#TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🔘Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich 1987-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.
🔘U 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi Ulug‘bek Bahodirovichga yangi mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati








