O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
🔘iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining vakolatli davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilib, ko‘rsatma beriladigan ayrim holatlari;
🔘davlat yordamini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan majburiy tartibda kelishilishi;
🔘raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun monopoliyaga qarshi organ tomonidan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
🔘monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmasligi;
🔘monopoliyaga qarshi komplayens tizimi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yagona yetkazib beruvchi hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, yuridik shaxslar va yuridik shaxslarning birlashmalarda majburiy tartibda joriy etilishi.
Qaror bilan batafsil tanishish