{"id":27687,"date":"2023-05-25T15:49:57","date_gmt":"2023-05-25T10:49:57","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=27687"},"modified":"2023-05-26T15:51:25","modified_gmt":"2023-05-26T10:51:25","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli<\/strong>\u00a0<strong>delegatsiyalar<\/strong>\u00a0<strong>rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig\u2018ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman.<\/p>\n<p>Hamkasblarimning so\u2018zlariga qo\u2018shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali sheriklikning yangi yo\u2018nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli<\/strong>\u00a0<strong>hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma doirasida o\u2018zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko\u2018p tomonlama tadbir va loyihalardagi faol ishtirokini davom ettirmoqda.<\/p>\n<p>Birinchidan, savdo munosabatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, yangi o\u2018sish nuqtalari va imkoniyatlarni izlash bo\u2018yicha birgalikda samarali ishlar olib borildi. O\u2018tgan yil yakunlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonning YOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga ko\u2018paydi. Barqaror o\u2018sish sur\u2019atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, biz sanoat kooperatsiyasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishdik. Faqatgina keyingi yillarda yurtimizda Birlashma tarkibidagi mamlakatlarning kompaniyalari ishtirokida ustuvor tarmoqlarda yuzlab loyiha va korxonalar ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, ishbilarmonlar o\u2018rtasidagi muloqotni rag\u2018batlantirish uchun, jumladan, mamlakatlarimiz hududlarining mavjud salohiyatidan foydalangan holda, samarali platformalar yaratildi.<\/p>\n<p>An\u2019anaviy tus olgan \u201cINNOPROM. Markaziy Osiyo\u201d xalqaro sanoat ko\u2018rgazmasini bunga misol sifatida keltirmoqchiman. Aprel oyida ushbu ko\u2018rgazma uchinchi bor Toshkentda muvaffaqiyatli o\u2018tkazildi, unda mamlakatlarimizning ikki mingdan ziyod kompaniyalari ishtirok etdi. Ko\u2018rgazma yakunlari bo\u2018yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo\u2018lgan investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, biz institutsional mexanizmlarni mustahkamlayapmiz \u2013 Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikni rivojlantiryapmiz, YEOII organlarining tadbirlarida faol ishtirok etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Uch yilga mo\u2018ljallangan Birgalikdagi ishlar rejasi doirasida qonunchilikni xalqaro normalarga uyg\u2018unlashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish borasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo\u2018lidagi to\u2018siqlarni bartaraf etish bo\u2018yicha 200 dan ziyod tadbirlar o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston savdo tartibotlarini soddalashtirish bo\u2018yicha hamda transport, qishloq xo\u2018jaligi, ekologiya va turizm sohalaridagi alohida dasturlar va tarmoq loyihalarida ishtirok etishni boshladi.<\/p>\n<p>Yaqin istiqboldagi rejalarimizdan qo\u2018shma Ishchi guruhning navbatdagi yig\u2018ilishini shu yilning avgust oyida o\u2018tkazish o\u2018rin olgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, joriy vaziyat tahlili yo\u2018limizda to\u2018siq bo\u2018layotgan bir qator omillar va hal qilinmagan masalalar ham borligini ko\u2018rsatmoqda. Bu o\u2018rinda kuzatuvchi davlatlarning Birlashma doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ro\u2018yobga chiqarish mexanizmlari yo\u2018qligi haqida so\u2018z bormoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, YOII mamlakatlaridagi savdoga, shu jumladan, qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari, energiya resurslari va boshqa xomashyo tovarlarini yetkazib berishga nisbatan cheklovlarni qo\u2018llash bilan bog\u2018liq masalalar tartibga solinmagan.<\/p>\n<p>Transport va logistika sohasida amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan, xususan, sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini jadallashtirilgan tartibda o\u2018zaro yetkazib berish loyihalari kutilgan natijasini hali berayotgani yo\u2018q.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli<\/strong>\u00a0<strong>yig\u2018ilish<\/strong>\u00a0<strong>ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Global xavf-xatarlar, transport-logistika zanjirlarida jiddiy uzilishlar, oziq-ovqat taqchilligi va energetik xavfsizlik tahdidlari va boshqa muammolar kuchayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinchi galdagi vazifalarini hal etish uchun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishni taqozo qilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur sammit amaliy hamkorligimizning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab olish va birgalikdagi harakatlarimizni muntazam kelishib borish uchun imkon yaratadi, deb umid qilaman.<\/p>\n<p>Birinchidan. O\u2018zbekiston mamlakatlarimiz o\u2018rtasida savdo aylanmasi hajmini tubdan oshirish uchun savdo tartib-tamoyillarini soddalashtirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish bo\u2018yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor.<\/p>\n<p>Texnik to\u2018siqlarni bartaraf etish va muvofiqlik sertifikatlarini o\u2018zaro e\u2019tirof etish to\u2018g\u2018risida bitimning qabul qilinishi bunga imkon beradi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shu maqsadda O\u2018zbekistonda YEOII normalarini milliy texnik reglamentlar bilan uyg\u2018unlashtirish bo\u2018yicha tayyorgarlik ishlari to\u2018liq yakuniga yetkazildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, milliy valyutalarda o\u2018zaro hisob-kitoblarni rivojlantirish bo\u2018yicha ishlarni davom ettirayapmiz.<\/p>\n<p>Ikkinchidan. Bojxona ma\u2019murchiligi, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati, shuningdek, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlash bo\u2018yicha elektron platformalar va onlayn-tizimlarning integratsiyasi, fikrimizcha, iqtisodiy hamkorlikni va ishbilarmonlar muloqotlarini kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bu tashabbusni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ekspertlar darajasida batafsil maslahatlashuvlarni o\u2018tkazishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Uchinchidan. Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo\u2018yicha qo\u2018shma chora-tadbirlarni qabul qilish Yevroosiyo makonida yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va sanoat xablarini shakllantirishning muhim omili, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan ko\u2018p tomonlama dasturlarda ishtirok etishdan manfaatdormiz. Bu o\u2018rinda so\u2018z qayta sug\u2018urtalash faoliyati sohasida biznes-hamjamiyat tashabbuslari va milliy taraqqiyot institutlarining amaliy hamkorligi haqida bormoqda.<\/p>\n<p>Biznes darajasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo\u2018lga qo\u2018yish uchun YEOII Ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga qo\u2018shilish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan. Transport va tranzit sohasida o\u2018zaro hamkorlik bizning sherikligimizda strategik yo\u2018nalish hisoblanadi. Hozirgi sharoitda muqobil transport yo\u2018laklarini shakllantirish bo\u2018yicha birgalikdagi ishlarimizni kuchaytirish va barqaror logistika zanjirlarini yaratish muhimdir.<\/p>\n<p>Shimol \u2013 Janub xalqaro yo\u2018laklarini va Xitoyni mintaqamiz, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog\u2018lovchi boshqa magistrallarni rivojlantirishni qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Tarif siyosati masalalarida yaqin muvofiqlashtirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston \u2013 Afg\u2018oniston \u2013 Pokiston temir yo\u2018li qurilishini amalga oshirish bo\u2018yicha loyiha ofisi ishiga qo\u2018shilishga taklif etamiz.<\/p>\n<p>Beshinchidan. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytirish muhim deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shu nuqtai nazardan, qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat tovarlari importi o\u2018rnini davlatlarimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan faol egallashni rag\u2018batlantirish, \u201cyashil\u201d yo\u2018laklar, shu jumladan, \u201cYevroosiyo agroekspressi\u201dning to\u2018laqonli faoliyatini ta\u2019minlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib borish va innovatsiyalarni joriy etishni qo\u2018llab-quvvatlash, mamlakatlarimiz agrobiznes vakillari kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni rag\u2018batlantirish va faoliyatini har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash muhimdir.<\/p>\n<p>Ushbu maqsadlarda shu yilning oktyabr oyida O\u2018zbekistonda qishloq xo\u2018jaligi vazirlari, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvchilar ishtirokida \u201cYEOII plyus\u201d formatida Agrar forum o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Oltinchidan. O\u2018zbekiston yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yanada keng hamkorlik qilish, oliy o\u2018quv yurtlari va professional ta\u2019lim markazlari o\u2018rtasida sheriklik munosabatlarini yo\u2018lga qo\u2018yish, ilmiy tadqiqotlarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarda ishtirok etishdan ham manfaatdordir.<\/p>\n<p>Muhandislik-texnik ixtisosliklar bo\u2018yicha talab yuqori bo\u2018lgan kadrlarni birgalikda tayyorlash yuzasidan \u201cYo\u2018l xaritasi\u201dni ishlab chiqish zarur, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli<\/strong>\u00a0<strong>sammit<\/strong>\u00a0<strong>ishtirokchilari<\/strong>!<\/p>\n<p>YEOII doirasidagi ko\u2018p tomonlama sheriklik bo\u2018yicha dastur va loyihalarda O\u2018zbekistonning ishtirokini qo\u2018llab-quvvatlayotgani uchun hamkasblarimga yana bir bor minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Bugungi yig\u2018ilish natijalari mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyoti va farovonligi yo\u2018lida o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlari, shakl va mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonaman.<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz<\/em>\u00a0<em>uchun<\/em>\u00a0<em>rahmat<\/em>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli\u00a0delegatsiyalar\u00a0rahbarlari! Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig\u2018ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Hamkasblarimning so\u2018zlariga qo\u2018shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali sheriklikning yangi yo\u2018nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi. Hurmatli\u00a0hamkasblar! O\u2018zbekiston YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27680,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hurmatli\u00a0delegatsiyalar\u00a0rahbarlari! Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig\u2018ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Hamkasblarimning so\u2018zlariga qo\u2018shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali sheriklikning yangi yo\u2018nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi. Hurmatli\u00a0hamkasblar! O\u2018zbekiston YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-25T10:49:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-05-26T10:51:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/c13c55c9-6fd5-b7b0-9e3c-87373a1eb148_lists_6379.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/\",\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-05-25T10:49:57+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-26T10:51:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"Hurmatli\u00a0delegatsiyalar\u00a0rahbarlari! Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig\u2018ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Hamkasblarimning so\u2018zlariga qo\u2018shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali sheriklikning yangi yo\u2018nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi. Hurmatli\u00a0hamkasblar! O\u2018zbekiston YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-05-25T10:49:57+00:00","article_modified_time":"2023-05-26T10:51:25+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/c13c55c9-6fd5-b7b0-9e3c-87373a1eb148_lists_6379.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-05-25T10:49:57+00:00","dateModified":"2023-05-26T10:51:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/c13c55c9-6fd5-b7b0-9e3c-87373a1eb148_lists_6379.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27687"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27687"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27687\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27688,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27687\/revisions\/27688"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/27680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27687"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27687"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27687"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}