va to\u2018qnashuvlar, shafqatsiz raqobat savdo va investitsiya oqimlarini, tovar va xizmatlar aylanishini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bo\u2018yicha yangi muammolar keltirib chiqarmoqda.<\/p>\n<p>Dunyo miqyosida iqlim o\u2018zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqchil bo\u2018lib borayotgani ham barqaror rivojlanishga kuchli salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Biz mana shunday og\u2018ir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to\u2018g\u2018ri yo\u2018lni \u2013 samarali ichki va tashqi siyosat yo\u2018lini aniq belgilab olishimiz va uni qat\u2019iy amalga oshirishimiz lozim.<\/p>\n<p>Islohotlarimizning ta\u2019sirchanligi va bardavomligini ta\u2019minlash uchun yo\u2018limizda uchrashi mumkin bo\u2018lgan barcha xavf-xatar, to\u2018siq va g\u2018ovlarni hisobga olishimiz va ulardan talafotsiz o\u2018tish choralarini ko\u2018rishimiz zarur.<\/p>\n<p>Barchamiz birgalikda kelajakka ishonch bilan intilib, butun diqqat-e\u2019tiborimizni oldimizda turgan vazifalarni hal etishga qaratishimiz, xalqimiz kutayotgan, davrning o\u2018zi talab etayotgan yangi g\u2018oya va tashabbuslarni ilgari surishimiz lozim.<\/p>\n<p>Biz o\u2018tmishdan, kechagi tariximizdan, yo\u2018l qo\u2018ygan xato va kamchiliklarimizdan zarur xulosalar chiqarib, O\u2018zbekistonimizning dunyodagi o\u2018rni va nufuzini yanada yuksaltirishimiz, Vatanimiz shuhrati va shon-sharafini hamma jabhalarda munosib va mardona himoya qilishimiz kerak.<\/p>\n<p>Nega deganda, bugungi keskin raqobat olamida kechagi mezon va yondashuvlar bilan rivojlanib bo\u2018lmaydi. Bugungi zamon \u2013 bu kechagi zamon emas.<\/p>\n<p>Shu bois, har bir imkoniyatdan oqilona foydalanib, har qanday muammoni aql bilan, ilm bilan hal qilishimiz, turli sinovlarni xalqimiz bilan bamaslahat, og\u2018ir-vazmin bo\u2018lib yengib o\u2018tishimiz kerak.<\/p>\n<p>Parlamentimiz, hukumatimiz, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar o\u2018zlarining kelgusi faoliyatlarini mana shu omillarning barchasini inobatga olgan holda tashkil etishlari zarur.<\/p>\n<p>Endi barcha soha va tarmoqlarda tizim o\u2018zgaradi, vaziyat o\u2018zgaradi, samaradorlik o\u2018zgaradi.<\/p>\n<p>Biz saylovning ertasi kuniyoq belgilab olingan ulkan maqsadlarni amalga oshirish bo\u2018yicha qat\u2019iy harakatlarni boshladik. Chunki vaqt, hayot bizni kutib turmaydi. Davrning o\u2018zi barchamizni tezkor bo\u2018lishga, kerak bo\u2018lsa, vaqtdan o\u2018zib ishlashga undamoqda.<\/p>\n<p>Kimki \u201cSaylov o\u2018tdi \u2013 safarbarlik tugadi\u201d, deb o\u2018ylasa, xato qiladi. Haqiqiy safarbarlik endi boshlanadi. Chunki xalqimiz bizga ishonib topshirgan katta-katta reja va dasturlarni o\u2018zimiz bajarmasak, ayting, chetdan kim kelib bajarib beradi?<\/p>\n<p>Kelgusi yetti yilga mo\u2018ljallab ishlab chiqilgan strategik maqsadlarga erishish uchun bizda barcha kuch va imkoniyatlar bor.<\/p>\n<p>Qudratli xalqimizga tayanib, aql-zakovatimiz, bilim va tajribamizni ishga solib, islohotlarimiz sur\u2019ati va samarasini yanada oshiramiz, hech qachon susaytirmaymiz. Qanchalik qiyin va mashaqqatli bo\u2018lmasin, tanlagan yo\u2018limizdan ortga qaytmaymiz.<\/p>\n<p>\u201cHar bir kun \u2013 bu imkoniyat, har bir kun \u2013 bu kelajak poydevori\u201d degan shior bugundan boshlab hayotimiz qoidasiga, har qaysi rahbarning, barcha xalq noiblari, vazir va hokimlarning kundalik faoliyat dasturiga aylanishi shart.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli deputat va senatorlar!<\/strong><\/p>\n<p>Yangilangan Konstitutsiyamizda muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirish kelgusi faoliyatimizning asosiy ma\u2019no-mazmunini tashkil etadi.<\/p>\n<p>Saylovchilar bilan bo\u2018lgan barcha uchrashuvlarda men hayotimizni yaxshilash, uni har tomonlama erkinlashtirish haqida odamlarimizning juda ko\u2018plab fikr-mulohazalari, taklif va talablari bilan yaqindan tanishdim. Ularning asosiy qismi biz ishlab chiqayotgan taraqqiyot dasturidan albatta o\u2018rin oladi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda mavjud huquqiy-me\u2019yoriy bazani yangilash bo\u2018yicha oldimizda keng ko\u2018lamli ishlar turganini sizlar albatta yaxshi tasavvur qilasiz. Ya\u2019ni, qanday yangi qonunlarni qabul qilish, qaysi qonun hujjatlarini o\u2018zgartirish kerakligini sizlar hammadan ko\u2018ra yaxshi bilasiz. Chunki sizlar el-yurtimiz ishonch bildirgan, qonuniy vakolat bergan xalq vakillarisiz.<\/p>\n<p>Qonunchilik va ijro hokimiyatini takomillashtirish, ixcham va samarali boshqaruv tizimini tashkil etishda biz sizlarga, sizlarning boy tajribangiz, bilim va salohiyatingizga, fidoyilik fazilatlaringizga tayanamiz.<\/p>\n<p>Konstitutsiyamizda muhrlab qo\u2018yilganidek, jonajon O\u2018zbekistonimizni millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, har bir fuqaromiz tinch va erkin, baxtli va farovon yashaydigan ijtimoiy davlatga aylantiramiz. Jumladan, ta\u2019lim va tarbiya, sog\u2018liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san\u2019at, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, energiya bilan ishonchli ta\u2019minlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash bo\u2018yicha belgilab olgan vazifalarni albatta bajaramiz.<\/p>\n<p>Biz uchun Vatan ramzi bo\u2018lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy va hal qiluvchi bo\u2018g\u2018inga aylantiramiz.<\/p>\n<p>Tadbirkorlik uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratib, yangi-yangi ish o\u2018rinlari ochish, aholi daromadlarini ko\u2018paytirish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018qitish, ularning bandligini oshirish e\u2019tiborimiz markazida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Aholining ehtiyojmand qatlamlari, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar, yolg\u2018iz keksalarni qo\u2018llab-quvvatlash, kambag\u2018allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqamiz.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, biz bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bilan birga ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma\u2019naviyatga tayanamiz.<\/p>\n<p>Saylovoldi uchrashuvlarida milliy o\u2018zligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bo\u2018yicha belgilab olgan vazifalarni sizlar bilan, keng jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshiramiz.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda barcha siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e\u2019tiqod erkinligi kafolatlari so\u2018zsiz ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so\u2018z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo\u2018lgan huquqlarini kafolatlaymiz.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o\u2018lkasi yoki mintaqasida bo\u2018lmasin, qonunlarimiz himoyasida bo\u2018ladi. Chet eldagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududdagi eng dolzarb masala bilan bog\u2018liq ustuvor yo\u2018nalishlarni muhokama qilib olganimiz albatta bejiz emas.<\/p>\n<p>Maqsad \u2013 markaziy vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar va jamoatchilikni ana shu muammolar ichiga chuqurroq olib kirish, har bir hudud bo\u2018yicha yechimlarni aniq-aniq ko\u2018rsatib berish edi.<\/p>\n<p>Endi hukumat ham, vazirlik va idoralar ham, mahalliy hokimliklar ham ana shu yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha ishlaydi. Maqsad \u2013 aniq, vazifa \u2013 aniq, amalga oshiriladigan loyihalar \u2013 aniq, zarur mablag\u2018lar ham aniq-ravshan belgilab berilgan.<\/p>\n<p>Odamlar endi bizdan yangi amaliy ishlarni kutyapti. Millionlab insonlar \u2013 ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, o\u2018g\u2018il-qizlarimiz bugun bizga umid va ishonch bilan ko\u2018z tikib turibdi. Ana shunday umid va ishonchni oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlash bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi shart.<\/p>\n<p>Barcha bo\u2018g\u2018indagi rahbarlarga chiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho beramiz.<\/p>\n<p>Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo\u2018pol munosabatda bo\u2018ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan \u2013 u vazir yoki hokim bo\u2018ladimi, boshqa mas\u2019ul vazifadagi amaldor bo\u2018ladimi \u2013 salbiy harakatlari bilan davlat obro\u2018siga putur yetkazayotgan bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz. Ularning o\u2018rniga bilimli, Vatan va xalq tashvishi bilan yashaydigan yosh-yosh yigit-qizlarni qo\u2018yamiz.<\/p>\n<p>Mana, safimizga yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarda o\u2018qigan, yirik kompaniyalarda ishlagan qancha-qancha salohiyatli yoshlar kirib kelmoqda. Men ularning timsolida avvalo ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boshqaruvchilarini ko\u2018raman.<\/p>\n<p>Iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlarni amalga oshiramiz. \u201cYashil iqtisodiyot\u201d, \u201cyashil energiya\u201d tamoyillarini yanada keng joriy etamiz. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini bir necha barobar oshiramiz.<\/p>\n<p>Biz 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 160\u00a0milliard dollarga yetkazishdek juda katta marra oldik. Bunga erishish albatta oson bo\u2018lmaydi. Lekin bu yo\u2018lda aniq hisob-kitoblarimiz, real imkoniyatlarimiz bor. Tabiiy boyliklarimiz, mehnat resurslarimiz, intellektual va ma\u2019naviy salohiyatimiz, ish tajribamiz yetarli.<\/p>\n<p>Men O\u2018zbekiston yoshlariga yana bir bor murojaat qilmoqchiman: aziz o\u2018g\u2018il-qizlarim, bugun tarixning o\u2018zi, zamonning o\u2018zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.<\/p>\n<p>El-yurt koriga avvalo kim yaraydi?<\/p>\n<p>Albatta, sizlar!<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonni, Uchinchi Renessansni kim barpo etadi?<\/p>\n<p>Albatta, sizlar!<\/p>\n<p>Yurtimiz, xalqimizni kelajakda kim rozi qiladi?<\/p>\n<p>Albatta, sizlar!<\/p>\n<p>Xalqimiz, Vatanimiz sizlarga ishonadi.<\/p>\n<p>Sizlar O\u2018zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz.<\/p>\n<p>Yoshlik \u2013 g\u2018animat, vaqt \u2013 g\u2018animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o\u2018z so\u2018zingizni ayting!<\/p>\n<p>Izlanish va intilishdan aslo to\u2018xtamang!<\/p>\n<p>Baxt va omad doimo sizlarga yor bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham biz uchun dolzarb vazifa bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Biz, hech shubhasiz, ekologik muvozanat, musaffo havo, toza suv, bezavol tabiat tarafdorimiz. Bu masala biz uchun boshqalarga qaraganda nihoyatda dolzarb va muhimdir. Nega deganda, biz dunyodagi eng katta ekologik ofat \u2013 Orol fojiasini bevosita o\u2018z boshidan kechirayotgan xalqmiz. Shuning uchun hozirgi vaqtda respublikamizda bebaho ekologik tizimni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan keng ko\u2018lamli dasturlar, jumladan, \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Biz kelgusida bu ishlarni yanada jadal davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Yangi quriladigan sanoat korxonalari loyihalarida bu masala bo\u2018yicha qattiq nazorat o\u2018rnatiladi. Orolbo\u2018yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun ham barcha zarur chora-tadbirlarni ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Ayni paytda biz faqat dehqonchilik bilan kun ko\u2018radigan mamlakat bo\u2018lib qolmasligimiz kerak. Biz atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda, ishlab chiqarish industriyasi kuchli darajada rivojlangan davlatga aylanishimiz zarur.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda bugun mavjud bo\u2018lgan sanoat salohiyati, ochiq aytish kerak, dunyodagi ko\u2018pgina davlatlarda yo\u2018q. Biz mana shunday noyob salohiyatimizni yanada rivojlantirish, yurtimizni qudratli industriya makoniga, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, jahon bozorida raqobatbardosh bo\u2018lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy mamlakatga aylantirish bo\u2018yicha katta-katta dasturlar qabul qilganmiz va ularni albatta amalga oshiramiz.<\/p>\n<p>Biz nafaqat mohir paxtakor va bog\u2018bonlar o\u2018lkasi, balki IT bo\u2018yicha yuqori malakali mutaxassislar, injener va energetiklar, konchi va metallurglar, fizik va kimyogarlar mamlakati bo\u2018lishimiz kerak.<\/p>\n<p><strong>Qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekistonimizning yer osti va yer usti boyliklari ko\u2018p. Lekin bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bu \u2013 yagona, ahil oila bo\u2018lib yashayotgan ko\u2018pmillatli xalqimizdir.<\/p>\n<p>Bo\u2018lib o\u2018tgan saylovlar bu haqiqatni yana bir bor isbotladi.<\/p>\n<p>Barchamiz millatimiz, tilimiz va dinimizdan qat\u2019i nazar, dunyomiz, el-yurtimiz tinch bo\u2018lsin, O\u2018zbekistonimiz obod va farovon bo\u2018lsin, farzand va nevaralarimiz sog\u2018lom bo\u2018lib, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallab, hayotda o\u2018z o\u2018rni va baxtini topsin, degan ezgu niyat bilan yashaymiz.<\/p>\n<p>Biz mamlakatimizdagi 130\u00a0dan ortiq millat va elat vakillariga o\u2018z tili, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishni izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, azaldan do\u2018stlik va hamjihatlik maskani sifatida shuhrat qozonib kelgan O\u2018zbekiston zamini bundan buyon ham chinakam insonparvarlik va bag\u2018rikenglik diyori bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hozirgi tahlikali zamonda yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta\u2019minlashning ishonchli kafolati bo\u2018lgan Qurolli Kuchlarimiz qudratini yanada oshirish ustuvor vazifamizdir. Shu maqsadda biz milliy armiyamiz qudratini, askar va ofitserlarimizning jangovar shayligi, jismoniy va ma\u2019naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e\u2019tiborni yanada oshiramiz.<\/p>\n<p>Harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a\u2019zolarini qo\u2018llab-quvvatlash, moddiy ta\u2019minotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta\u2019minlash, farzandlarining zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun qo\u2018shimcha chora-tadbirlarni ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Biz chuqur o\u2018ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi harakatlarimizni izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Avvalo, mintaqamiz mamlakatlari bilan yaqin do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish asosiy maqsadimiz bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Dunyoning uzoq-yaqin davlatlari bilan o\u2018zaro manfaatli va ko\u2018pqirrali aloqalarni kengaytirishga alohida e\u2019tibor beramiz.<\/p>\n<p>Yaqin qo\u2018shnimiz bo\u2018lgan Afg\u2018onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash uchun afg\u2018on xalqiga qo\u2018limizdan kelgan barcha yordamni ko\u2018rsatamiz. Ushbu mamlakat bilan birgalikda yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdormiz.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar bilan ko\u2018p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko\u2018taramiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz va qadrli yurtdoshlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Biz sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birgalikda tarixan qisqa davrda, boshimizga tushgan qiyinchilik va mashaqqatlar, pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, ulkan taraqqiyot yo\u2018lini bosib o\u2018tdik.<\/p>\n<p>Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi, hayotimizning turli soha va tarmoqlari tubdan o\u2018zgarmoqda. Xalqimiz biz orzu qilgan o\u2018zgarishlarning dastlabki mevalaridan bahramand bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Donishmandlar aytganlaridek, olg\u2018a yurishni o\u2018ylagan inson uchun qo\u2018rquv, ikkilanish, shubha va gumon \u2013 eng katta dushmandir.<\/p>\n<p>Biz dadil oldinga intilib, qo\u2018rquv va hadikdan xalos bo\u2018ldik. Dunyo bizga ochildi va biz dunyoga ochildik. Jahonda qancha-qancha do\u2018st va hamkorlar orttirdik. Yuksak irodamiz, qat\u2019iy sa\u2019y-harakatlarimiz bilan yana bunyodkor xalq, bunyodkor millat bo\u2018lib maydonga chiqdik.<\/p>\n<p>Men saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz vakillari bilan chin dildan muloqot qilib, bu haqiqatga to\u2018la ishonch hosil qildim. Odamlarimiz katta maqsadlarga intilishdan, tashabbus ko\u2018rsatishdan, yangilik yaratishdan qo\u2018rqmayapti. Aksincha, bundan zavq va ilhom olib, yanada faol ishlayapti.<\/p>\n<p>Xalqimizning ongi, dunyoqarashi o\u2018zgargani, uning qalbida o\u2018ziga, ertangi kunga ishonch paydo bo\u2018lgani \u2013 bu bizning eng katta yutug\u2018imiz.<\/p>\n<p>O\u2018zini o\u2018zgartira olgan xalq, hech shubhasiz, hayotni ham, ijtimoiy muhitni ham o\u2018zgartira oladi, o\u2018z murod-maqsadlariga albatta yetadi. Mana shunday ulug\u2018 e\u2019tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo\u2018lib, uni yorug\u2018 manzillar sari boshlash men uchun ulkan baxt, ulkan sharafdir.<\/p>\n<p>Hayotimning ma\u2019no-mazmuniga aylangan buyuk maqsad \u2013 Yangi O\u2018zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yo\u2018lida sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birga tinimsiz ishlashga, bor kuch-g\u2018ayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etishga tayyorman.<\/p>\n<p>Men bilan bir safda sizlardek aziz qadrdonlarim, duogo\u2018y otaxon va onaxonlarimiz, azamat aka-ukalarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimiz borligi menga bitmas-tuganmas kuch-g\u2018ayrat, ruh va ilhom beradi.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, barchamiz birgalikda Yangi O\u2018zbekistonni \u2013 inson qadri ustuvor bo\u2018lgan jamiyat va xalqparvar davlatni albatta quramiz!<\/p>\n<p>Barchamizni mana shunday ulug\u2018 maqsadlar yo\u2018lida birlashtirgan xalqimiz, Vatanimiz doimo omon bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o\u2018zi madadkor bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Yashasin O\u2018zbekiston!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Yashasin O\u2018zbekiston xalqi!<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi saylangan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag\u2018ishlangan Oliy Majlis palatalari qo\u2018shma majlisidagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli Senat a\u2019zolari! Hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari! Xorijiy diplomatik korpus vakillari! Xonimlar va janoblar! Mana shu tarixiy va hayajonli daqiqalarda avvalo menga yuksak ishonch bildirib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32279,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Yangi saylangan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag\u2018ishlangan Oliy Majlis palatalari qo\u2018shma majlisidagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli Senat a\u2019zolari! Hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari! Xorijiy diplomatik korpus vakillari! Xonimlar va janoblar! Mana shu tarixiy va hayajonli daqiqalarda avvalo menga yuksak ishonch bildirib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-07-14T10:42:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/3188b4be-f707-458f-a152-6c39fc9e87bc_lists_6484.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"852\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"15 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/\",\"name\":\"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-07-14T10:42:05+00:00\",\"dateModified\":\"2023-07-14T10:42:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Yangi saylangan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag\u2018ishlangan Oliy Majlis palatalari qo\u2018shma majlisidagi nutqi &nbsp; Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli Senat a\u2019zolari! Hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari! Xorijiy diplomatik korpus vakillari! Xonimlar va janoblar! Mana shu tarixiy va hayajonli daqiqalarda avvalo menga yuksak ishonch bildirib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-07-14T10:42:05+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":852,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/3188b4be-f707-458f-a152-6c39fc9e87bc_lists_6484.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"15 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/","name":"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-07-14T10:42:05+00:00","dateModified":"2023-07-14T10:42:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/xalqimizning-yuksak-ishonchini-oqlash-erishgan-yutuqlarimizni-yangi-yanada-ulkan-natijalar-bilan-mustahkamlash-bosh-vazifamiz\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi, yanada ulkan natijalar bilan mustahkamlash \u2013 bosh vazifamiz"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/3188b4be-f707-458f-a152-6c39fc9e87bc_lists_6484.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32283"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32283"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32283\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32284,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32283\/revisions\/32284"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32279"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32283"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32283"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32283"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}