TOVAR BOZORINING MAHALLIY QURILISH MATERIALLARI BILAN TO‘YINGANLIK DARAJASI BO‘YICHA TAHLIL NATIJALARI
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan qurilish materiallari bozorida mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda import hajmlari yuzasidan tahlil ishlari amalga oshirildi, jumladan:
Ferrosilikomarganes (FeSiMn):
⏺️ Mavjud holat: Respublikada 2 ta mahalliy korxona faoliyat yuritmoqda.
⏺️ Import: 15,4 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 1 foiz.
Rakovina uchun kranlar hamda suv uchun rezervuarlar:
⏺️ Mavjud holat: Respublikada 4 ta mahalliy korxona faoliyat yuritmoqda.
⏺️ Import: 16,4 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 11 foiz.
Gul qog‘oz (oboyi):
⏺️ Mavjud holat: Respublikada 4 ta mahalliy korxona faoliyat yuritmoqda.
⏺️ Import: 63,8 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 11 foiz.
Steklovata:
⏺️ Mavjud holat: Respublikada 11 ta mahalliy korxona faoliyat yuritmoqda.
⏺️ Import: 3,8 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 51 foiz.
Plastmassadan plitalar, listlar, plyonka, zarqog‘oz va tasmalar:
⏺️ Import: 107 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 33 foiz.
Murakkab poliefirlar asosidagi bo‘yoqlar va laklar:
⏺️ Import: 46 mln dollar.
Mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi: 35 foiz.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur tovar bozorlarida mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi past bo‘lib, yangi ishlab chiqarish loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud hisoblanadi.
❗️ Hurmatli tadbirkorlar!
Respublikamizda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan turli tovar bozorlarining mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi bo‘yicha tahlil natijalari muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda.
Shu bilan birga, qo‘shimcha ravishda qaysidir mahsulotlar yoki tovar guruhlari bo‘yicha tahlil o‘tkazish hamda ular to‘g‘risida ma’lumot olishni istasangiz, Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin.








