{"id":26313,"date":"2023-05-08T14:32:34","date_gmt":"2023-05-08T09:32:34","guid":{"rendered":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?p=26313"},"modified":"2023-05-10T14:33:50","modified_gmt":"2023-05-10T09:33:50","slug":"yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/","title":{"rendered":"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Oliy Majlis palatalari a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli parlament a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida, hech shubhasiz, tom ma\u2019nodagi ulkan tarixiy voqea bo\u2018lib o\u2018tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik.<\/p>\n<p>Referendumda qatnashgan fuqarolarimizning mutlaq ko\u2018pchiligi \u201cBu \u2013 mening Konstitutsiyam\u201d, deb g\u2018urur bilan ovoz berdi.<\/p>\n<p>Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko\u2018rsatdi. Ushbu tarixiy tanlov orqali xalqimiz bundan olti yil oldin boshlagan islohotlarimizga katta ishonch bilan qarab, ularni to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi. El-yurtimizning ana shunday azmu qarori asosida davlatchiligimiz va iqtisodiyotimizni bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi.<\/p>\n<p>Bularning barchasi \u2013 millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, har bir yurtdoshimiz \u201cqilsa bo\u2018lar ekan-ku\u201d, deb, o\u2018z ro\u2018zg\u2018ori, oilasi misolida yurtimizda yuz berayotgan katta o\u2018zgarishlarni yaqqol sezayotganidan dalolat emasmi?<\/p>\n<p>Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo\u2018lgan davrda o\u2018tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo\u2018ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.<\/p>\n<p>Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo\u2018lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, \u201cinson \u2013 jamiyat \u2013 davlat\u201d degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz.<\/p>\n<p>Albatta, xalqimizning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchamizga katta mas\u2019uliyat yuklaydi, el-yurtimizni rozi qilish uchun bizni yangi marralarga undaydi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-g\u2018ayrat va ilhom bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, o\u2018zining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, g\u2018oya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan ko\u2018pmillatli, mard va olijanob xalqimizga ta\u2019zim qilaman.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, jamiyatimizdagi yangilanish va o\u2018zgarishlarni amalga oshirishda jonbozlik ko\u2018rsatib, ezgu ishlarimizda bizni qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgan muhtaram nuroniylarimiz, ilm-fan va madaniyat arboblari, ziyolilarimizga, jonkuyar o\u2018qituvchi-murabbiylar va shifokorlarimizga, iqtisodiyotimiz rivojiga yangi kuch berayotgan tadbirkorlarimizga, ishchi-xizmatchilar, mirishkor dehqon va fermerlarimizga, klasterlar xodimlariga, \u00a0jamiyatimizning tayanch ustuni bo\u2018lmish mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlariga, kelajagimiz egasi bo\u2018lgan azmu shijoatli yoshlarimizga, bir so\u2018z bilan aytganda, O\u2018zbekistonning barcha haqiqiy vatanparvarlariga\u00a0\u00a0samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Ayni paytda xalq bilan muloqot qilib, uning fikrini olib, Asosiy qonunimizni takomillashtirishga o\u2018z hissasini qo\u2018shgan Konstitutsiyaviy komissiya a\u2019zolariga, barcha deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar vakillariga, qonun loyihasini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqishda faol ishtirok etgan olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarga, referendum jarayonlarini haqqoniy yoritib, o\u2018zining xolis fikrlarini bildirgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga, xalqaro kuzatuvchilarga alohida tashakkurlar aytaman.<\/p>\n<p><strong>Aziz vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hech shubhasiz, xalqimiz o\u2018z tanlovini amalga oshirib, yangilangan Konstitutsiya uchun ovoz bergan 30-aprel sanasi tariximizda unutilmas yorqin sahifa bo\u2018lib qoladi. Aynan shu kuni ko\u2018pni ko\u2018rgan, hayot ma\u2019nosini, tinchlik va inson qadrini chuqur anglaydigan el-yurtimiz demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g\u2018oyalariga sadoqatini yana bir bor amalda tasdiqladi.<\/p>\n<p>Qadim tariximizdan kelib chiqqan holda, ota-bobolarimizga xos ezgu qadriyatlarni ro\u2018yobga chiqarish, ya\u2019ni insonni ulug\u2018lash, uning huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash, odamlarimiz bilan bamaslahat ish ko\u2018rish biz uchun chinakam demokratiya namunasidir.<\/p>\n<p>Xalqimizda \u201cBirdamlik bor joyda ildamlik bor\u201d, degan dono naql bejiz aytilmagan. Chindan ham, o\u2018zaro ahillik va hamjihatlik bo\u2018lgan yurtda albatta qut-baraka, taraqqiyot bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bizning eng katta boyligimiz \u2013 O\u2018zbekistonni o\u2018zi uchun yagona Vatan deb biladigan ko\u2018pmillatli buyuk xalqimizdir. Jonajon yurtimizda qaror topgan millatlararo do\u2018stlik va ahillikni \u2013 mana shunday bebaho xazinamizni ko\u2018z qorachig\u2018idek asrab-avaylash barchamizning oliy burchimizdir.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O\u2018zbekiston \u2013 suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb, qat\u2019iy belgilab qo\u2018yilgani tarixiy ahamiyatga ega. Xalqimizning xohish-irodasi bilan Asosiy qonunda muhrlangan bu prinsiplar \u2013 mamlakatimizning taraqqiyot yo\u2018li va taqdirini, uning kelajagini belgilab bergan ushbu \u201cbeshta ustun\u201d hech qachon o\u2018zgartirilmaydi.<\/p>\n<p>Dunyoda kundan-kunga yangi-yangi sinovlar, xavf-xatar va tahdidlar paydo bo\u2018layotganini barchangiz ko\u2018rib turibsiz. Eng nufuzli siyosatshunos va ekspertlar ham, \u201caql markazlari\u201d ham jahonda sodir bo\u2018layotgan hozirgi ziddiyat va to\u2018qnashuvlar qachon va nima bilan tugashini ayta olmayapti.<\/p>\n<p>Shunday murakkab vaziyatda, har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor o\u2018rinda turishi shart. Buning uchun, birinchidan, ota-bobolarimizning asriy armoni bo\u2018lgan, tengsiz va buyuk ne\u2019mat \u2013 mustaqilligimizni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash va kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirish barchamiz uchun hayot-mamot masalasi ekanini unutmasligimiz zarur.<\/p>\n<p>Bizning uch ming yillik davlatchilik tarixiga, boy va betakror madaniyatga ega bunyodkor xalqimiz bor. Qirq millionga yaqinlashib borayotgan bugungi O\u2018zbekiston xalqining taqdiri va istiqboli, farovon hayoti uchun barchamiz mas\u2019ul va javobgarmiz. Shu sababdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni asrash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim vazifamiz bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda milliy xavfsizlikni ta\u2019minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqamiz.<\/p>\n<p>El-yurtimizning tinch-osoyishta hayotini ta\u2019minlash uchun \u201cxavfsiz shahar\u201d, \u201cxavfsiz mahalla\u201d, \u201cxavfsiz ko\u2018cha\u201d konsepsiyalarini jadal amalga oshiramiz. Buning uchun yangi tashkil qilingan \u201cmahalladagi beshlik\u201d tizimini davlat va jamiyat tomonidan har jihatdan qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Fuqarolararo totuvlik, millatlararo do\u2018stlik va bag\u2018rikenglik muhitini yanada mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.<\/p>\n<p>Dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda tinchliksevar tashqi siyosatimizni davom ettirib, uzoq va yaqin davlatlar bilan do\u2018stlik aloqalarini, barcha sohalarda o\u2018zaro hamkorlikni rivojlantiramiz.<\/p>\n<p>Biz mamlakatimiz suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o\u2018zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog\u2018liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy ta\u2019sirini yumshatish bo\u2018yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqib, hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib boramiz.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, biz O\u2018zbekistonni ijtimoiy davlat, deb e\u2019lon qildik.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda 2\u00a0million 200\u00a0mingdan ziyod oilalar ijtimoiy ko\u2018makka muhtoj. Aholimizning 55\u00a0foizi yoshlardan iborat.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bir masalaga e\u2019tiboringizni qaratmoqchiman. Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3\u00a0barobar ko\u2018paytirilmoqda. Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda ta\u2019minlash uchun juda ko\u2018p ishlashimiz zarur. Bunga davlat budjetidan har yili qo\u2018shimcha 30-40\u00a0trillion so\u2018m ajratish kerak bo\u2018ladi. Buning hisobidan, har yili yuzlab yangi bog\u2018chalar, maktab va shifoxonalar qurishimiz lozim.<\/p>\n<p>Yoshlar siyosatini, ta\u2019lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko\u2018tarish bo\u2018yicha ham yangi imkoniyatlarni safarbar etamiz. Nuroniylar, yolg\u2018iz keksalar, nogironligi bo\u2018lgan insonlar, alohida e\u2019tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko\u2018lamini yanada kengaytiramiz. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini muntazam oshirib boramiz.<\/p>\n<p>O\u2018zimizga savol beraylik nima uchun aholimiz referendumda bunchalik faol bo\u2018ldi?<\/p>\n<p>Nimaga ular islohotlarimizni qo\u2018llab-quvvatlamoqda? Chunki, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va viloyatlarimizning qishloq va ovullaridan tortib, poytaxtimiz mahalla va ko\u2018chalaridagi ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini o\u2018z ko\u2018zlari bilan ko\u2018rayaptilar.<\/p>\n<p>Birgina misol, o\u2018tgan yildan boshlab \u201cochiq budjet\u201d tizimini joriy etganimiz qishloq va mahallalardagi oddiy odamlarimiz kayfiyatiga qanday ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatganini hammamiz ko\u2018rib, bilib turibmiz. Lekin, odamlarimizning o\u2018sib borayotgan talablarini qondirish uchun hozirgidan ko\u2018ra ikki karra ko\u2018p ishlarni bajarishimiz kerak.<\/p>\n<p>Yaxshi bilasizlar, biz mamlakatimizda kambag\u2018allik borligini tan olib, alohida dasturlar asosida uni qisqartirish bo\u2018yicha katta ish olib bormoqdamiz.<\/p>\n<p>Shu maqsadda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta\u2019minlash, ularning daromadini oshirish borasida \u201cuchta daftar\u201d, ijtimoiy reyestr tizimini yo\u2018lga qo\u2018yib, salmoqli natijalarga erishdik. Lekin hali qiladigan ishlarimiz ham oz emas.<\/p>\n<p>Bu borada odamlarimiz yangilangan Konstitutsiyadan, biz joriy etayotgan yangi tizimdan ko\u2018p narsalarni kutmoqda.<\/p>\n<p>Aholimizga munosib turmush sharoitlarini yaratish uchun, eng avvalo, iqtisodiy o\u2018sishni ta\u2019minlash zarur. Yalpi ichki mahsulotimiz hajmini hozirgi 80\u00a0milliard dollardan yaqin yillarda 160\u00a0milliard dollarga yetkazish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak. Bu \u2013 aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4\u00a0ming dollarga yetadi, degani.<\/p>\n<p>Biz bundan buyon ham xususiy sektorni qo\u2018llab-quvvatlash, soliq ma\u2019murchiligini yanada soddalashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish borasidagi ishlarni jadal davom ettiramiz. Ayniqsa, qishloq va suv xo\u2018jaligi, sanoat, energetika, transport, qurilish sohalariga katta-katta investitsiyalar jalb qilinadi.<\/p>\n<p>Umuman, hukumat 1\u00a0avgustga qadar davlat o\u2018ziga olgan har bir yangi majburiyat bo\u2018yicha ularning mablag\u2018lari, ijro mexanizmlari, bu masalada mas\u2019ul vazirlik va hokimliklar hamda mutasaddilar aniq ko\u2018rsatilgan alohida dastur ishlab chiqib, parlamentimizga kiritadi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, Konstitutsiyamizda ilk bor, O\u2018zbekiston Respublikasiga huquqiy davlat degan ta\u2019rif berildi.<\/p>\n<p>Bosh qomusimizda inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3\u00a0barobar ko\u2018paytirildi.<\/p>\n<p>Bu \u2013 avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi ta\u2019minlanadi, degani.<\/p>\n<p>Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, \u201cQonun \u2013 muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!\u201d degan qarash jamiyatning har bir a\u2019zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish uchun sudlarning odil va mustaqil ish yuritishini albatta amalda ta\u2019minlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, Asosiy qonunimizda hech kim sud qarorisiz 48\u00a0soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi. Erkinlikni cheklashga faqat sud qarori asosida yo\u2018l qo\u2018yilishi haqidagi qoida mustahkamlandi. Ayblanuvchiga o\u2018ziga qarshi ko\u2018rsatma bermaslik, ya\u2019ni \u201csukut saqlash\u201d huquqi birinchi marta alohida belgilab qo\u2018yildi. Advokatlar maqomi oshirilib, ularning tergovchi va prokuror bilan teng vakolatga ega ekani qayd etildi.<\/p>\n<p>Albatta, Asosiy qonunga kiritilgan bu ilg\u2018or yangiliklarni amalda joriy etish oson bo\u2018lmaydi, ko\u2018p jamiyatlar bunday o\u2018zgarishlarni faqat orzu qiladi. Buning uchun sud-huquq idoralarining kadrlar salohiyatini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Eng muhimi, tergovchi, prokuror, sudya, advokatlarning bilim va malakasi, ma\u2019naviy dunyosini yuksaltirish bilan birga, aholining ham huquqiy madaniyatini oshirish, hammamiz uchun dunyoqarashimizni o\u2018zgartirish talab etiladi. Qanday og\u2018ir bo\u2018lmasin, bu ishlarni amalga oshirishni zamonning o\u2018zi taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, demokratik taraqqiyot yo\u2018lini qat\u2019iy davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Bosh qomusimizda bu maqsadga erishish kafolatlarini yanada kuchaytirdik. Bizga inson va biznesning og\u2018irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko\u2018rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Ma\u2019muriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi o\u2018zgartirildi. Navbatdagi vazifamiz \u2013 viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.<\/p>\n<p>Mening eng katta niyatim \u2013 odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o\u2018zi yechadigan xalqchil tizim yaratish. Shu bois, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30\u00a0foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish mo\u2018ljallanmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yangilangan Konstitutsiyamizdagi o\u2018zgarishlar bir qator siyosiy islohotlarni ham nazarda tutadi. Bu borada parlament faoliyatida muhim o\u2018zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5\u00a0tadan 12\u00a0taga, Senatda esa 14\u00a0tadan 18\u00a0taga yetkazildi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, palatalarning vakolatlariga ham aniqlik kiritildi. Masalan, hukumatni shakllantirish, uning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalari Qonunchilik palatasining vakolatiga o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, deputatlarimiz asosiy e\u2019tiborni qonunlarning sifati va ta\u2019sirchanligini oshirishga qaratadigan, ularning ijrosini samarali tashkil etishda hukumat bilan birgalikda qattiq ishlaydigan vaqt keldi.<\/p>\n<p>Senatning faoliyati esa hududlar bilan bog\u2018liq masalalarni hal etish, mahalliy Kengashlarga har tomonlama ko\u2018maklashish, joylarda, ayniqsa, mahallalarda qonunlar ijrosini ta\u2019minlashga yo\u2018naltirilishi zarur.<\/p>\n<p>Bularning barchasi, deputat va senatorlarimiz zimmasiga katta mas\u2019uliyat yuklashi tabiiy, albatta. Endi ular pastga tushib, ko\u2018proq odamlarimiz bilan uchrashib, ularning muammolarini eshitsa, vazirlar va hokimlar bilan birgalikda har bir masala bo\u2018yicha aniq yechimlarni topsa, bundan umumiy ishimizga faqat foyda bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e\u2019tiboriga olib chiqayotgan eng ta\u2019sirchan kuch, bu \u2013 ommaviy axborot vositalari, jurnalistlardir.<\/p>\n<p>Jamiyatimizdagi ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish maqsadida ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, axborot olish, foydalanish va tarqatishga bo\u2018lgan huquqlar qat\u2019iy kafolatlanmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, so\u2018z erkinligi, bu \u2013 mas\u2019uliyat ham degani. Ya\u2019ni axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon ekanini unutmasligimiz zarur.<\/p>\n<p>Ayni paytda nodavlat tashkilotlarning rolini oshirish, huquqlarini kafolatlash orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/p>\n<p>Beshinchidan, O\u2018zbekiston \u2013 dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat\u2019iy tanlovi ham shu.<\/p>\n<p>Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat\u2019i nazar, har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta\u2019minlanadi. Barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beramiz,<\/p>\n<p>Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o\u2018rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta\u2019minlash siyosatini izchil davom ettiramiz. Jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda\u00a0\u00a0foydalanishga hech qachon yo\u2018l qo\u2018ymaymiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kundanoq \u201cBiz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz. Biz xalqimizni rozi qilish uchun kelganmiz\u201d, degan gaplarni doim takrorlayman.<\/p>\n<p>Biz islohotlarni boshlagan paytda, o\u2018zimiz tasavvur ham qilmagan juda ko\u2018p muammo va sinovlarga duch keldik. Ularga el-yurtimiz bilan birgalikda yechim topib, har bir masalani joyida hal qilib boryapmiz. Chunki, yangilangan Konstitutsiyamizning ma\u2019no-mazmuni, bosh maqsadi ham xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratib berishdan iboratdir. Bu maqsad yo\u2018lida qanchalik og\u2018ir bo\u2018lmasin, zarur mablag\u2018larni, kerak bo\u2018lsa, ortiqchasi bilan topib, barcha imkoniyatlarni ishga solayapmiz.<\/p>\n<p>Xalqimizning o\u2018zi \u2013 eng adolatli hakam. Men aminman, bugun yurtimizdagi har bir inson \u201chayotimda ijobiy o\u2018zgarish bo\u2018lmoqda\u201d, deb ayta oladi.<\/p>\n<p>Bugun biz tarixning yanada mas\u2019uliyatli va hal qiluvchi pallasida turibmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotida mutlaqo yangi davrga qadam qo\u2018ymoqdamiz. Chunki, yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qilish bilan biz Uchinchi Renessans uchun huquqiy poydevor yaratdik. Bugun xalqimiz intilayotgan ana shu buyuk maqsadni amalga oshirishga munosib hissa qo\u2018shaman, degan har bir yurtdoshimiz, avvalo ushbu poydevorga tayanib, harakat qilishi lozim.<\/p>\n<p>Ayniqsa, unib-o\u2018sib kelayotgan yosh avlodimizning orzu-intilishlarini ro\u2018yobga chiqarishda, yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam zamin hozirlashda Asosiy qonunimiz ularga beqiyos imkoniyatlar ochib beradi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, men bugun ikkita muhim Farmonni imzoladim.<\/p>\n<p>Birinchi Farmon yangilangan Konstitutsiyamizni hayotga joriy etish, ijrosini ta\u2019minlash uchun uning mazmun-mohiyatini xalqimiz o\u2018rtasida keng targ\u2018ib qilish bo\u2018yicha aniq vazifalarni nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, Bosh qonunimizning har bir bandi va moddasini jamiyatimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun hayot qoidasiga aylantirish, bu borada ularning tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish, har bir mahalla, ta\u2019lim maskani, tashkilot va korxonada chuqur o\u2018rganish maqsadida o\u2018quv dasturlari, darslik va qo\u2018llanmalar yaratish zarur.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat Prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib, men ikkinchi muhim Farmonni imzoladim. Unga muvofiq, yurtimizda muddatidan ilgari Prezident saylovi o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Bunday qarorga kelish uchun qanday obyektiv zarurat bor, degan savol tug\u2018ilishi tabiiy, albatta.<\/p>\n<p>Nima uchun, qolgan uch yarim yillik Prezidentlik muddatidan o\u2018z tashabbusim bilan voz kechayapman? Chunki, o\u2018zingiz ko\u2018rib turibsiz, Asosiy qonunimizga muvofiq, birinchidan, hokimiyatning barcha bo\u2018g\u2018inlari isloh qilinib, ular o\u2018rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o\u2018zgarmoqda.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, yangilangan Konstitutsiyamiz Prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo\u2018lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo\u2018ymoqda.<\/p>\n<p>Uchinchidan, xalqimiz bizdan barcha sohalarda g\u2018oyat muhim va dolzarb o\u2018zgarish va islohotlarni kutmoqda.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, dunyoda va mintaqamizda keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to\u2018g\u2018ri va samarali rivojlanish yo\u2018lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o\u2018tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan butun xalqimizga murojaat qilmoqchiman.<\/p>\n<p>Aziz va muhtaram vatandoshlar, barchangiz ko\u2018rib turibsiz, oldimizga bugun yanada ulkan marralar qo\u2018ymoqdamiz.<\/p>\n<p>Bundan buyon ham jamiyat va davlat hayoti, bugungi va kelgusi taraqqiyotiga oid har bir masala bo\u2018yicha faqat va faqat sizlar, donishmand, bag\u2018rikeng xalqimiz bilan bamaslahat ish olib boramiz.<\/p>\n<p>Asosiy qonunimizda xalq \u2013 davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb bejiz yozilmagan. Shu nuqtai nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz o\u2018zi ishongan rahbarga mandat berishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymanki, bugungi mavjud sharoitda bu \u2013 eng to\u2018g\u2018ri va adolatli qaror bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Saylovlar qonunga to\u2018la muvofiq holda, ochiq va oshkora tarzda o\u2018tkaziladi. Bunda siyosiy partiyalar, Prezidentlikka nomzodlar yurtimiz tinchligi va uning ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan yangi g\u2018oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqadilar, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bir fikrni yana ta\u2019kidlab aytmoqchiman: ko\u2018zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va murakkab bo\u2018lmasin, ularga erishish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor.<\/p>\n<p>Buyuk ajdodlarimiz merosi, xalqimizning bunyodkorlik qudrati, intellektual va ma\u2019naviy salohiyati, uning mehnatsevarlik va tadbirkorlik fazilati bu yo\u2018lda bizga kuch-qudrat manbai bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, sizlar bilan, butun xalqimiz bilan ezgu maqsadlarimizga albatta yetamiz. Yangi O\u2018zbekistonni barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ahil va hamjihat bo\u2018lib, birgalikda quramiz.<\/p>\n<p>Mana shunday ulug\u2018 maqsad yo\u2018lida hammangizga sihat-salomatlik, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat tilayman.<\/p>\n<p>Yaratganning o\u2018zi barcha olijanob ishlarimizda madadkor bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><em>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi &nbsp; Hurmatli parlament a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari! Hurmatli yig\u2018ilish qatnashchilari! Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida, hech shubhasiz, tom ma\u2019nodagi ulkan tarixiy voqea bo\u2018lib o\u2018tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik.&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26310,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jetpack_publicize_message":"","jetpack_is_tweetstorm":false,"jetpack_publicize_feature_enabled":true},"categories":[104],"tags":[],"jetpack_publicize_connections":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v16.0.3 (Yoast SEO v19.6.1) - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi &nbsp; Hurmatli parlament a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari! Hurmatli yig\u2018ilish qatnashchilari! Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida, hech shubhasiz, tom ma\u2019nodagi ulkan tarixiy voqea bo\u2018lib o\u2018tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik.&hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-08T09:32:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-05-10T09:33:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/7.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"852\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Raqobat qo&#039;mitasi\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@RaqobatGovUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Raqobat qo'mitasi\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/\",\"name\":\"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-05-08T09:32:34+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-10T09:33:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224\",\"name\":\"Raqobat qo'mitasi\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Raqobat qo'mitasi\"},\"url\":\"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","og_description":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi &nbsp; Hurmatli parlament a\u2019zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari! Hurmatli yig\u2018ilish qatnashchilari! Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida, hech shubhasiz, tom ma\u2019nodagi ulkan tarixiy voqea bo\u2018lib o\u2018tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik.&hellip;","og_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/","og_site_name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/RaqobatGovUz","article_published_time":"2023-05-08T09:32:34+00:00","article_modified_time":"2023-05-10T09:33:50+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":852,"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/7.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Raqobat qo'mitasi","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@RaqobatGovUz","twitter_site":"@RaqobatGovUz","twitter_misc":{"Written by":"Raqobat qo'mitasi","Est. reading time":"13 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/","name":"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi - O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","isPartOf":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website"},"datePublished":"2023-05-08T09:32:34+00:00","dateModified":"2023-05-10T09:33:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/yangilangan-konstitutsiyamiz-uchinchi-renessansni-barpo-etish-yolida-mustahkam-huquqiy-poydevor-bolib-xizmat-qiladi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo\u2018lida mustahkam huquqiy poydevor bo\u2018lib xizmat qiladi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#website","url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#039;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi.","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/04ebb39282240d0c5a34829330e2b224","name":"Raqobat qo'mitasi","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/2b578494f862acaeb90b2102b2e71ebd?s=96&d=mm&r=g","caption":"Raqobat qo'mitasi"},"url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/author\/ntimondmin\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/7.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26313"}],"collection":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26313"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26313\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26314,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26313\/revisions\/26314"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/26310"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26313"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26313"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/raqobat.gov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26313"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}